Bolalar psixologiyasi predmeti


Download 28.08 Kb.
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi28.08 Kb.
#1558878
1   2   3
Bog'liq
BOLALAR PSIXOLOGIYASI PREDMETI

Natijalar va muhokama. Ma’lumki, bola shaxsi va uning psixologik xususiyatlari qandaydir tasodifiy omillarning tartibsiz ta’sir etishi natijasida emas, balki muayyan aniq omilning qonuniy ta’sir etishida tarkib toptiradi. Ana shu muhim qonuniy tarzda ta’sir qiladigan omillarni ochish va isbotlash bilan bolalar psixologiyasi shug‘ullanadi.
Bolalar psixologiyasi o‘zining murakkab predmetini o‘rganishda falsafaga tayanadi. Ma’lumki, tabiat va jamiyatdagi narsa hamda hodisalar taraqqiyotining eng umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi, hamda inson ongining ijtimoiy hayotga bog‘liqligini isbotlab beradi.
Tabiat va jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyatlaridan xabardor bo‘lish bolalar psixologiyasiga bolalar psixik taraqqiyotini o‘rganishda va «tabiiy zot» bo‘lib tug‘ilgan bolaning inson ijtimoiy tajribasini egallab, shaxs bo‘lib yetishini o‘rganish to‘g‘ri yo‘l topishga yordam beradi.
Bolalar psixologiyasi o‘z predmetini o‘rganishda umumiy psixologiyaning inson psixikasi xaqida qo‘lga kiritilgan yutuqlariga asoslanadi. Masalan, umumiy psixologiyaning psixik jarayonlar, psixologik xolatlar, inson shaxsi va uning faoliyati xaqidagi ta’limotlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanadi. O‘z navbatida, umumiy psixik holat ham bolalar psixologiyasining yutuqlariga asoslanadi.
Bolalar psixologiyasi anatomiya va fiziologiya fanlari tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlardan ham keng foydalanadi. Bunda bolalar psixologiyasi, xususan bolalar nerv sistemasi va oliy nerv faoliyatining ma’lumotlaridan foydalanadi. Bolalar nerv sistemasining normal taraqqiyoti va normal ishlashi bola psixikasi rivojlanishining muhim shartlaridandir. Shuning uchun psixolog mutaxassislar bola nerv sistemasining taraqqiyoti masalalari bilan bevosita tanish bo‘lishlari lozim.
Bolalar psixologiyasi pedagogika fani bilan xam yaqin alokadadir. Pedagogika fani yoshlarga ta’lim-tarbiya berish va ularni har tomonlama barkamol tarzda rivojlantirish haqidagi fandir. Bolalar psixologiyasi ta’lim-tarbiyaning maqsadi, yo‘l-yo‘riqlari va vazifalariga doir fikrlarni pedagogika fanidan oladi, hamda unga yaqindan yordam beradi [3].
Bolaning aqliy taraqqiyoti qonunlaridan xabardor bo‘lish turli yoshdagi bolalar bilan ta’lim-tarbiya ishlarini to‘g‘ri tashkil qilish imkoniyatini beradi.
Bolalar psixologiyasi bolalar gigiyenasi, bolalardagi kasalliklarni o‘rganuvchi pediatriya bilan ham bog‘liqdir. Bu fan bolalar psixologiyasi namoyondalariga bolalar psixik taraqqiyotining normal borayotganini chuqurroq bilish va normal taraqqiyotda burilish sabablarini aniqlash imkonini beradi. Bolalar psixologiyasi esa, o‘z navbatida, bolalarning normal psixik taraqqiyotini aniqlab berish bilan birga shifokorlarning bola psixologiyasini yanada yaxshiroq tushunib olishlariga yordam beradi.
Bolalar psixologiyasi bola shaxsi va shaxsiy psixologik xususiyatlarning tarkib topishini o‘rganishda (bir qator) bolalar adabiyotidan, xususan, avtobiografik asarlardan keng foydalanadi. Shunday qilib, bolalar psixologiyasi bolalarning murakkab psixik jarayonlari va shaxsiy psixologik xususiyatlarini o‘rganishda bir qator fanlarning qo‘lga kiritgan yutuqlaridan foydalanadi va ularga yordam beradi.
Har bir fanning o‘z predmetiga ko‘ra bir qancha o‘rganish va tekshirish metodlari bo‘ladi. Metod lotincha “methodas” so‘zidan olingan bo‘lib, ma’lum bir fanning predmetini tekshirish, o‘rganish va tushuntirib berish usullarining yoki vositalarining yig‘indisidir.
Bolalar psixologiyasi umumiy psixologiyaning maxsus sohasi bo‘lgani tufayli, u o‘z predmetini o‘rganishda umumiy psixologiyaning deyarli hamma metodlaridan foydalanadi. Lekin umumiy psixologiyaning metodlaridan bolalarning asosiy faoliyatlariga moslashtirib qo‘llaniladi.
Umumiy psixologiyaning metodlari - kuzatish, eksperiment, suhbat, faoliyat mahsulotlarini o‘rganish kundalik va biografik materiallarni o‘rganish, sotsiometrik metod, test va shu kabi metodlardir.
Bolalarning butun aqliy, ya’ni psixik taraqqiyotlari ularning turlituman faoliyatlarida sodir bo‘ladi. Ana shuning uchun bolalar psixologiyasi yuqoridagi metodlarni bolalarning asosiy faoliyatlariga moslashtirib qo‘llaydi.
Xulosa. Tarbiyachi ayni bir vaqtning o‘zida guruhdagi bolalarning xatti-harakatlari va fe’l-atvorlarini o‘rgana olmaydi. Shuning uchun ular diqqat -e’tiborlarini bir necha kun davomida u yoki bu bolaga qaratib, uni har tomonlama chuqurroq o‘rganishga harakat qilishi lozim. Shu narsani esdan chiqarmaslik kerakki, tarbiyachining bolalarni o‘rganishining qat’iy va aniq maqsadi bo‘lishi kerak.
Bolalarning barcha xususiyatlarini birdaniga o‘rganib bo‘lmaydi. Bolalarning ehtiyojlari qiziqishlari, mayl va istaklari, qobiliyatlari, diqqatlari, nutq xamda tafakkurlarining xususiyatlarini birin-ketin shoshmasdan o‘rganish lozim.
Tarbiyachi kundalik ish sharoitida bolalarni o‘rganar ekan, u kuzatish, eksperiment, yordamchi kabi metodlardan foydalanishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar


    1. Nishonova Z.T., Alimova G.K. Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostiasi T.: TDPU 2017 – 264 b.

    2. G‘oziyev E. Ontogenez psixologiyasi Nazariy- eksperimental tahlil T.: Noshir 2010. – 356 b.

    3. Do‘stmuhamedova Sh.A., Nishonova Z.T.va boshqalar Yosh davrlari va pedagogik psixologiya T.: Fan va texnologiyalar 2013 – 343 b.

4. Шаповаленко И.В. Взрослая психология - М.: Гардарики, 2007. -349 с.


Download 28.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling