Ifodali mazmunli hikoya usuli. U harakatlardagi ifodalilikni rivojlantirish va o’yin obraziga yaxshiroq kirish maqsadida qo’llaniladi. Mazmunli hikoya ertakni qisqa hikoya qilishga o’xshaydi (1,5 2 minut) vaqt davom etadi. Bunda tarbiyachi o’yin mazmuni va qoidalarini qisqa obrazli hikoyada ochib beradi. Masalan: «Bor ekanda yo’q ekan, chiroyli qayrilma
shoxli va beozor kulrang oq ona echki bor ekan. Uning bolachalari bor ekan…» Bolalarni o’rgatishda ko’rgazmali va og’zaki usullarning maqsadga muvofik qo’shib olib borilishi, ularning o’zaro bog’liqligi, harakatlarni idrok etish va qayta bajarishning aniqligiga va obrazliligini va bolalar bajaradigan harakatli topshiriqlar, ular mazmuni va har bir harakat faoliyatining barcha elementlari izchilligini ongli tushunilishini ta’minlaydi.
Amaliy metodga oid usullar Bolalarni harakatga o’rgatishda tarbiyachi ko’rgazmali va og’zaki usullar bilan o’zaro bog’liq turli amaliy usullar majmuasidan foydalanadi. U mashqlarni, harakatli o’yinlardagi ayrim rollarni, boshqaruvchi rolini bajarib ko’rsatadi, bolalarni topshiriqlarga jalb qilib va namuna ko’rsatib ularni musobaqalarda qatnashishga rag’batlantiradi. Masalan, kim harakatli topshiriqni tezroq, yaxshiroq, to’g’riroq bajaradi, u bolalarga o’zini qanday tutish va qanday hatti-harakat qilishni ko’rsatadi.Tarbiyachi bolalarning amaliy faoliyatini tashkil etayotib butun ta’lim jarayonini mashg’ulotning vazifalari, mazmuniga muvofiq rejalab oladi. Bolalarga jismoniy harakatlarni o’rgatishda hamma metod va usullardan o’zaro mujassam holda foydalanish lozimJismoniy tarbiya jarayonida bolalar harakat malakasi va ko’nikmasini egallab boradilar.
Harakat malakasi harakat texnikasini egallash darajasi bilan belgilanadi. Harakat malakalarining ikki turi farqlanadi: ulardan biri yaxlit harakat faoliyatini amalga oshiriladi, ikkinchisi ayrim, murakkabligiga ko’ra turlicha harakatlarda ifodalanadi. Birinchi turdagi malakalar o’yinlar, kurashlar bilan bog’liq. Ikkinchi turdagi harakat malakalari rivojlanish harakat texnikasini dastlabki egallashdan yanada yuksaklikka, uni takomillashtirishgacha boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |