Bolalar jismoniy tarbiya fanidan ma’ruzalar matnlari 1-mavzu: Bolalar jismoniy tarbiyasi fanining predmeti va asosiy tushunchalari. Reja


Download 1.06 Mb.
bet41/76
Sana26.10.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1723972
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   76
Bog'liq
Bolalar jismoniy tarbiyasi ma\'ruza matnlar

Badiiy gimnastika

Odimlash — joydan joyga ko‘chishning xilma-xil turlari. Odim-lashning quyidagi: oddiy odimlash, oyoq uchiga ko'tarilishdan boshlab odimlash, oyoqlar uchida odimlash, keskin odimlash, tashlanib-tashlanib odimlash, lo'killab odimlash, almashlab odim­lash, polka qadami bilan odimlash va h.k. turlari bor.

Yugurish — har birida uchish fazasi bo'lgan odimlash. Yugurish-dagi atamalar odimlashdagi atamalarga o‘xshash.

Burilish — gavdaning tik yoki uzunasiga o‘q atrofidagi aylanma harakati. Burilishning quyidagi: oyoqlarni olib-qo‘yib (o‘ng yoki chap oyoqdan boshlab) burilish, oyoqlar uchida burilish, chalish-tirma burilish, siltanib burilish, burama burilish, shuningdek, cho‘qqayib, muvozanat saqlab (biron muvozanat turidagi holatni saqlab turib) burilish va h.k. turlari bor.

Sakrash — oyoqlarda depsingandan keyin erkin parvoz etish. Harakat koUami va gavdaning havodagi holatiga qarab sakrashning quyidagi: to‘g‘ri sakrash, bukilib sakrash, kerishib sakrash, ochiq sakrash, yopiq sakrash, odimlab sakrash, sapchib sakrash, charx-palaksimon sakrash, tayanib sakrash, tashlanib sakrash, yarim-halqasimon (halqasimon) sakrash va h.k. turlari mavjud.

Qo'llarni prujinasimon harakatlantirish - barcha bo'g'inlarni bir vaqtda bukib prujinasimon yaxlit harakat qilish, turli yo‘nalish-larda bajariladi.

To'lqinsimon - do'ngsimon yarimcho‘qqayishdan boslilana-digan bo‘g‘inlaming ketma-ket biri yozilib, biri bukilishidan iborat murakkab yaxlit harakat. To'lqinsimon harakatning quyidagi turlari bor: oldinga qarab to‘lqinsimon, o‘ng tomonga, chap tomonga (yonlama) to‘lqinsimon harakatlar.

Qo'lni to'iqinlatish - qo‘lni (qo‘llarni) bukish (o‘zi tomonga) va panjani osiltirishdan boshlab, keyin yozish (o‘zidan nariga) bilan bir vaqtda panjani ko'tarishdan iborat to‘lqinsimon hara-katlantirish. Panjaning holatini bunday nomlash qabul qilingan: odatdagicha (ko‘rsatilmaydi), panja bemalol tutilgan, panja bo‘-shashtirilgan, panja ko‘tarilgan.

Yurish va yugurishYurish faqat oyoq, mushaklarini ishga solib qolmasdan u butun tana mushaklariga ta’sir ko‘rsatadi va yurak-qon tomiri hamda nafas olish organlari faotiyatini yaxshilaydi.

Kuch berish bilan bo'shashish almashinib turadigan mushak-larning bir tekis ishi xotirjam yurganda organizmning asosiy holatga o‘tishi uchun qulay sharoit yaratadi, shu bilan birga, tez yurganda jismoniy yuklama sezilarli darajada oshadi.

Наг xU saflanishlarda yurish gigiyenik samarasidan tashqari jamoa bo‘lib harakatlanish malakalarini egallashga ham yordamiashadi.

Gimnastika mashg‘ulotlarida yurishning quyidagi mashqlari qo'llaniladi: sayr qadami yoki oddiy qadam, oyoqlar uchida, tovonlarda, oyoq kaftlarining ichki va tashqi qirrasida yurish, qo‘llar bilan tizzalarga tayanib yurish, kerishib yurish, «sezilarsiz» yurish, tizzalarni baland ko'tarib (oyoqlarni oldinga bukib) yurish, yarim-cho‘qqayib va cho‘qqayib yurish, bir oyoqni bukkancha katta-katta qadam bilan yurish, qadamlarni juftlab va almashlab yurish, oldinga va yon tomonga oyoqlarni chalishtirib yurish, yurishni sak-rashlar bilan almalashtirib yurish.


Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling