Bolalar psixologiyasi fani maqsadi, vazifalari


Bolalar psixologiyasini boshqa fanlar bilan aloqasi


Download 38.48 Kb.
bet3/7
Sana31.01.2024
Hajmi38.48 Kb.
#1831173
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bolalar psixologiyasi fani maqsadi, vazifalari

Bolalar psixologiyasini boshqa fanlar bilan aloqasi
Bolalar psixologiyasi fani o‘z predmetini o‘rganishda falsafa, umumiy psixologiya, pedagogika, maktabgacha tarbiya pedagogikasi ijtimoiy psixologiya, yosh psixologiyasi bir qator tibbiyot fanlari: bolalar gigienasi, pediatriya, bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi fanlari bilan chambarchas bog‘liqdir.
Hozirgi kunda bolalar psixologiyasi fani predmetining kengayib borishi kuzatilmoqda. Bu hodisa bolaning homila davridagi rivojlanishini tobora chuqurroq o‘rganish natijasida ro‘y bermoqda.
Bolalar psixologiyasi fanining ilmiy tekshirish metodlari
Xar bir fanning o‘z predmetiga qarab bir qancha o‘rganish va tekshirish metodlari bo‘ladi. Metod lotincha «methodas» so‘zidan olingan bo‘lib, ma’lum bir fanning predmetini tekshirish, o‘rganish va tushuntirib berish usullarining yoki vositalarining yig‘indisidir.
Bolalar psixologiyasi umumiy psixologiyaning maxsus sohasi bo‘lgani tufayli u o‘z predmetini o‘rganishda umumiy psixologiyaning deyarli hamma metodlaridan foydalanadi. Lekin umumiy psixologiyaning metodlaridan bolalarning asosiy faoliyatlariga moslashtirib qo‘llaniladi.
Bolani o‘rganish 2 asosiy shaklda: “ko‘nadalangiga kesim” va “uzunasiga kesim” metodi deb nomlangan tadqiqot shakllarida amalga oshiriladi.
Tadqiqot “ko‘ndalangiga kesim” shaklida o‘tkazilganda turli yoshdagi bolalar guruhlarida muayyan psixologik jarayon, holat yoki xususiyat o‘rganiladi va har xil yosh bosqichida bolalar ustidan olib borilgan tadqiqot natijalari o‘zaro solishtiriladi. Masalan: D. B. Elkonin kichik, o‘rta va katta maktabgacha yoshdagi bolalarning syujetli – rolli o‘yinlariga xos xususiyatlarni o‘rganib, o‘zaro solishtirib bolalar o‘yinlari taraqqiyotiga xos umumiy qonuniyatlarni aniqlagan. Ko‘ndalangiga kesim shaklidagi tadqiqotga asosiy e’tibor sinaluvchi bolalar yoshidagi farqlarga qaratilishi kerak. Farq qanchalik kichik bo‘lsa, psixolog tadqiqotchi bola psixikasi va shaxsidagi muhim o‘zgarishlarni payqash uchun ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Tadqiqot “uzunasiga kesim” shaklida o‘tkazilganda bir yoki bir necha bolaning muayyan vaqt oralig‘idagi hayoti o‘rganiladi. Tadqiqotchi uzluksiz ravishda bir yosh bosqichidan ikkinchisiga o‘tishda bola psixikasi va xulq – atvorida ro‘y beruvchi o‘zgarishlarni aniqlab boradi. Masalan: maktabgacha ta’lim muassasalarida yangi dastur bo‘yicha ish boshlangan bo‘lsa, muassasaga endi qabul qilingan bolalarni 4 – 5 yil uzluksiz o‘rganish orqali dasturning bola taraqqiyotiga ta’sirini aniqlash va u haqida xulosa chiqarish mumkin bo‘ladi. “Uzunasiga kesim” shaklidagi tadqiqot shuningdek, ayrim bolalarda longityud tadqiqot ham deb ataladi. Tadqiqotning bu shakli ancha murakkab va ko‘p vaqt talab etadi. Longityud metodi orqali bir jinsli (Xasan – Xusan, Fotima – Zuhra) yoki aralash jinsli (Xusan – Zuhra) egizaklar kuzatiladi. Shuning uchun bir qator tadqiqotlarning “Ona kundaligi” deb nomlanishi bejiz emas. Longityud metodi yordamida subyektiv omillarning o‘ziga xosligi, obyektiv shart – sharoitlar va ijtimoiy muhitning sinaluvchiga ta’siri o‘rganiladi. Masalan; egizaklarning o‘xshashligi va tafovuti; ta’sirlanishi, his – tuyg‘ularning o‘zgarishi; hulq – atvordagi illatlar, individual farqlar o‘rganiladi.

Download 38.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling