Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


V. Antibakterial va antivirus terapiya


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   261
V. Antibakterial va antivirus terapiya 
Parodontitni davolashda uning patogenezi haq’idagi zamonaviy 
q’arashlarni hisobga olish zarur. Ma’lumki, konservativ terapiya o’z 
ichiga q’uyidagi 2 komponentni, albatta, olishi shart: 
1 - anaerob bakteriyalarga nisbatan samarali
makrolidlar va azalidlar 
(eritromistin, oleandomistin, azitromistin, medikamistim), linkomistin 
va klindamistin, levomistetin va tetrastiklinlar, imidazol hosilalari 
(metronidazol, aminitrozol, tinidazol) kabi antibakterial preparatlar; 
2 – to’q’imalar regenerasiyasini ta’minlovchi va metabolik korrektor 
(gradeks, dalachoy, kalendula preparatlari va boshq’.) hisoblanuvchi 
immunomodulyatorlar. 


258 
Parodontitda 
antimikrob 
kimyoviy 
terapiya 
o’tkazilishiga 
ko’rsatmalar: 
- surunkali generalizastiyalashgan parodontitning xuruji; 
- parodontda ochiq’ kyuretaj va loskutli jarrohlik amaliyotlarining 
o’tkazilishi; 
- immun tizimida o’zgarish bo’lgan bemorlarda stomatologik 
davolashlar o’tkazilganda (q’on kasalliklari, q’andli diabet va h.k.); 
Parodontitda antibiotiklarni mahalliy q’o’llash parodontopatogen 
mikroblar eliminastiyasi uchun etarli bo’lmaydi, shuning uchun bunday 
hollarda antibiotiklar vena ichiga, mushak orasiga yoki ichish uchun 
tavsiya etiladi. 
Og’iz bo’shlig’i kandidozining davosi. Zamburug’larga q’arshi 
preparat - nistatin 10 kun mobaynida ovq’atdan so’ng 1000000 TB dan 
kuniga 4-6 mahal ichishga buyuriladi. Sutkalik doza 4000000 TBdan 
kam bo’lmasligi kerak. Tabletkalar maydalab, til ostiga q’o’yib, 
so’riladi, chunki ular oshq’ozon-ichak tizimida yomon so’riladi. 
Karamel shaklidagi dekamin preparati 1-2 karameldan kuniga 6-8 mahal 
(har 3-4 soatda) so’rilganda zamburug’larga q’arshi samarali ta’sir etadi. 
1ta karamel 0,00015 g dekamin saq’laydi. Bir- ikkita karamel til ostiga 
yoki lunjga joylashtiriladi va preparat og’iz shilliq’ q’avati bilan 
ko’proq’ kontaktda bo’lishi uchun to’liq’ eriguncha, yutish harakatlarisiz 
ushlab turiladi. Amfoglyukamin kuniga 2 mahal 200000 TBdan 
ovq’atdan so’ng ichishga tavsiya etiladi.
Og’iz bo’shlig’i shilliq’ q’avati kandidozining og’ir o’tadigan 
shakllarida amfoteristin V har bir kg tana og’irligiga 250 TBdan 
(davolash kursi uchun 2 000 000 TB gacha) va mahalliy ko’llash uchun 
maz ko’rinishida buyuriladi. Preparat yaxshi rezorbtiv ta’sir ko’rsatadi. 
Diflyukan preparatining zamburug’larga q’arshi ta’siri yaq’q’olroq’ 
namoyon bo’ladi. U kapsula ko’rinishida 50-100 mgdan (kasallikning 
og’irlik darajasiga q’arab) sutkasiga 1 marta tayinlanadi. Diflyukanning 
organizmda yarim parchalanish davri
uzoq’ davom etadi.
Og’izning q’urishini kamaytirish va zamburug’li floraga ta’sir etish 
uchun 2-3% li kaliy yodid eritmasi kuniga 1 osh q’oshiq’dan 2-3 mahal 
ovq’atdan keyin tayinlanadi. Yod fungistatik ta’sirni namoyon q’iladi. 


259 
Bundan tashq’ari yod so’lak ajralishini kuchaytiradi. Kandidoz bilan 
kasallanganlar yuq’ori kaloriyali mahsulotlar bilan ovq’atlanishlari 
lozim (tez hazm bo’luvchi uglevodlar miq’dorini kamaytirgan holda). 
Ichish uchun PP, C, va B (B
1
, B
2
, B
6
) guruhi vitaminlari tavsiya etiladi. 
Mahalliy davo. Applikastiya q’ilish va og’iz shilliq’ q’avatiga surish 
uchun 0,5 % li dekamin mazi, amfoteristin B mazi (30 000 TB/g), 
klotrimazol (kanesten) ning 1% li mazi va 1% li eritmasi q’o’llaniladi.
Og’izning shilliq’ q’avati va lablar anilin bo’yoq’larining eritmalari: 
birinchi navbatda binafsha (genstian binafshaning 1-2% li eritmasi, 2% 
li metilen ko’ki, fukorstin eritmasi) rangli bo’yoq’ bilan ishlov beriladi. 
Og’iz bo’shlig’i ishq’oriyligini oshirib, zamburug’larga ta’sir 
ko’rsatuvchi vositalar ham samaralidir. Bu maq’sadda “Siteal”, natriy 
gidrokarbonatning 2% li eritmasi, 2% li bor kislotasi eritmasi bilan 
chayish q’o’llaniladi. Kamida 1stakan eritma 1 marta chayish uchun 
ishlatiladi va bu jarayon kuniga 5-6 marta takrorlanadi.

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling