Bolalar jismoniy tarbiya fanidan ma’ruzalar matnlari 1-mavzu: Bolalar jismoniy tarbiyasi fanining predmeti va asosiy tushunchalari. Reja


Ta’lim va tarbiyaning asosiy uslubiyatlari


Download 1.06 Mb.
bet56/76
Sana26.10.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1723972
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   76
Bog'liq
Bolalar jismoniy tarbiyasi ma\'ruza matnlar

Ta’lim va tarbiyaning asosiy uslubiyatlari
Harakatga o’rgatish eng kichik yoshdan boshlanadi. Hayot uchun kerakli malaka va ko’nikmalar osondan murakkabga didaktik tamoyili asosida, izchillik bilan, asta-sekin hosil qilib boriladi va jismoniy tarbiya haqidagi eng sodda bilimlar, shaxsiy, umumiy gigiena qoidalari talablariga bo’ysunishga o’rgatiladi.
Maktab yoshigacha bo’lgan bolaning jismoniy tarbiyasi umumiy o’qitish uslubiyatlari asosida olib boriladi hamda o’qitishning onglilik va faollik, ko’rgazmalilik, bajara olish va individuallik, muntazamlilik, izchillik tamoyillariga tayanadi.
Ko’rgazmalilik uslubiyatida:
a) bajarilishi kerak bo’lgan harakat ko’rgazmali qurollar orqali namoyish qilinadi, taqlid qilib ko’rsatiladi;
b) so’z yordamida ko’rsatib tushuntiriladi, buyruq yordamida, aytib berish, so’rash va boshqa uslubiyatlardan foydalaniladi;
v) mashq qilish harakat shartini o’zgartirmay va o’zgartirib bajarishdan foydalaniladi;
g) o’yin va musobaqa uslubiyati qo’llaniladi.
Ko’rgazmalilik uslubiyati barcha yosh guruhlarida harakat malakasi zahirasining katta yoki kichikligiga qarab qo’llaniladi.
Eng kichik yoshdagilarning malaka zahirasi kichkina bo’lib, ularda mashqlar haqida tasavvur hosil qilish juda qiyin bo’ladi. Mashqqa o’rgatish uchun ko’rgazmalilik uslubiyatidan ko’proq foydalaniladi. Jismoniy mashqlarni ko’rsatishdan tashqari ko’rgazmali qurollar: rasmlar, fotorasmlar, chizmalar, maketlardan foydalanish mashg’ulot paytida mashq texnikasini egallashni osonlashtiradi. Harakatga o’rgatishda taqlid qilish mashqlari yuqori samara beradi. Harakatni bajarishda o’sha harakatni hayvonlar va boshqa jonivorlar harakati misolida o’rgatish bolalarda obrazga kirib bajarishga qiziqishni shakllantiradi va ta’lim jarayonini faollashtiradi.Bu uslubni bolalar qancha kichik yoshda bo’lsa, shunchalik qiziqib bajaradilar.
Bu yoshdagilarda ko’rish va jismlarga qarab mo’ljal olish qobiliyatini o’stirishning ahamiyati katta. U, o’z navbatida, murakkab jismoniy mashqlarning bajarilishini osonlashtiradi. Masalan: balandga osib qo’yilgan jismdan oshirib uloqtirish (bunda tana orqaga bukiladi, tananing og’irligi orqada turgan oyoqqa tashlanadi) yoki osib qo’yilgan buyumga, masalan, o’yinchoqlarga sakrab etishni bajartirishning samarasi yuqori bo’ladi.
Bolalarni mashqlarni qo’rqmay bajarishga o’rgatish muhimdir. Harakat malakasini shakllantirishda ritm, sur’atni his qilishga o’rgatish uchun qo’shiq, aytishuv bilan o’ynaladigan o’yinlar tavsiya qilinadi.
So’zdan foydalanish uslubiyati bolaning jismoniy mashq haqida to’g’ri tasavvur hosil qilishiga, uni ko’z oldiga keltirishiga yordam beradi. Ko’rgazmalilik va so’z yordamida tushuntirish uslubiyatlari birgalikda qo’shib olib borilsa, keyinchalik bola jismoniy mashqlarning nomini eshitishi yoki o’qishi bilan ularni qiynalmasdan bajara olish malakasiga ega bo’la boshlaydi. Tushunarliroq bo’lgan so’z va iboralarni qo’llash tavsiya qilinadi. Masalan: quyonga o’xshab sakraymiz; qarg’aga o’xshab qag’-qag’deb ikki oyoqlab yuramiz; ayiqqa o’xshab lapanglab yuramiz; tulkidek tez harakat qilamiz kabi.
Bolalar harakat malakasi tajribasiga qanchalik boy bo’lsa, ularga jismoniy mashq o’rgatishda so’z bilan tushuntirish uslubiyatidan foydalanish osonroq bo’ladi. So’zdan foydalanish o’rgatishning har xil bosqichida turlicha bo’lishi lozim. O’rgatishning boshlanishida harakat to’liq tushuntiriladi, keyinchalik esa tushuntirish qisqa ko’rsatmalar berish bilan almashinadi. Ko’rsatmalar yordamida harakatdagi xatolarni to’g’rilash, ogohlantirish va ularni baholash mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlaganda, buyruq va ko’rsatmalar jismoniy mashqlarni baravar boshlash, tugallash, ularning sur’ati va ritmini aniqlash, harakatga yo’naltirish uchun qo’llaniladi. Ko’rsatmalardan asosan kichik yoshdagi guruhlarda ko’proq foydalaniladi. Ko’pchilik jismoniy mashqlar qo’shiq, she’r, voqeaband matn yoki harakatlarni bajarish yo’l-yo’riqlarini aytib turish bilan qo’shib ijro etiladi.
Mashq bajarish paytida bolalarga turli savollar berish ularni fikrlashga o’rgatadi, o’sha jismoniy mashq haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lish, harakatni his qilish imkoniyatlarini ko’paytiradi.
Suhbat ham bajarilayotgan jismoniy mashq haqida ko’proq bilimga ega bo’lish va jismoniy mashqlarning bajarilishi haqida zarur malakalar hosil qilish manbaidir. Suhbat jismoniy tarbiya va sportga oid kitoblar o’qish, rasmlar ko’rish, stadionlarga ekskursiyalar va sayrlar qilish orqali ham yo’lga qo’yilishi mumkin.
Mashq uslubiyati juda xilma-xildir. Maktabgacha yoshdagi bolalarda harakatlar va jismoniy mashqlar baravariga, hamma uchun umumiy holda ko’rsatilishi va bajarilishi, bolaning anatomik-fiziologik qobiliyatiga mos kelishi kerak. Bu yoshda ko’proq dinamik xususiyatga ega bo’lgan, asosiy mushak guruhlariga, organizmga bir yo’la fiziologik ta’sir o’tkaza oladigan, chaqqonlikni, harakat koordinatsiyasini rivojlantirishga sharoit yaratadigan mashqlardan tanlab foydalanish lozim. Bu talablarga jismoniy mashqlardan velosipedda yurish, suzish, harakatli o’yinlar, sport o’yinlari elementlaridan olingan mashqlar javob beradi.
Maktab yoshigacha bo’lgan bolalarga statik xususiyatli jismoniy mashqlar berish tavsiya etilmaydi. Bu mashqlar asab tizimi va mushaklarni toldiradi, qon aylanishi va nafas olishni buzadi, to’liq mushak qisqarishini talab qiladigan kuch mashqlari mushak va asab bo’g’inlarining ishini susaytiradi. Yosh ulg’aygan sari jismoniy mashqlar ham murakkablashtirib boriladi. Quyida bolalar yaslisi va bog’chalarida qo’llaniladigan mashqlar1 berilgan.
Bir yoshgacha bo’lgan bolalarda kattalar yordamida sust harakatlar, faol harakat elementlari, umumjismoniy mashqlar (buyumlar bilan va buyumsiz, chalqancha yotgan holda, o’mbaloq oshish bilan, boshni har tomonga burishlar), emaklashlar, yugurishga tayyorlovchi mashqlar, balandlikka chiqish va eng sodda o’yinlardan foydalaniladi. Bu yoshdagilar dasturida asosiy o’rinni uqalash (massaj) egallaydi. Uqalashga oid materiallar kitobchada2 berilgan.
Bir yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan bolalarga sal murakkabroq bo’lgan umumjismoniy mashqlar, buyumlar bilan va buyumsiz (to’p, tayoq, gimnastika o’rindig’i), asosiy harakatlar (yurish, yugurish, muvozanat saqlash mashqlari, chuqurlikka sakrash), saflanishning eng oddiy mashqlari (aylana bo’ylab yurish, bir kolonna, sherenga bo’lib saflanishlar), velosipedda yurish, suzishni o’rganishga tayyorlov mashqlari beriladi (13-jadval). Dasturda bu yoshdagilar uchun kerakli harakatli o’yinlar va raqs mashqlariga kengroq joy ajratilgan. Bu yoshdagilar uchun tanlangan o’yinlar qoidalarining soddaligi, g’olibni aniqlashning osonligi bilan farqlanadi va, asosan, turli obrazlar timsolida, taqlid tarzida o’ynaladi (qushlar, hayvonlar va h.k.).
13-jadval



Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling