«Bolalar nutqini o’stirish metodikasi va nazariyasi» fanidan mavzu: “


Download 1.9 Mb.
bet2/11
Sana02.01.2022
Hajmi1.9 Mb.
#188434
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bolalarni savod o’rgatishga tayyorlash ishining maqsad hamda vazifalari. MTTda bolalarni o’qish va yozishga o’rgatish metodikasi

Mavzuning dolzarbligi : Bola har bir so‘z manosini tushuna olishi uni o‘z nutqida erkin ifodalashga muvofiq bo‘lishi kerak. Tushunchalar tizimiga moslashgan bola o‘z fikrini jamlab gapirishga va ifodalab berishga o‘rganadi. Og‘zaki nutqini o‘stirish bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda asosan, bolalarning og‘zaki nutqini o‘stirishga, nutqni grammatik tomondan to‘g‘ri shakllantirishga: nutqning morfologik va sintaksis tomonlarini shakllantirishni davom ettirish: sodda va qo‘shma gaplar tuzish, bunda barcha so‘z turkumlaridan foydalanishga o‘rgatish, bolalarni gapirganda sonni otga, sifatni otga, sifatni fe’lga to‘g‘ri ishlatish malakalarini takomillashtirish, tovush va so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz etishga, ravon gapirishga, mustaqil hikoya qilishga e’tibor beriladi. Og‘zaki nutqini o‘stirishda mustaqil hikoya qilishga o‘rgatish katta o‘rin egallaydi: bolalalarni o‘z hayotlarida uchragan voqealar, suratlarga qarab, tarbiyachining taklif qilgan mavzusi asosida hikoyalar tuzishga o‘rgatiladi.Tayyorlov guruh bolalarining hikoyalari mazmunan bog‘langan, ma’lum izchillikda, grammatik tomondan to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi kerak.

Maqsadi : O‘qish va savodga tayyorlash, nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash, lug‘atini boyitish, mustahkamlash, faollashtirish, nutq grammatikasi, takomillashtirish, og‘zaki nutq, ravon nutq, savodga tayyorlash.

Vazifasi : Bola o‘z onatilining fonetik, gramatik tuzilishini biladi, so‘zlardagi birinchi tovushlarni biladi, bo‘g‘inlab o‘qiydi, alifbeni biladi deb belgilangan. Bu vazifalarni bajarish uchun tayyorlov guruhida yil davomida jami 72 ta mashg‘ulot o‘tkaziladi. Shulardan 36 tasi bolalarning og‘zaki nutqini o‘stirish bo‘yicha, 36 tasi savodga tayyorlash bo‘yicha bo‘ladi.




Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling