Bolalarni tana tuzilishiga qarab sport turlarini tavsiya etish. Tana tuzilishiga qarab bolalar 3 guruhga bo`linadi:
Birinchi guruh-normostenik tana tuzilishi – tananing hamma qismi bir biriga to`g`ri proporsional, teng, baravar rivojlangan, ko`krak va yelka kamari kengligi, qo`l va oyoqlarning uzunligi proporsional bo`ladi. Bunday bolalar sportning hamma turlari bilan shug`ullanishlari mumkin.
Ikkinchi guruh-giperstenik tana tuzilishi – kalta bo`yli, keng ko`krak qafasli, keng yelkali, qo`l-oyoqlari kalta va yo`g`on. Bularni asosan kurash turlariga yo`naltirish maqsadga muvofiq.
Sababi, bunday gavda tuzilishidagi bolalarda suyaklar yo`g`on, baquvvat, muskullar yaxshi rivojlangan, kuchli bo`ladi.Ular tez, epchil, chaqqonlik bilan harakat qilish xususiyatiga ega.
Uchinchi guruh-astenik tana tuzilishi – bo`yi uzun, qo`l va oyoqlari uzun, tana ingichka, ko`krak va yelka kamari ingichka.Bunday bolalar uchun sport o`yinlarining voleybol, basketbol, tennis turlari bilan shug`ullanish tavsiya etilgani ma`qul.
Bolalarni yoshiga qarab sport turlarini tavsiya etish. Bolalar yoshiga qarab sport turlarini tavsiya etish 6 davrda amalga oshiriladi. Sport turlarini tavsiya etishda bolalarning yoshi bilan birga, ularning tana tuzilishi hususiyatlari (normastenik, giperstenik, astenik) ham e`tiborga olinishi lozim.
Birinchi davr – 5 – 7 yosh. Sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, Sport akrobatikasi, shaxmat va shashka yo`nalishlari tavsiya etilishi maqsadga muvofiq.
Ikkinchi davr – 8 – 9 yosh. Engil atletika, stol va katta tennis, badminton yo`nalishlari.
Uchinchi davr- 10-11 yosh. Sport o`yinlarining barcha turlari, shuningdek, qol to`pi, qilichbozlik, kamondan o`q otish.
To`rtinchi davr – 12 – 13 yosh. Kurashning hamma turlari: karate, erkin kurash, yunon – rum kurashi, sambo, shuningdek, boks,eshkak eshish, velosport kabilar.
Beshinchi davr – 14 – 15 yosh. To`rtinchi davrdagi sport turlariga qo`shimcha zamonaviy beshkurash, uchkurash, ot sporti.
Oltinchi davr – 16 – 17 yosh. To`rtinchi va beshinch davrdagilarga qo`shimcha keng qamrovli turizm, sportning texnikaviy turlari: motosport, avtosport, korting turlari tavsiya etiladi.
Ахмедов.Б.А “Жисмоний машқлар биомеханика” (Кундузги ва сиртқи бўлимда ўқийдиган талабалар лекциядан методик қўлланма) Тошкент, 1990 й.
Ахмедов. Б.А “Велотренажерда ишлаш” Тошкент., 1990 й.
Алимбоев Р. “Жисмоний машқлар биомеханикаси” Тошкент, 2008 й.
Қурбонов Ш., Қурбонова Ш. Спорт физиологияси. Қарши “Насаф” 2001
Қурбонов Ш., Қурбонов А. Жисмоний машқларнинг физиологик асослари. Тошкент, 2003.
Содиқов Қ. Ўқувчилар физиологияси ва гигиенаси Т., “Ўқитувчи”, 1992.
Содиқов Қ. Оилавий ҳаёт-гигиена ва жинсий тарбия “Ўқитувчи”, 1997.
Алматов К.Т. Улғайиш физиологияси. М.Улуғбек номидаги УзМУ босмахонаси. Т.2004.
Содиқов Б.А., Қучқарова Л.С., Қурбанов Ч.Қ. “Болалар ва ўсмирлар физиологияси ва гигиенаси”. Олий ўқув юртлари учун дарслик сифатида тавсия этилган. “Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси” давлат илмий нашриёти. Т.: 2005 й.
Содиқов Қ. Болалар анатомияси ва физиологияси Т. Низомий номидаги ТДПУ нашриёти. 2001 й.
Do'stlaringiz bilan baham: |