Jismoniy kamolot bu jismoniy rivojlanishning tarixan shakllangan darajasi va sog’liqning, hayotga, mehnatga va Vatan himoyasiga har tamonlama jismoniy tayyorlanganlikning eng yuqori bosqichidir. «Jismoniy kamolot» o’sib boradigan ijtimoiy ehtiyojlar ishlab chiqarish, shuningdek kishilar ehtiyojining o’sishiga qarab o’zgarib turadi.
Jismoniy tarbiya bu jismoniy kamolotga erishishga yo’naltirilgan pedagogik jarayondir. Jismoniy tarbiya jarayonida aqliy, ahlokiy, estetik va mehnat tarbiyasi amalga oshiriladi.
jismoniy tarbiya — madaniyatning insonni jismoniy tarbiyalash, jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik orqali jismoniy hamda intellektual jihatdan kamol toptirish, uning qobiliyatini va harakat faolligini takomillashtirish, sog’lom turmush tarzi ko’nikmalarini shakllantirish, ijtimoiy moslashtirish maqsadida jamiyat tomonidan yaratiladigan hamda foydalaniladigan qadriyatlar, normalar va bilimlar yig’indisidan iborat bo’lgan qismi;
jismoniy tarbiyalash — yuksak madaniyatga ega bo’lgan har tomonlama etuk hamda jismonan sog’lom insonni shakllantirish maqsadida shaxsni tarbiyalashga, insonning jismoniy imkoniyatlarini rivojlantirishga, uning jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan jarayon;
Jismoniy tayyorgarlik bu jismoniy tarbiyaning kasbiy yo’nalganligidir (aktyor, uchuvchi, kosmonavt…va boshqalarning jismoniy tayyorgarligidir). U konkret kasb xususiyatiga ko’ra o’tkaziladigan jismoniy mashqlarning vazifalari, vositalari, o’tkazish metodikasining o’ziga xosligi bilan xarakterlanadi. Jismoniy ta’lim jismoniy tarbiyaning maxsus bilimlar, harakat
ko’nikma va malakalarini egallashdan iborat bir turi. Jismoniy mashqlar harakatlar, harakat faoliyatlari, harakat faoliyatining murakkab turlari (harakatli o’yinlar) bo’lib, ular jismoniy tarbiya vazifalarini hal etish uchun vosita sifatida tanlab olingan. «Mashq» iborasi harakat faoliyatini bir necha bor takrorlash jarayonini ifodalaydi. Sport bu musobaqa jarayonida namoyon bo’ladigan, u yoki bu jismoniy mashq turida eng yuqori natijaga erishishga yo’naltirilgan maxsus faoliyatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |