Bolalar infeksiyasi
Kasalxonadagi bo'limlarni ishini tashkil etish
Download 105.11 Kb.
|
BOLALAR INFEKSIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shifoxonani ish rejimi
- Bemorni parvarish qilishning ahamiyati.
Kasalxonadagi bo'limlarni ishini tashkil etish • Bolalar kasalxonasining o'ziga xos xususiyatlaridan biri kasalxonada infeksiya tarqalishini oldini olish bo'yicha chora tadbirlar olib borishdan iborat. Bunga har bir bo'limda bir-biridan ajralgan xolda seksiyalarni tashkil etish kiradi. • Chaqaloqlar va chala tug'ilgan bolalar bo'limlari boshqa bo'limlardan ajratilgan bo'ladi. • Ushbu bo'lim intensiv davolash xonasi, qon almashtirish-quyish, fizioterapiya va muolaja, onalar xonasi, ko'krak sutini to'plash va qayta ishlash hamda yordamchi xonalardan tashkil topgan bo'ladi. Bo'limlarning asosiy tarkibiy qismini palatalar yoki bokslar tashkil etadi. • Har bir boksda hamma sharoitlar tashkil etilgan bo'ladi. • Barcha bo'limlarda bolalarni vrach ordinatorlar va xamshiralar kuzatib, kompleks tekshirib davolash ishlarini olib boradilar.Shifoxonani ish rejimi: 1. Davolash-muhofaza rejimi: Bu rejim o’z ichiga shifoxona kun tartibini saqlash,ertalabki uyqudan turishni nazorat qilish, haroratni o’lchash, shifokorni buyurgan vazifalarini bajarish, dorilarni berish, bemorlarni ko’rish, davolovchi va diagnostika muolajalarni o’tqazish , ovqatlantirish, dam olish, sayr qilish, qarindoshlarni kelish-ketishini nazorat qilish, binoni tozalash, va uyquga ketish oldidan bemorlarni kuzatib chiqishni o’z ichiga oladi. 2. Sanitar-gigienik rejim. 3. Yuqumli kasalliklarga qarshi rejim.Bemorni parvarish qilishning ahamiyati. Parvarish davolanishning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi, chunki u bemor ahvolini yengillashtirishga, sog`ayishiga ishonch hosil bo`lishiga imkon beradi. Shu bilan birga davolanish jarayonining muvaffaqiyatli o`tishini ta`minlaydigan tadbirlar kompleksini o`z ichiga oladi. Parvarishni oila sharoitida bemorning qarindosh-urug`lari olib borsa, shifoxona sharoitida tibbiyot hamshirasi va kichik tibbiyot xodimi olib boradi.Parvarish qilish 2 turga bo`linadi: l.Maxsus parvarish. Bunda muayyan kasalliklar: jarrohlik, ginekologik, urologik, stomatologik va boshqa kasalliklar bilan og`rigan bemorlarda olib boriladi. 2.Umumiy parvarish. Parvarishning bu turi kasalliklar xarakteriga aloqador bo`lmagan hollarda o`tkaziladigan tadbirni o`z ichiga oladi (ichki kasalliklar, ko`z kasalliklari va boshqa).Download 105.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling