Bolalar pedagogikasi
XULOSA……………………………………………………………38 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Download 71.57 Kb.
|
Baxramova Durdona kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuning dolzarbligi.
XULOSA……………………………………………………………38
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…………………………………………42 Kirish Vatanimiz mustaqillikka erishgandan so’ng mamlakatimizda chet tillarini o’rganishga katta e’tibor berib kelinmoqda. Jumladan, 2012-yil 10-dekabrda qabul qilingan «Chet tillarini o’rganish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining qarori hamda 2013– 2014-o’quv yilidan boshlab umumta’lim maktablarining birinchi sinflarida xorijiy tillarni uzluksiz o’rgatishning joriy etilishi buning isbotidir. Hozirgi kunda nafaqat maktab, litsey, kollej o’quvchilari va oliy o’quv yurtlari talabalariga, balki M. T. M. Tarbiyalanuvchilari va turli sohada ishlovchi xodimlarga ham chet tilini, xususan, ingliz tilini o’rgatish yo’lga qo’yilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ,,O’zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o’rgatishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichlarga olib chiqish chora-tadbirlari to’g’risida’’ 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qarori qabul qilingan. Buning sababi bor, albatta. Iqtisodiy, fan va madaniy jihatdan rivojlangan davlatlarning tillarini o’rganish jahon ilm- fani va taraqqiyoti yutuqlarini egallashning bosh omilidir. Til o’rganish ham yosh davrlariga bog’liq. Mavzuning dolzarbligi. Barchamizga ma’lumki, yurtimizda har tomonlama sog‘lom va barkamol, komil va ma’naviy yetuk avlodni tarbiyalash, umumta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya olayotgan o‘quvchi bolalarni ma’naviy va intelektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda yurtimizning yosh-avlodlarini kelajakda vatanga munosib farzand qilib tarbiyalash uchun barcha shart-sharoitlar va imkoniyatlar keng ko‘lamda olib borilmoqda. Pegagogik texnologiya o‘quvchilarning chuqur bilim olishlariga qator imkoniyatlar yaratish bilan birga, ularga o‘z fikrini himoya qilish ko‘nikmasini shakllantiradi, hamkorlikda ishlarga o‘rgatib, ularni hayotda uchrab turadigan qiyinchiliklarni birgalikda hal qilish tajribalarini singdiradi. Pedagogik texnologiyani faol tadbiq etish hisobiga ta’lim jarayonining rag‘bati kuchayib boradi. Inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar muammosi yangi emas, u doimo bo‘lib kelgan. Ammo hozirgi vaqtda inson va tabiatning o‘zaro ta'sirining, shuningdek, insoniyat jamiyatining atrof-muhitga ta'sirining ekologik muammosi juda keskin bo‘lib, juda katta miqyosga ega bo‘ldi. Fan-texnika taraqqiyoti sur'atlarining tezlashishi tabiiy muhitga antropogen ta'sirning tobora ortib borishi bilan tavsiflanadi. Shu bilan birga, insonning tabiatga ham ijobiy, ham salbiy ta'sirining amaliy imkoniyatlari beqiyos darajada oshdi. Tabiatga iste'molchi munosabati bilan odamlar allaqachon unga tuzatib bo‘lmaydigan zarar yetkazishgan. Insonning dunyoda o‘zini, undagi o‘rnini anglash jarayonida o‘quvchilarda dunyoning ekologik manzarasini shakllantirish muhim o‘rin tutadi. Bu muammoni yechish yo‘llaridan birini tabiatshunoslikni o‘qitish jarayonida tabiat haqidagi bilimlar bilan bog‘liq sub’ektiv tajribani moslashtirishda ko‘ramiz. Bugungi kunga kelib, kichik maktab o‘quvchilari tomonidan tabiatni o‘rganishda bolaning atrofidagi dunyoni individual bilish maqsadi va boshlang‘ich maktab ta'lim tizimining maqsadi o‘rtasidagi bog‘liqlik, dastur bilimlari mazmuni o‘rtasidagi bog‘liqlik haqidagi savollar ochiqligicha qolmoqda. boshlang‘ich maktabning tabiatshunoslik kurslaridagi ko‘nikmalar va bilimlar tizimi, qadriyatlar va munosabatlar o‘quvchilarning dunyoning ekologik rasmlarini shakllantirish uchun asos sifatida. Korinib turibdiki, kichik yoshdagi o‘quvchida dunyoning ekologik manzarasini shakllantirishda tabiatning salohiyati, imkoniyatlaridan boshlangich sinf o‘quv jarayonida yetarlicha foydalanilmayapti; voqelikni ilmiy bilishga o‘tish paytidan boshlab, tabiat ob'ektlari va hodisalarining mohiyatini, uning o‘zaro bog‘liqligini, inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarni anglash, o‘zlashtirish, bolada sub'ektiv tajriba va ijtimoiy ilmiy tajriba o‘rtasida nomuvofiqlik mavjud. Download 71.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling