Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


-rasm. Q’izamiq’da Belskiy - Filatov - Koplik dog’lari


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   261
 
33-rasm. Q’izamiq’da Belskiy - Filatov - Koplik dog’lari 
Asoratlari: laringit, nafas siq’ishi (hiq’ildoq’ning torayishi), 
traxeobronxit, birlamchi q’izamiq’ zotiljami, ikkilamchi bakterial zotiljam, 
q’izamiq’ enstefaliti, gepatit, limfadenit, mezenterial limfadenit. 
OITS. OIV – infeksiya odam immuntanq’isligi virusi keltirib 
chiq’aradigan, immun tizim va asab tizimida zararlanish va og’ir yuq’umli 
infeksiyalar (parazitar) yoki xavfli o’smalar hamda enstefalopatiya belgilari 
bilan kechadigan kasallikdir. OITS (orttirilgan immun tanq’islik sindromi) 
OIV-infeksiyasining og’irgi bosq’ichi hisoblanadi. 
Epidemiologiyasi. Kasallikning birdan bir infeksiya manbai - ushbu 
virus (34-rasm) bilan kasallangan odamdir. Kasallikning klinik belgisi 
kuzatilmagan shaxslar, ya’ni virus tashuvchilar bir muncha xavfli bo’lib, 
aholi o’rtasida OIV infeksiyasining tarq’alishida asosiy sababchi 
hisoblanadi.
34-rasm. Odamdagi immuntanq’isligi virusi tuzilishi 
Stomatolog huzurida kasallikning yuq’ishi q’uyidagi hollarda sodir 
bo’lishi mumkin: 
- dezinfeksiyalanmagan, q’on yoki boshq’a biologik suyuq’liklar bilan 
zararlangan tibbiy asboblar ishlatilganda (turli xil apparatlar, disklar, 
zondlar, ninalar, shpristlar, kesuvchi-sanchuvchi asboblar va h.k.); 
- og’iz bo’shlig’ida jarohat va yaralar bo’lganda; 


254 
- tibbiy xodimlar terisi q’on bilan ifloslanganda yoki q’on ko’zga 
tushganda. 
Infeksiya havo-tomchi yo’li orq’ali yuq’maydi. Immun tanq’islik virusi 
q’onda yuq’ori konstentrastiyada saq’lanadi. Keyingi o’rinlarda biologik 
suyuq’liklar - sperma, vaginal va stervikal ajralmalar, so’lak turadi.
Og’iz bo’shlig’idagi o’sma kasalliklari. Kaposhi sarkomasi q’on 
tomirlar o’smasi bo’lib, ko’pincha Afrika mamlakatlari aholisida 
uchraydi. Bu o’sma OIV-infeksiyasi bilan birga uchramaganda biroz 
xavfsizdir. OITS da Kaposhi sarkomasi yosh odamlarda ham yuzaga 
kelishi mumkin. Bunda q’izil rangdagi (tezda q’o’ng’ir rangga o’tadi) 
dog’lar toshishi avvaliga boldirdan boshlanadi va so’ngra tezlik bilan 
tarq’alib ketadi. OITS da kuzatiladigan Kaposhi sarkomasi odatdagi 
Kaposhi sarkomasidan o’zining xavflilik darajasining yuq’oriligi va teri, 
shilliq’ q’avatlar va ichki a’zolarga disseminastiyasi bilan farq’ q’iladi. 
Kaposhi sarkomasiga xos bo’lgan q’o’ng’ir tusdagi dog’lar, yashaydigan 
mamlakatidan q’at’iy nazar, OIV bilan kasallangan insonlarning 30% 
ida uchraydi (35-rasm).
Terida dastlab yakka-yakka holda, keyinchalik 
to’p-to’p pushti, q’izil, binafsha tusdagi dog’simon, papulasimon 
hosilalar paydo bo’ladi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling