Bolalar nutqini o`stirish
Javob. “Biz sayrga chiqdik”
Download 23.34 Kb.
|
Bolalar nutqi (Автосохраненный)
Javob.
“Biz sayrga chiqdik” Men irodamni mustahkamlash uchun Antarktidaga borishga qat’iy qaror qildim. Hamma: onam ham, ustozim ham, hatto Vovka ham irodang bo‘sh, deyishaveradi. Antarktidada doim qish, yoz bo‘lmaydi. U yerga eng kuchlilar borishadi. Shunday deb Vovkaning dadasi aytgan. U kishi ham o‘sha yerga ikki marta borgan. Vovka bilan radio orqali gaplashgan. Onam xavotir olmasliklari uchun men ham radio orqali aloqaga chiqaman.Ertalab sumkamdan hamma kitob, daftarlarimni chiqarib tashlab, ularning o‘rniga buterbrod, limon, soat, stakan soldim. Futbol to‘pini ham joylashtirishim kerak. Axir u yerda dengiz mushuklarini ko‘raman, ular tumshug‘ida koptok o‘ynashni yaxshi ko‘rishadi. Lekin koptok sig‘madi. Uni havosini chiqarib soldim. Shu payt oyog‘imga mushugim suykaldi. Uni ham sumkamga soldim, zo‘rg‘a sig‘di.Mana, perronga keldim. Paravoz hushtak chaldi. Juda ko‘p odam ketyapti! Xohlagan poyezdga o‘tirishim mumkin. Adashsam boshqasiga o‘taveraman.Men vagonga chiqib, bo‘shroq joyni topib o‘tirdim. Ro‘paramda o‘tirgan kampir mudrayapti. Keyin yonimga harbiy kiyimdagi amaki o‘tirdi. “Qo‘shnilarga salom!” dedi u baland ovozda. Ovozdan kampir uyg‘onib ketdi, shoshilib so‘radi: – yurdikmi?Poyezd qo‘zg‘aldi. Men oyna oldiga keldim. U yerdan uyimiz ko‘rinib turardi, sekin-sekin uzoqlashdik. Avvaliga negadir qo‘rqdim. Ammo poyezd tez yurib ketgandan keyin qandaydir xursand ham bo‘ldim! Axir men irodamni mustahkamlash uchun ketyapman!Men tomosha qilib charchadim. Joyimga o‘tirdim. – Isming nima? – so‘radi harbiy amaki. – Sasha. – Buving nega uxlayapti? – Bilmayman. – Qayerga ketyapsan? – Uzoqqa. – Mehmongami? – Ha. – Qancha paytga? U men bilan xuddi katta odam bilan gaplashgandek gaplashardi. Bu menga yoqdi. – Ikki haftalarga, – jiddiy javob berdim. – Ha yaxshi, – dedi harbiy amaki. – Juda yaxshi. – Siz Antarktidaga ketyapsizmi? – Hozircha yo‘q, sen Antarktidaga borishni xohlaysanmi? – Siz qayerdan bildingiz? – Hamma u yerga borishni xohlaydi. – Men ham xohlayman. – Ana ko‘rdingmi? – Shu desangiz, irodamni mustahkamlamoqchiman, – Tushunaman, – dedi amaki. Shu payt uni qo‘shni kupega shashka o‘ynashga taklif qilishdi. U chiqib ketdi. Kampir uyg‘onib: – Oyog‘ingni to‘pillatma, – dedi. Men shashka o‘ynashni tomosha qilishga ketdim. Birdan menga qarab yurib kelayotgan mushugim Murkaga ko‘zim tushdi. Mushugimni olganim butunlay yodimdan ko‘tarilibdi. Qanday qilib sumkadan chiqqaniga hayronman. U orqaga yugurib qoldi. Men ketidan quvladim. – Murka! – chaqirdim men. – Murka! – Nima shovqin, – baqirdi nazoratchi, – nimaga bu yerda mushuk yuribdi? – Bu mening mushugim. – Bu bola kimning bolasi? – so‘radi nazoratchi. – Buvisi bilan ketyapti, qo‘shni kupeda, – dedi harbiy amaki. Nazoratchi meni to‘g‘ri kampirning oldiga olib bordi. – Bola siznikimi? – Yo‘q, bu bola komandirniki. – Antarktida, – esiga tushdi harbiy amakining. – Ha, hammasi tushunarli. Bilasizmi, bu bola shu ketishda mushugini ham olib Antarktidaga ketyapti. Yana nima olding o‘zing bilan? – Limon, – dedim men, – buterbrodlar. – Irodangni mustahkamlash uchun ketyapsanmi? Indamay boshimni egib turaverdim. Shu payt negadir hamma kulib yubordi. Hatto kampir ham. – Mushugingni ol, – dedi nazoratchi. – Yetib kelding. Mana senga Antarktida! Poyezd to‘xtadi. Nahotki, deb o‘ylardim, buncha tez! Men va mushugim militsioner amaki bilan poyezddan tushdik. Qarama-qarshi tomondagi poyezdga o‘tirib uyga keldik. Uyga kelganimda qanchalik katta xato qilganimni bildim. Onam bechora xavotir olib, kasal bo‘layozibdi. Onamning bag‘riga otilarkanman o‘zboshimchalik bilan qilgan ishimdan juda pushaymon bo‘ldim. O‘z istagim ketidan quvib irodasizlik qilganimdan uyalib ketdim. Download 23.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling