Bolalar jismoniy tarbiya fanidan ma’ruzalar matnlari 1-mavzu: Bolalar jismoniy tarbiyasi fanining predmeti va asosiy tushunchalari. Reja


Download 1.06 Mb.
bet37/76
Sana26.10.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1723972
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   76
Bog'liq
Bolalar jismoniy tarbiyasi ma\'ruza matnlar

Matonat-bu jismoniy ishni imkoni boricha uzoq vaqt davomida etarli darajadagi jadallikni saqlagan holda bajara olish qobiliyatidir. Matonatni tarbiyalash organizmning turli sistemalarining miqdoriy imkoniyatlarini oshirib borish bilan, asta-sekin sharoitga moslashib borish bilan, oqibat natijada charchashga olib boradigan kuchli zo’riqish bilan uzoq vaqt davom etadigan faoliyat natijasida organizmda paydo bo’ladigan ko’nikish bilan bog’liq bo’ladi. Shuning uchun bolalarda matonatni tarbiyalashda ular organizmiga o’zlari ko’nikib qolgan vazifaga qaragandayuqoriroq jismoniy ta’sir ko’rsatadigan mashqlar va o’yinlar qo’llaniladi.
Maktabgacha yoshdagi kichik gruxlarda matonatni tarbiyalash bilan
bog’liq maxsus mashqlar amalga oshirilmaydi. Katta yoshdagi bog’cha bolalarida matonatni tarbiyalash uchun o’yin va mashqlardan foydalaniladi.
Bunday o’yin va mashqlarda ancha og’ir, lekin qisqa muddatli jismoniy zo’riqish talab qilinadi. Bunday mashqlarda bolalar diqqat-e’tiborni- ir erga jamlab, mashqlarni takrorlashda etarli darajada uzoq tanaffuslar berib, ularga dam oldirish lozim. Bu yoshdagi bolalarda matonat avvalo yurish, yugurish, sakrash, chang’ida yurish, raq tushish, suzish va harakatli o’yinlar o’ynash va mustaqil faoliyat ko’rsatish vaqtida rivojlanadi. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari bolalarni jismoniy mashqlarga muntazam o’rgatishning asosiy shaklidir. Mashg’ulotlarning ahamiyati harakatlar madaniyatini mujassam shakllanishi, sog’lomlashtirish, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarni muntazam amalga oshirishdan iboratdir. Mashg’ulotlar xushchaqchaq, intizomli, atrof-muhitda yaxshi harakat qila oladigan, belgilangan vazifaga muvofiq tez va ishonch bilan, maqsadga yo’nalgan holda faoliyat ko’rsata oladigan, shuningdek, axloqiy sifatlar va ijodiylik namoyon eta oladigan shaxslarni tarbiyalashga xizmat qiladi. Jismoniy mashg’ulotlar kuzda, qishda va bahorda binoda hamda ochiq havoda o’tkaziladi. Yoz paytida o’yinlar, mashqlar ochiq havoda, jismoniy tarbiya maydonchasida o’tkaziladi. «Bolajon» tayanch dasturida har bir yosh gruhi uchun belgilangan jismoniy mashqlar mashg’ulotlarning mazmunini tashkil etadi. Mazmuniga ko’ra xilmaxil mashg’ulotlarni o’tkazishda vazifalarning aniq va oydin bo’lib qolishi, dasturni o’tishda izchilikka rioya qilish, shuningdek bolalarning yosh va o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish shartdir. Mashg’ulotlar tuzilishi jismoniy mashqlarning bolalar tomonidan izchil bajarilishidan iboratdir. U qo’yilgan vazifalar, nerv tizimining ish qobiliyati va bola organizmining har bir alohida yosh bosqichidagi xususiyatlari bilan belgilanadi. Mashg’ulot paytida bola organizmining dinamikasi va uning psixologiyasini nazorat qilish tarbiyachining asosiy vazifalaridan biridir.
Kirish tayyorgarlik.
2. Asosiy qism.
3. Yakuniy qism.
Ta’limiy, tarbiyaviy va sog’lomlashtirish vazifalari mashg’ulotning har

bir qismi uchun baravar muhim ahamiyatga egadir.Mashg’ulotning kirish qismini mazmuni va vazifalari Jismoniy tarbiya mashg’ulotining birinchi qismi ko’yilgan vazifalar va uning asosiy qismidagi mashqlar mazmuniga ko’ra turlicha bo’lishi mumkin. Mashg’ulotning bu qismi vazifasi bolalarda unga nisbatan qiziqish vaemotsional kayfiyat paydo qilishdan, diqqatning tayyorgarlik darajasini tekshirishdan, ayrim harakat ko’nikmalarini aniqlashtirishdan, bola organizmini asta-sekin mashg’ulotning asosiy qismida kechadigan birmuncha intensiv tez faoliyatga tayyorlashdan iboratdir. Shu maqsadda bolalarga to’g’ri qad-qomatni tarbiyalashga, yassi tovonlikni oldini olishga yordam beradigan, fazoda hamda jamoada mo’ljal olish bilan bog’liq, bajarilishi ko’p vaqtni talab qilmaydigan tanish mashqlar va ularning variantlarini bajarish taklif etiladi. Bunday mashqlarga quyidagilar kiradi:


- saflanish mashqlari turlicha saflanishlar va qayta saflanishlar;
- turli topshiriqlar bilan bajariladigan yurish va yugurish;
- tarqalib engil yugurish hamda keyinchalik katta va kichik davra, kolonnava hakozo bo’lib saflanish;

- turli ko’rinishdagi va yassitovonlikning oldini olish maqsadidagiyurishlar tovonda, oyoq uchida, poldagi qalin shnur ustida, narvonda yurish va boshqalar.


Kirish qismi bolalarning kolonnaga uch to’rttadan bo’lib saflanishi, tarqalishi… bilan yakunlanadi. Bu bolalarni mashgulotning asosiy qismi boshlanishidagi umumrivojlantiruvchi mashqlarni o’rgatishga o’tish uchun xizmat qiladi. Bu qism kichik gruhlarda 2-4 dakikagacha, o’rta gruhlarda 3 dan 5 dakikagacha, katta gruhlarda 4 dan 6 gacha davom etadi. Mashg’ulotning asosiy qismi vazifalari va mazmuni. Mashg’ulotning bu qismida bir holatda dastlab bolalarni umumrivojlantiruvchi mashqlarga, so’ngra asosiy harakatlarga o’rgatish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash vazifalari belgilanadi; ikkinchi bir holatda asosiy harakat mashqlariga o’rgatish belgilanadi. Bu mashqlar yangi harakat materiali bilan tanishtirishni, avvaldan tanish mashqlarni turli variantlardan foydalanib takrorlashni, mustahkamlanish bosqichidagi harakat ko’nikmalarini takomillashtirishni ko’zda tutadi. Shundan so’ng barchabolalarni intensiv harakatga tortadigan qoidali harakatli o’yinlar o’tkaziladi. Bolalarning psixik ish qobiliyatining davomsizligini hisobga olib, murakkab vazifalar asosiy qismning boshida belgilanadi (bolalarni yangi material bilan tanishtirish yoki juda murakkab koordinatsiyali mashqlarni bajarish).



Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling