4. Bolalar jismoniy tarbiyasida ta’lim-tarbiya berish tamoyillari.Ta’lim metodlari va usullari.
Reja:
1 Jismoniy tarbiya tizimida ta’lim-tarbiya berish tamoyillari.
2Ta’lim metodlari va usullari tasnifi.
3.Kurgazmali amaliy va og'zaki metodga oid usullar.
4.Harakat koniikmalarini shakllantirish va jismoniy sifatlami tarbiyalash.
Jismoniy tarbiya tamoyillari shaxsni har tomonlama komil inson qilib
rivojlantirishga bolalarda jismoniy qobiliyatni, harakat malakalari va
ko’nikmalarini rivojlantirishga yordam beradigan, bola shaxsini
tarbiyalashni birgalikda va har tomonlama tarbiyalashni amalga oshirishga
mujassam holda yondashishni ko’zda tutadi. Jismoniy tarbiya tizimidagi
bunday yondashuv bolalarning o’ziga xos xususiyatlari, yosh rivojlanish
bosqichlari xususiyatlari, hayotning u yoki bu davrida asosiy faoliyat sifatida tanlanadigan jismoniy tarbiya faoliyati turlari xususiyatlariga ham bog’liq bo’ladi.Jismoniy tarbiyaning umumiy tamoyillariga quyidagilar kiradi:
Jismoniy tarbiya va sportning hayot bilan bog’liqlik tamoyili.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi muassasa bolalarini tegishli dastur asosida
jismoniy va sport mashqlariga, o’yinlarga o’rgatib, ulardagi bu qiziqish
qo’llab-quvvatlab turiladi. Ta’limning maqsadi bolalarda maktabga o’tish va kelajakda jismoniy tarbiyadan meyoriy ko’rsatkichlar majmuasi talablarini muvaffaqiyatli o’zlashtirish uchun jismoniy tayyorgarlik hosil qilishdaniboratdir, shu asosda bolalarda O’zbekistonning mashxur sportchilari, ularning vatanparvarligi, ishchanligi, jasurligi, bardoshliligi, mahorati, do’st-birodarligi va o’zaro yordam kabi xislatlariga hurmat hissi tarbiyalanadi. Sog’lomlashtirishga yo’nalgan tamoyilining mohiyati bolalar sog’ligini mustahkamlash vazifalarini bajarishda namoyon bo’ladi. Shuning uchun jismoniy mashqlarni tanlashda bola organizmini har tomonlama sog’lomlashtirishga intilish,uning jismoniy sifatlarini hissiy-ijobiy holat, hayotdagi xushchaqchaq kayfiyat bilan yaxlitlikda rivojlantirish ham ko’zda tutiladi. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini rejalashtirishda salomatlikni mustahkamlash qonuniyatlari hisobga olingan jismoniy yuklama albatta idora qilinadi. Bu ish tarbiyachi, vrach va mudiraning muntazam vrachpedagoglik nazorati ostida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |