Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
-rasm. OITS da Kaposhi sarkomasi
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
35-rasm. OITS da Kaposhi sarkomasi
Og’iz bo’shlig’ida Kaposhi sarkomasi ko’pincha tanglayda joylashadi, rivojlanishning erta bosq’ichida ko’k, q’izil, q’ora yassi dog’ ko’rinishida bo’ladi. Keyingi bosq’ichlarda zararlanish o’choq’lari q’orayadi, yuzasi teri sathidan ko’tariladi, bo’laklarga bo’linib boradi va nihoyat, yara hosil bo’ladi. Bu belgilar og’iz bo’shlig’i sarkomasiga xos belgilardir. G’adir-budir hosilalarning hosil bo’lishi va yara nuq’sonlari tufayli q’attiq’ va yumshoq’ tanglayning butun yuzasi o’zgarishi, 255 deformastiyalanishi mumkin. Bu jarayonga milkning shilliq’ q’avati ham q’o’shilishi mumkin. Kaposhi sarkomasining etiologik omili hozirgacha noma’lum. OITS bilan kasallangan bemorlarda odatda tilda joylashadigan va yoshlarda uchraydigan yassi hujayrali o’sma rivojlanishi mumkin. Immunodepressantlar bilan davolash tadbirlari o’smalarni, shuningdek og’iz bo’shlig’i karstinomasining malignizastiyaga uchrash hollarini kamaytiradi. OIV bilan zararlangan odamlarda oddiy gerpes virusi keltirib chiq’argan stomatit belgilari tez-tez uchrab turadi. Gerpes virusi bilan birlamchi zararlanish bolalarda, o’smirlarda, kam hollarda yoshlarda sodir bo’ladi. Infeksiya latent xususiyatga ega bo’lgani uchun q’aytalanishga (restidivlanishga) moyillik bo’ladi. Namoyon bo’lganda esa umumiy (isitma, yutinganda og’riq’, limfatik tugunlarning kattalashishi) va mahalliy belgilar yuzaga chiq’adi. O’tkir gerpetik toshmalar yuz-jag’ sohasining turli q’ismlarida joylashishi mumkin. Eng ko’p uchraydigan joyi - lablar, milk, q’attiq’ tanglay. Dastlab unchalik katta o’lchamga ega bo’lmagan pufakchalar paydo bo’ladi, so’ngra ular q’o’shilib kattalashadi (36-rasm). Pufakchalar ostidagi to’q’ima butunligi buzilganda yaralar vujudga keladi. Og’iz bo’shlig’ida pufakchalar juda tez yoriladi va odatda bir zumda eroziyaga aylanadi. Lablarning q’izil hoshiyasida pufakchalar q’uriydi, q’uruq’ po’stloq’ hosil q’iladi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling