Kurs ishning maqsad va vazifalari:
Boshlang‘ich sinflarda chet tilida madaniy maishiy inshootlar o’rgatishning didaktik tamoyillari. Chet tilini o‘qitish amaliyotida taklif etilgan qoidalar va qarashlar. Tinglab tushunish mashqlariga ustuvor ahamiyat qaratish.
Darslarda ma’noli kontekstlar va mavzuga oid nutq vaziyatlarini yaratish.
Mashg‘ulotlarda texnik vositalardan keng foydalanilish.
O‘quvchilarning yoshiga mos autentik materiallaridan foydalanish.
Nutq namunalari asosida chet til o‘rgatish.
Mavzularni obrazlashtirish (gapiruvchi qo‘g‘irchoqlar yordamida).
Kurs ishining asоsiy ahamiyati:
Bugungi kunga kelib, kichik maktab o‘quvchilari tomonidan tabiatni o‘rganishda bolaning atrofidagi dunyoni individual bilish maqsadi va boshlang‘ich maktab ta'lim tizimining maqsadi o‘rtasidagi bog‘liqlik, dastur bilimlari mazmuni o‘rtasidagi bog‘liqlik haqidagi savollar ochiqligicha qolmoqda. boshlang‘ich maktabning tabiatshunoslik kurslaridagi ko‘nikmalar va bilimlar tizimi, qadriyatlar va munosabatlar o‘quvchilarning dunyoning ekologik rasmlarini shakllantirish uchun asos sifatida. Ko’rinib turibdiki, kichik yoshdagi o‘quvchida dunyoning ekologik manzarasini shakllantirishda tabiatning salohiyati, imkoniyatlaridan boshlangich sinf o‘quv jarayonida yetarlicha foydalanilmayapti.
Kurs ishining obekti:
Kurs ishining obekti bo‘lib, Samarqand shahri 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 3-,,A’’sinf o‘quvchilari.
Kurs ishining manbalari:
O‘quvchilarga tabiatga doir ilmiy bilimlar bilan tanishtirishda ilmiy metodik adabiyotlar. Maktab, maktabgacha ta’lim muassasalari uchun yaratilgan darslik va qo‘llanmalar, tarqatma materiallar, metodik yo‘llanma va tavsiyalardan iborat.
Kurs hajmi va tarkibiy tuzilishi:
Kurs ishi kirish, asosiy qism boblari, I-bob nazariy qism bo‘lib, 2 ta paragrafdan iborat, II-bob amaliy qism ham 2 ta paragrafdan iborat, III-bob xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |