Bolalar pedagogikasi
Download 71.57 Kb.
|
Baxramova Durdona kurs ishi
1.2 Tarbiyalanuvchilar bilan tashkil etiladigan ingliz tili faoliyatlarida madaniy maishiy inshootlarni bilish malaka va koʻnikmalarini tarbiyalash boʻyicha amaliyotdagi ahvol
Maktabgacha ta'lim tashkilotlari bolalariga madaniy- maishiy inshoot nomlarini chet tilda ya'ni ingliz tili o'rgatish bu albatta o'ziga xos mashaqqatli ish va qiziqarli albatta. Chunki bolalarga atrof muhitni o'z ona tilidan tashqari chet tilida tushuntirish, bilimlar berish bu kelajak avlodni atrof muhitga muhabbatini yanada oshirish va albatta chet tilini ham mukammal o'rganishiga muhim sabab bo'ladi. Bugungi kunda Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining deyarli barchasida ingliz tili faoliyatlari olib boriladi. Va bolalarga Ingliz tili faoliyatlari haftasiga ikki marotaba (yoki uch marotaba) yarim soatdan olib boriladi. Bu faoliyatlarda bolalar ingliz tilida turli xil mavzularga doir yangi so'zlarni, she'rlarni va turli xil qo'shiqlarni o'rganib boradilar. Maktabgacha ta'lim tashkilotining “Ilk qadam” maktabgacha ta'lim muassasasi davlat o’quv dasturida faoliyatlarning taxminiy miqdori keltirilgan. 5 dan 6 yoshgacha bo’lgan guruhlarda ikkinchi til 5-tartib raqamida bo’lib, o’rgatish hafta mobaynida 2 soat, oy mobaynida 4 soat, o’quv yili mobaynida 36 soatni tashkil etadi. Hafta, oy, sog’lomlashtirish davri mobaynida o’yinlar orqali faoliyatlar tashkil etiladi. Ikkinchi tilni o’rgatish 6 dan 7 yoshgacha bo’lgan guruhlarda ikkinchi til 6-tartib raqamida bo’lib, o’rgatish hafta mobaynida 2 soat, oy mobaynida 4 soat, o’quv yili mobaynida 36 soatni tashkil etadi. Maktabgacha ta’lim. Uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblangan ushbu soha har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin, tahlillar shuni ko‘rsatdiki, oxirgi yillarda turli omillar ta’sirida maktabgacha ta’lim tizimida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash borasida rivojlanish o‘rniga, orqaga ketish holatlari, yil davomida maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olish ko‘rsatkichlari o‘sishi tendensiyasi kuzatilmadi. Aksincha, so‘nggi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalari soni 45 foizdan ziyodroq kamayib, bugungi kunda respublika bo‘yicha bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishi 30 foizni tashkil etdi. Bunga mavjud maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamonaviy talablarga javob bermasligi, tizimda variativ dasturlar, bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha muqobil shakllarning ishlab chiqilmaganligi, rivojlangan mamlakatlarning tajribasi yetarli darajada o‘rganilmaganligi, faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati oliy ma’lumotli emasligi, ta’lim sifati monitoringi yuritilmaganligi kabi omillar sabab bo‘ldi. Davlatimiz rahbari O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida: “Maqsadimiz kelgusi 3-4 yilda mamlakatimizdagi bog‘cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga to‘liq qamrab olishdan iborat va biz bunga albatta erishamiz”, - deb ta’kidlagan edi. Darhaqiqat, o‘tgan qisqa vaqt mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, «Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi farmon va qarorlari, shuningdek, “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Dasturi hamda respublikada maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» asosida misli ko‘rilmagan ishlar amalga oshirildi. Barcha sohalar qatori tizimda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, farmon va qarorlarda belgilangan vazifalarning ijrosi boshqa sohalar qatori Davlatimiz rahbarining doimiy e’tiborida bo‘layotganligini guvohi bo‘lmoqdamiz. Qabul qilinayotgan farmon va qarorlarning hayotga tatbiq etilishi natijasida yil yakuni bo‘yicha maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarning qamrovi 10 foizga oshishi, 2018 yilda esa maktabgacha ta’lim muassasalarini saqlash harajatlari joriy yilga nisbatan 32 foizga o‘sishi kutilmoqda. Kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilinib, istiqboldagi vazifalar belgilab berildi. Jumladan, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish, maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish, maktabgacha ta’lim muassasalariga pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish mexanizmini takomillashtirishdan iborat dolzarb vazifalar qo‘yildi. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati uchun yetarli sharoit yaratilmaganligi bois, binolar qarovsiz holga kelib, bo‘shab yotganligi, ulardan samarali foydalanilmayotganligi tanqid qilinib, 2018 yilning birinchi yarmida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan yettita yo‘nalishdagi strategik vazifalar belgilab berildi. Ular doirasida 2018 yil davlat budjetidan 427 bog‘chada qurilish-ta’mirlash ishlarini bajarish uchun 771 milliard so‘m mablag‘ ajratish, jumladan, 14 tasini yangidan qurish, 256 tasini rekonstruksiya qilish va 157 tasini kapital ta’mirlash rejalashtirilayotganligi, davlat-xususiy sherikchilik asosida yangi turdagi maktabgacha ta’lim muassasalarining tashkil etilishi, 2018 yil 1 yanvardan boshlab, 5 yil davomida xususiy bog‘chalar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun sarflanadigan mablag‘ning yarmi davlat budjeti hisobidan qoplanishi, bog‘chalarda bolalarni sog‘lom ovqatlantirish va ularga berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifatini ta’minlash maqsadida 2018 yildan boshlab har bir maktabgacha ta’lim muassasasiga 10-15 nafar fermerni sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini arzon narxlarda yetkazib berish uchun biriktirilishi, bolalar bog‘chalariga tayyor sifatli issiq ovqat yetkazib beradigan davlat korxonasi tashkil etilib, “Ketring” xizmatini yo‘lga qo‘yish mexanizmining ishlab chiqilishi, maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti faoliyatining takomillashtirilishi, maktabgacha ta’lim uchun kadrlar tayyorlaydigan institutlarning qabul kvotalarini real ehtiyojdan kelib chiqib belgilash hamda maktabgacha ta’lim pedagoglariga qo‘yiladigan talablarning qayta ko‘rib chiqilishi tom ma’noda sohani dunyo standartlari darajasiga olib chiqilishiga xizmat qilishi shubhasiz. Istiqbolda belgilanayotgan bunday ulkan vazifalarning amalga oshirilishi sohaning me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirishni talab etadi. Shu bois, ilg‘or xorijiy tajriba asosida “Maktabgacha ta’lim to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqishdan iborat o‘ta dolzarb vazifa yuklatildi.E’tirof etish kerakki, mazkur qonun loyihasining ishlab chiqilishi o‘z navbatida ta’lim sohasiga oid milliy qonunchiligimizning yanada takomillashuviga, sohaga oid barcha munosabatlarning huquqiy asoslari mustahkamlashga xizmat qiladi. Shunday ekan, tizim oldiga qo‘yilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash biz Qonunchilik palatasi deputatlardan ham faollikni va mas’uliyatni talab etadi. Yangicha metod bolaga nafaqat yangi so’zlarni o’rganish va o’rganish, balki inglizcha nutq tovushlarini o’rganishda ham yordam beradi; takrorlash – agar bolaga multfilm yoqsa, u xuddi shu multfilmni yoddan o’rganmaguncha qayta-qayta ko’rishga tayyor. Bolalarni chet tiliga o’rgatish uchun videokliplarni maxsus tanlab olish kerak, eng yaxshisi bolaga 2-3 yoshga mo’ljallangan bolalar uchun animatsion qo’shiqlar va multfilmlar (masalan, Maisy Sichqoncha haqidagi videolar). Bolaga bunday multfilmlarni tushunish ancha oson bo’ladi – mavzular mavjudligi sababli – hisob qaydnomasi, hayvonlarning nomlari va boshqalar. Va tinch sur’at. Shunday qilib, o’yin O’yin – bu proksimal rivojlanish zonasiga yo’naltirilgan bo’lib, pedagogik maqsadni bola uchun jozibali faoliyat motivi bilan birlashtiradi. Darsliklarni unuting, chunki bolalaringiz hali o’qiy olmaydi. Biroq, kitob maqbul, ammo odatdagi kulrang ko’rinishda emas: unda, avvalambor, rasmlar va minimal matn bo’lishi kerak. Agar kituobda juda ko’p harflar bo’lsa, unda men bu kitob emas, balki darslik ... deb o’ylayman ... ehtimol siz uchun, aziz ota-onalar! Esingizda bo’lsin: bolalar o’rganmaydi, ular o’rganishga qiziqqan narsalarini quloqlari, ko’zlari, qo’llari va oyoqlari bilan eslashadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ingliz tili Meshcheryakovaning ingliz tilini o’rganishning qiziqarli uslubini esladingizmi, unda dars mini-spektaklga, o’qituvchi – rejissyorga, o’quvchilar esa katta va kulgili spektakl ishtirokchilariga o’xshab turishi kerak edi. Va Yerdagi bolalar tezda ingliz tilini o’rganishlari uchun Oyda tinch hayotini qurbon qilgan afsonaviy Luntikmi? Shuningdek, Disney belgilarini – bizning kichkintoylarimiz uchun ingliz tilining kashshoflarini eslaylik. Yana bir qiziqarli texnika. Mana Luntikning yana bir izdoshining texnikasi, u til darslarini bolalar uchun haqiqiy quvonchga aylantira oldi. Bu safar qulog’ida oq dog ‘bo’lgan oddiy amerikalik it Spot ishtirok etmoqda. Keling, birinchi darsni olaylik. Uning rejasi quyidagicha: Ingliz tilini o’rganishga qiziqish bildiring. Uchgacha sanashni, salomlashishni va xayrlashishni birgalikda qoʻshiq shaklida mashq qilish. Xorijiy tillarni bilish jahon madaniyati yutuqlari va axborot resurslaridan samarali foydalanish imkonini beradi, xalqaro muloqotga keng yo‘l ochadi. Jizzax viloyatidagi umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalarida chet tillarni o‘rganish tizimini takomillashtirish, o‘qitishning zamonaviy interfaol usullaridan keng foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Viloyatda 32 maktabda xorijiy tillar chuqur o‘qitilayotir. 2015-yilning sentabr oyidan boshlab tayanch maktablarda umumta’lim muassasalarining chet tillari o‘qituvchilari kasb mahoratini oshirish bo‘yicha maxsus kurslar tashkil etilgan. Mazkur kurslarda 752 ingliz tili fani o‘qituvchilarining malakasi oshirildi. 2015yilda viloyatdagi 1-4 sinf chet tillari kabinetlari 1,8 milliard so‘mlik noutbuk, proyektor, ovoz kuchaytirgich, TV-tyuner, markerli doska va texnik vositalar bilan ta’minlandi, – deydi Jizzax viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Ergash Jabborov. – Barcha maktablarga yangi o‘quv dasturlari hamda ingliz tilidan “Kids’ English”, nemis tilidan “Deutsch macht spab” va fransuz tilidan “Hirondelle” darslik majmualari hamda 1-2-sinflar uchun darslik, o‘quv kitobi, mashq daftari, multimedia ilovalari yetkazib berildi. 2014-2015 o‘quv yilida maktablarning 1-9 sinf o‘quvchilari ingliz, nemis, fransuz tili darsliklari, chet tili o‘qituvchilari metodik qo‘llanmalar, mashq daftarlari bilan to‘liq ta’minlandi. Tajribali o‘qituvchilarning ish usuli ommalashtirilayotgani, yangi pedagogik texnologiyalar keng qo‘llanilayotgani o‘quvchilarning chet tillarni o‘zlashtirish darajasini oshirmoqda. Tahlillarga ko‘ra, 2014-2015 o‘quv yilida 1-sinf o‘quvchilari 150 so‘zni o‘rgangan bo‘lsa, 2-sinflardagi o‘quvchilar o‘qish, yozish va o‘qigan matnlar bo‘yicha chet tilida muloqotda bo‘lishning dastlabki darajasini o‘zlashtirgan. Viloyatlarda davlat umumta’lim maktabi ingliz tili chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladigan ta’lim maskanlaridan biri. Bu yerda o‘quvchilarga ingliz tilini puxta o‘rgatish, muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish uchun darsdan tashqari mashg‘ulotlar, tadbirlar o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ingliz tili to‘garaklari muntazam faoliyat yuritayotir. Maktabning chet tili o‘qitish tajribasi viloyatning boshqa ta’lim muassasalarida ommalashtirilmoqda. Xorijiy tillarni o‘rganishga ehtiyoj ortishi maktablar faoliyatini yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda, – deydi maktabning ingliz tili o‘qituvchisi S.Mirzaliyeva. – Maktabimizda chet tili o‘qitish xonalari zamonaviy komputer texnologiyalari, multimedia jihozlari, ko‘rgazmali qurollar bilan ta’minlangan maxsus sinfxonalarda o‘qitiladi. Chet tili o‘qituvchilarining uslubiyat kengashida yosh pedagoglarning malakasini oshirishda amaliy yordam ko‘rsatilmoqda. 2013-2014 o‘quv yilidan e’tiboran barcha umumta’lim maktablarining 1-sinflaridan boshlab yangi model asosida chet tillarini o‘qitish yo‘lga qo‘yildi. Chet tillarini o‘qitish maktabgacha ta’lim muassasalari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari va maktabdan tashqari to‘garaklarda ham o‘tilayotgani yaxshi samara bermoqda. Viloyatdagi 171 maktabgacha ta’lim muassasasidan 114 tasida ingliz tili to‘garagi tashkil etilib, ularga 3 ming 944 nafar tarbiyalanuvchi jalb etilgan.Viloyatdagi 14 “Barkamol avlod” bolalar markazida 29 chet tili to‘garaklari tashkil etilgan. Bu yerdagi 74 guruhda 800 ga yaqin o‘quvchi maktabda xorijiy tillardan olgan bilimini yanada mustahkamlayotir Download 71.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling