Bolalar psixologiyasi fanining umumiy masalalari


Ontogenez – bu organizmning individual rivojlanishidir


Download 356.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana16.01.2023
Hajmi356.43 Kb.
#1094611
1   2   3   4
Bog'liq
Bolalar psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi, vazifalari

Ontogenez – bu organizmning individual rivojlanishidir.
Bolalar psixologiyasi bola psixikasining taraqqiyoti hamda shaxsiy 
xususiyatlarining yuzaga kelishiga ta’sir qiluvchi omillarni ham o‘rganadi.
Bugungi kunda bolalar psixologiyasi fanining oldida bir qancha muhim nazariy 
va amaliy vazifalari turadi, uning nazariy vazifalariga quyidagilar kiradi:
1. Turli yoshdagi bolalarga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlarni, ya’ni bolalarning 
idrokiga, sezgi-tuyg‘ulariga, diqqatiga va xotirasiga, nutqi va tafakkuriga, xayoliga, 
irodasiga xos xususiyatlarni o‘rganish;
2. Bolaning psixik taraqqiyotiga faol ta’sir qiluvchi omillarni aniqlab berish;
3. Turli yoshdagi bolalarning rivojlanishiga xos bo‘lgan qonuniyatlarni o‘rganish;
4. Bola shaxsi va shaxsiga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlarni o‘rganish;
5. Bolani maktab ta’limiga tayyorlash;
6. Maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun bolaning aqliy jarayonlarini faollashtirish;
7. Ta’lim jarayonida bolaning mustaqil, ijodiy, faol tafakkurini shakllantirish;
8. Ta’lim-tarbiya jarayonida bolaning maxsus qobiliyatlarini shakllantirish;
9. Ta’lim-tarbiya ishlarining psixologik mazmunini ochib berishdan iboratdir.
Uning amaliy vazifalariga turli yoshdagi bolalarning psixik taraqqiyoti 
xususiyatlariga doir bilimlarni tarbiyachilar, o‘qituvchilar, ota-onalar ya’ni 
jamoatchilar o‘rtasida keng yoyishdan iborat. Bolalar психологиясининг амалий 


vazifasi – bola ruhiy taraqqiyotiga, yoshlik xususiyatlari orasidagi farqlar va ularga 
individual munosabatda bo‘lish yo‘llariga oid, ruhiy taraqqiyot qonunlariga doir 
psixologik bilimlardan bahramand bo‘lishlarini ta’minlashdan iborat. Bunday 
vazifalarni amalga oshirish komil insonni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Bolalar psixologiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.  
Bolalar psixologiyasi predmetining muhim tomonlaridan biri - turli yoshdagi 
bolalarda sezgi, idrok, diqqat, xotira, nutq, tafakkur, hissiyot, xayol va iroda kabi 
psixik jarayonlarining namoyon bo‘lishi, taraqqiy etishi hamda takomillashuvining 
qonuniyatlarini o‘rganishdan iboratdir. Bolalar psixologiyasi bola shaxsiy 
psixologik xususiyatlarini qanday tarkib toptirishni chuqur tahlil qiladi. Bunda 
bolalar psixologiyasini bolalar shaxsining tarkib topishiga faol ta’sir etuvchi omillar 
qiziqtiradi.
Ma’lumki, bola shaxsi va uning psixologik xususiyatlari qandaydir tasodifiy 
omillarning tartibsiz ta’sir etishi natijasida emas, balki muayyan aniq omilning 
qonuniy ta’sir etishida tarkib toptiradi. Ana shu muhim qonuniy tarzda ta’sir 
qiladigan omillarni ochish va isbotlash bilan bolalar psixologiyasi shug‘ullanadi.
Bolalar psixologiyasi o‘zining murakkab predmetini o‘rganishda falsafaga 
tayanadi. Ma’lumki, tabiat va jamiyatdagi narsa hamda hodisalar taraqqiyotining 
eng umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi, hamda inson ongining ijtimoiy hayotga 
bog‘liqligini isbotlab beradi.
Tabiat va jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyatlaridan xabardor bo‘lish 
bolalar psixologiyasiga bolalar psixik taraqqiyotini o‘rganishda va «tabiiy zot» 
bo‘lib tug‘ilgan bolaning inson ijtimoiy tajribasini egallab, shaxs bo‘lib yetishini 
o‘rganish to‘g‘ri yo‘l topishga yordam beradi.
Bolalar psixologiyasi o‘z predmetini o‘rganishda umumiy psixologiyaning 
inson psixikasi xaqida qo‘lga kiritilgan yutuqlariga asoslanadi. Masalan, umumiy 
psixologiyaning psixik jarayonlar, psixologik xolatlar, inson shaxsi va uning 
faoliyati xaqidagi ta’limotlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanadi. O‘z navbatida, 
umumiy psixik holat ham bolalar psixologiyasining yutuqlariga asoslanadi.


Bolalar psixologiyasi anatomiya va fiziologiya fanlari tomonidan qo‘lga 
kiritilgan yutuqlardan ham keng foydalanadi. Bunda bolalar psixologiyasi, xususan 
bolalar nerv sistemasi va oliy nerv faoliyatining ma’lumotlaridan foydalanadi. 
Bolalar nerv sistemasining normal taraqqiyoti va normal ishlashi bola psixikasi 
rivojlanishining muhim shartlaridandir. Shuning uchun psixolog mutaxassislar bola 
nerv sistemasining taraqqiyoti masalalari bilan bevosita tanish bo‘lishlari lozim.
Bolalar psixologiyasi pedagogika fani bilan xam yaqin alokadadir. Pedagogika 
fani yoshlarga ta’lim-tarbiya berish va ularni har tomonlama barkamol tarzda 
rivojlantirish haqidagi fandir. Bolalar psixologiyasi ta’lim-tarbiyaning maqsadi, 
yo‘l-yo‘riqlari va vazifalariga doir fikrlarni pedagogika fanidan oladi, hamda unga 
yaqindan yordam beradi.
Bolaning aqliy taraqqiyoti qonunlaridan xabardor bo‘lish turli yoshdagi bolalar 
bilan ta’lim-tarbiya ishlarini to‘g‘ri tashkil qilish imkoniyatini beradi.
Bolalar psixologiyasi bolalar gigiyenasi, bolalardagi kasalliklarni o‘rganuvchi 
pediatriya bilan ham bog‘liqdir. Bu fan bolalar psixologiyasi namoyondalariga 
bolalar psixik taraqqiyotining normal borayotganini chuqurroq bilish va normal 
taraqqiyotda burilish sabablarini aniqlash imkonini beradi. Bolalar psixologiyasi 
esa, o‘z navbatida, bolalarning normal psixik taraqqiyotini aniqlab berish bilan birga 
shifokorlarning bola psixologiyasini yanada yaxshiroq tushunib olishlariga yordam 
beradi.
Bolalar psixologiyasi bola shaxsi va shaxsiy psixologik xususiyatlarning tarkib 
topishini o‘rganishda (bir qator) bolalar adabiyotidan, xususan, avtobiografik 
asarlardan keng foydalanadi. Shunday qilib, bolalar psixologiyasi bolalarning 
murakkab psixik jarayonlari va shaxsiy psixologik xususiyatlarini o‘rganishda bir 
qator fanlarning qo‘lga kiritgan yutuqlaridan foydalanadi va ularga yordam beradi.

Download 356.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling