Bolalar folklorining tabiati, ijtimoiy-estetik ahamiyati. Alia janri tabiati
Download 153.92 Kb.
|
BOLAR FALKLOR
To’rtlik bolalar ijodkorligida g’oyat keng tarqalgan. Shaklan ixchamligi, xilma-xil poetik niyatlarni ifodalashga qulayligi, turli-tuman maqsadlarga muvofiqlashtirishga o’ngg’ayligi, ommaviyligi va ijro jarayonining serqirraligi sababli bolalar o’tmishda ham, hozir ham unga faol munosabatdadirlar. Ularda barcha yoshdagi bolalarning qalb kechinmalari-orzu-umidlari, o’kinch-u alamlari, quvonch-u zavqlari, xullas, hayotga munosabatlari tarovatlanib turadi.
To’rtliklarda bolalar dunyoqarashining shakllanish jarayoni ko’zgudagidek tovlanib turadi. Ularda o’zbek bolalarining o’tmishdagi mashaqqatli hayotiga oid manzaralarni ham: Etikchamni bo’yi bor, Kiyay desam, juda tor. Boyvachcha kunda kiyar, Ko’nasiga92 bizlar zor. Ijtimoiy turmush taraqqiyoti рШароуаЬйгпщ» yaxlit panoramasini ham ko’rish mumkin: U bog’chada olicha, Bu bog’chada olicha. Qo’shiq kuylab o’tadi Qo’lida gul Xadicha. Aytishuvlaming kompozitsion asosini savol-javob tashkil etadi.Savol-javob bolalarning hali o’zlariga noma’lum voqelikni o’rganish, o’zlashtirish, qolaversa, kashf etish yo’llari bo’lib, o’ynoqi ritmga solinganligi tufayli poetik mohiyat kasb etadi, ayni choqda, qo’shiqda voqeabandhkni (sujetni) yuzaga keltiruvchi vosita sifatida ritmni harakatga soladi, o’ynoqi shiddat bilan oqishini ta’minlaydi: Sottivoy sotti — Nimani sotdi? Nimani sotdi? - Qo’yini sotdi. Otini sotdi. - Sottivoy sotdi, Sottivoy sotdi. - Nimani sotdi? Nimani sotdi? - Uyini sotdi. Molini sotdi. — Sottivoy sotdi. Sottivoy sotdi. - E, muzlab qotdi. Nimani sotdi? - U nega qotdi? Itini sotdi. - Ishlamay yotdi. Sottivoy sotdi. ~ Sottivoy sotdi. Nimani sotdi? - Endi ne sotdi? Bitini sotdi. - O’zini yo’qotdi. Sottivoy sotdi. E’tibor qiling-a: Sottivoy barcha narsalarini sotgan. qo’yidan tortib itigacha sotib yegan. Hech qayerda ishlamaganidan shunday qilgan. Endi qahraton qishda muzlab qolishi - «o’zini yo’qotishi» aytishuvchilarni jirkantirishi ravshan. Aytishuvdagi saboq ana shu. Shu saboqqa asos bo’lgan voqea, boshqacharoq aytganda, hissaga asos bo’lgan qissa tovushlaming shiddatkor alteratsiyasi va assonansi zamirida harakatga kelganidan aytishuvchilarni qiynamaydi, balki ular qalbiga tez singadi, shu zaylda oson ommalashadi. Buning sababi, M.N.Melnikov ta’kidlaganidek. shundaki, aytishuvlarda «Hali chegaralangan so’z zahirasiga ega bo’lgan bolalargagina yaqin va tushunarli bo’lib, har qanday og’zaki jimjimadorlikdan xalos qilingan, ikkinchi darajali bo’laklar qalashtirilib murakkablashtirilmagan ko’chirma gaplargina mayjud, shuningdek, dialog qo’shiqda dinamika bor, harakat shiddat bilan rivojlanadi. Iboralar og’zaki jozibasi va sintaktik aloqadorligi, o’zining mazmundorhgi va tovush ohangdorligi bilan o’zaro bog’lanib, bolalarga estetik huzur bag’ishlaydi».93 Aytishuvlar ikki yoki undan ortiq bolalarning taraf-tarafga bo’linib ijro etishiga mo’ljallangan, aksaran birgina bola tomonidan ikki ovozda shovqin solib aytilishlari ham mumkin. Bola shu zaylda xilma-xil ovoz solish malakasini o’zlashtiradi, o’sha ovozlarning mantiqiy mutanosibligini, garmoniyasini his qila boshlaydi, xullas, inson ovozining sehr-u sinoatini — ohang tovlanishlarini, ma’no jilolarini, mantiqdorligini, ritmik jozibasini idrok qilib o’zlashtirib boradi. Bola o’zi uchun poetik so’z va nutqni shu tariqa kasb etadi, Bolalar ham hazil-mutoyibaga alohida rag’bat bilan qarashadi. Bir-birlaridagi tabiiy yoki ma’naviy kamchiliklami payqashgan zahotiyoq, tap tortmasdan, ayashmay awaliga nomga qofiyadosh laqab topib (Jo’ra-jo’ppi, Narimon-qoshi kamon kabi), keyinroq jarayon chuqurlashgan sayin shu laqabning ohangdoshligiga omuxta ritmga uyg’unlashgan hazilni chuqurlashtirib, mazax qilib teginishadi; hatto ota-onalaridagi nojo’ya xatti-harakatlarni ham boplab yuzlariga solishadi. Bolalar aql-idroklari to’lisha va teranlasha borgani sayin ijtimoiy voqelikka faolroq munosabatda bo’lishga intiladilar. Natijada o’zlari payqagan ijtimoiy illatlarai masxaralash darajasida jur"at kasb eta boshlaydilar. Ana shunday assosiatsiya zamirida bolalar og’zaki ijodiyotida satirik va yumoristik qo’shiqlarning butun bir turkumi yuzaga kelgan. O’zbek bolalar og’zaki poeziyasida yumoristik sayqali baland qofiyadosh laqablar vategishmachoqlar qatorida satirik o’ti yarqirab turgan masxaralamalarnmg ko’pligi buning yorqin dalilidir. Tegishmachoqlar qofiyadosh laqablardan o’sib chiqib, bolalarning bir-birlariga va kattalarga hazilkashliklari, tegishishlaridan tug’iladigan goh mutoyibali, goh mulozamatli, goh mazaxli yumoristik badihalar hisoblanadi. Ulardagi yumoristik zavq oniydir. Shu sababli, aksariyati ikki, uch, to’rt, besh, olti va sakkiz satratrofida. Bunday kompozitsion ixchamligi-yumoristik zavqning lahzaviyligi, uzoqqa cho’zila olmasligi, samimiyligi va beg’arazhgi bilan bog’liq. O’zbek folklorshunosligida tegishmachoqlarning to’rt ichki turi e’tirof qilingan:94 Download 153.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling