Bolalar psixikasining o`rganish psinsiplari. Reja


Bola psixikasini o‘rganish prinsiplari


Download 23.26 Kb.
bet4/7
Sana30.04.2023
Hajmi23.26 Kb.
#1404540
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bolalar psixikasining o`rganish psinsiplari.

1. Bola psixikasini o‘rganish prinsiplari.
Bola psixikasini o‘rganishda tadqiqotchi bir qator prinsplar – qoidalarga tayanishi, ularga rioya etishi lozim bo‘ladi.
Bu qoidalar quyidagilardan iborat;
1). Obyektivlik prinsipi – bu tadqiqotchidan ma’lumotlar bilan ularning talqinini aralashtirib yubormaslikni talab qiladi. Masalan: mashg‘ulot davomida “ bola oynadan tashqariga qarayotgan edi” – deb aytilsa, bu muayyan hodisa haqidagi ma’lumot bo‘lib hisoblanadi. Lekin, “bola e’tiborsiz” – deb aytish hodisaning talqinidir. Hodisaning o‘zi bilan uning talqinini aralashtirib yubormaslik kerak chunki yuqoridagi misolda ham bola oynaga qarab turgan bo‘lsada, tarbiyachining so‘zlariga katta e’tibor berayotgan bo‘lishi mumkin.
2). Sababiylik prinsipi – bu bola shaxsi va ongida yangi sifatlarning hosil bo‘lishini ta’minlovchi barcha shart – sharoit va omillarni imkon qadar o‘rganishni talb qiladi. Masalan: mashg‘ulot davomida bola tez – tez oyna tarafga qaragan bo‘lsa, bu hodisaning iloji boricha sababini aniqlash kerak: ko‘chadagi biror narsa bola e’tiborini o‘ziga tortdimi? Mashg‘ulotda bola charchab qoldimi? O‘tilayotgan material bolaga yaxshi tanishmi? va h.k;
3). Sinchkovlik va muntazamlik prinsipi – bu bola psixikasini shakllanishi jarayoni, bunda psixolog va pedogoglar ta’siri sinchkovlik bilan kuzatib borishni talab qiladi. Ushbu prinsiplarga muvofiq oldindan;
а) tadqiqot joyi va qilaladigan ish mazmuni aniqlanishi kerak:
b) tadqiqotda o‘rganiladigan sinaluvchilar tanlanmasi tuzilishi
lozim:
s) tadqiqot qaysi vaqtda va qanday vaqt oralig‘ida o‘tkazilishini belgilash zarur. Ushbu bandlar belgilangach, ulardan chetga chiqmaslik kerak, ya’ni qandaydir subyektiv sabablar bilan shoshilinch xulosalar chiqarmaslik, tadiqotni bevaqt tugatish hollariga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Aks holda obyektivlik prinsipi buzilgan bo‘ladi. Bolalar psixologiyasi fanining asosiy metodlaridan biri kuzatish metodidir.
Kuzatish metodi 2 ga bo‘linadi:

Download 23.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling