Bolalar jismoniy tarbiya nazaryasi va texnologiyalari


Download 2.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/123
Sana16.11.2023
Hajmi2.74 Mb.
#1782186
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   123
Bog'liq
MAJMUA BOLALAR JISMONIY TARBIYASI Н.Хусенов

Gavdaning o’tirish, turishi, yurishdagi odatiy holati qomat deb tushuniladi. 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning qomati ularning anatomik-fiziologik 
xususiyatlariga bog‘liq xarakterli belgilarga ega bo‘ladi. L. P. Afrikanova 
ma‘lumotlariga ko‘ra maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning boshi katta 
kishilarnikiga qaraganda oldinga engashganroq bo‘ladi, yelka kamari ko‘krak qafasi 
darajasiga turtib chiqmagani holda ozgina oldinga siljigan bo‘ladi, qorin yo‘liga 1—2 
sm o‘tadi, umurtqa pog‘onasining egilganligi aniq ko‘zga tashlanmaydi, tos 
suyagining qiya burchagi uncha katta emas. Qomat tug‘ma bo‘lmaydi: u 
maktabgacha 
tarbiya 
yoshi 
davomida 
shakllanadi 
va 
maktab 
yoshida 
mustahkamlanadi. Bunda qomatga turli omillar — sog‘lik, qaddi-qomat, nerv-psixika 
holati, tarbiya sharoitlari ta‘sir ko‘rsatadi. Qomatning shakllanishiga bolada uni 
to‘g‘ri tuta bilish malakalarini tarbiyalashning qomatni muayyan holatda tutib tura 
bilish zarurligiga ongli psixik tayyorgarlikning juda katta tarbiyaviy ahamiyati bor. 
Qomatni to‘gri tutish faqat estetik ahamiyatga molik bo‘lib qolmay, balki, uning 
to‘g‘riligini buzilishi ichki organlarning holatini o‘zgartiradi, yurak-qon tomir va 
nafas olish sistemalarining normal ishlashini qiyinlashtirib qo‘yadi. Qomat 
buzilishining asosiy sababi tarbiyada nuqsonlarga yo‘l qo‘yilishidir: agar bunda 
yetarlicha ahamiyat berilmasa, unda bolada qomatini noto‘g‘ri tutish malakasi tarkib 
topib qoladi. Qomatni tekshirishda bola odatda, o‘zini tutishi tabiiy, chiranmay 
qo‘llar va gavda muskullarini yengilgina bo‘shashtirib turishi kerak. Bola uch xil 
holatda turganda old, yon va orqa tojisimonlaridan ko‘riladi. Old tomondan ko‘rishda 
boshning holati (to‘g‘riligi, uning oldinga yoki yon tomonga egilganligi), yelkaning 
tashqi chegarasi va darajasi (mutanosibligi, kengligi, siqiqligi) belgilanadi. Ko‘krak 
kafasini ko‘rishda uning shakli, mutanosibligi (me‘yordaligi, silindrligi, 
bochkasimonligi, tekisligi, botiqligi, torligi, «tovuqsimonligi», nomutanosibligi) qayd 
qilinadi. Orqa tomondan ko‘rishda yelka va kurak (yelka ustining nomutanosib 
emasligi burchaklarining holati har xil emasmi ekanligiga) holatiga ko‘proq ahamiyat 
beriladi. Orqaning shakli muhim ahamiyatga molikdir: u normal, orqa umurtqa 
pog‘onasining tabiiy egilganligi, ammo, shuning bilan birga har xil egilish: kifozlar 
(bukr), lordozlar (bukilgan) skoliozlar (egri, qiyshiq) formasida bo‘lishi mumkin. 
Umurtqa pog‘onasi tabiiy egilishlarining bo‘lmasligiga orqaning yassiligi deyiladi. 
Rivojlanishda orqada qoladigan kuraklarni qanotsimon kuraklar deb xarakterlaydilar. 
Umurtqa pog‘onasining bo‘yin orqasidan tortib beligacha bo‘lgan joyidagi 
egilishlarining bir xilda ko‘proq egilishi dumaloq deb ataladi (maktabgacha tarbiya 
yoshdagi bolalarda bunday egilganlik kam uchraydi, ammo oldinga egilib yelkasi 
chiqib ketganlik xili ko‘proq kuzatiladi). Yon tojsimondan ko‘rishda gavdannng o‘rta 
yo‘ldan oldinga o‘tib qo‘shilib ketganligini, qorin, orqaning shaklini, tos-son suyagini 
va tizza bo‘g‘inlarining holatini aniqlaydilar.Rivojlanishda orqada qolayotgan kuraklar, 
siqilgan suyaklar, yelka ustining nomutanosibligi, qorinning ko‘krak qafasi 
chizig‘idan o‘tib ketishi (3—5 sm ga) maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda 
ko‘proq uchraydigan qomat buzilishlar hisoblanadi. Tik turganda tizzaning ichki 
yuzasi va devor orqalari bir-biriga to‘g‘ri tegib tursa, bu oyoq shakli ―normal‖ 


ekanligidan dalolat beradi. Agar tovonlar va oyoq uchlari jipslashtirilganda tizzalar 
bir-biriga to‘g‘ri kelmasa, unda oyoqlar O ga o‘xshaydigan, agar tizzalar to‘g‘ri 
kelib, tovonlar to‘g‘ri kelmasa, ga o‘xshagan bo‘ladi. Maktabgacha tarbiya yoshida 
qomatning, oyoq shaklining buzilishi, odatda, funksional xarakterga ega bo‘ladi va 
asosan, muskul tonusi va bog‘lovchi apparatning zaifligi bilan belgilanadi. Jismoniy 
mashqlar bilan tizimli va maqsadga muvofiq shug‘ullanish bolaning tayanch-
harakatlantiruvchi apparatini mustahkamlaydi va mashg‘ulotlar jarayonida 5—7 
yoshli bolalardagi qomat buzilishi ikki marta kamayadi. Organizmning ish qobiliyati 
va uning mashq qilganlik darajasi organizmni asosiy energiya bilan ta‘minlab 
turadigan yurak-tomir va nafas olish tizimining funksional imkoniyatlari bilan 
belgilanadi. 
Tekshirishda 
jismoniy 
mashqlar 
bilan 
bo‘ladigan 
ayrim 
mashg‘ulotlarning bola organizmiga ta‘siri hisobga olinadi va pulsga javob 
reaksiyalari hamda nafas olishning tashqi ko‘rsatkichlarining xususiyatlari, 
shuningdek, mashg‘ulotgacha, mashg‘ulot paytida va mashg‘ulotdan so‘nggi 
emotsional tonus va umumiy ahvoldagi o‘zgarishlar ham qayd qilinadi. Bolaning 
tomir urishi va nafas olishi mashg‘ulot oldidan va tamom bo‘lishi bilan sanaladi. 
Tomir urish soniya 10 sekundli interval bo‘yicha, nafas olishning soni 30 s. davomida 
hisoblanadi. Mashg‘ulotdan keyin tomir urishi va nafas olish tezligini hisoblash 
dastlabki holatga qaytguncha olib boriladi. Ilk yoshdagi bolalarda mashg‘ulotdan 
keyinoq tomir urishi dastlabki miqdorga nisbatan 15—20 % ga, nafas olishning 
normal xarakteri buzilmagan holda 1 minutiga 10—15 ga tezlashsa, ularning 
reaksiyasi eng yaxshi, ma‘qul deb baholanadi. Tomir urishi va nafas olish tezligi 
ko‘rsatkichlarining dastlabki miqdoriga qaytish vaqti 2—3 minutdan oshmasligi 
lozim. Bola sog‘lig‘ini baholash anamnez (kasaldan so‘rab to‘planadigan) ma‘lumotlar, 
jismoniy va nerv-psixik rivojlanish darajasi, klinika ko‘rigi ma‘lumotlari, shifokor-
mutaxassislar, laboratoriya tadqiqotlarining ma‘lumotlari, bola kasallanishini tahlili 
asosida olib boriladi. 

Download 2.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling