Bolalar sog’lom turmush tarzining fiziologik asoslari. Jismoniy mashqlar sog’lom turmush tarzining asosi sifatida


O‘quv stol-stul (parta)larini guruh xonasida joylashtirish


Download 110.5 Kb.
bet4/11
Sana04.01.2023
Hajmi110.5 Kb.
#1078097
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bolalar sog’lom turmush tarzining fiziologik asoslari. Jismoniy mashqlar sog’lom turmush tarzining asosi sifatida

Oquv stol-stul (parta)larini guruh xonasida joylashtirish. Stol va stul (parta)lar guruh xonasida 3 qator qilib joylashtiriladi. Partalar bilan derazalar o‘rtasidagi masofa 80-100 sm, guruhning ichki devori bilan partalar o‘rtasidagi masofa 50-60 sm, parta qatorlari o‘rtasidagi masofa 50-70 sm bo‘ladi.
Doska bilan birinchi qator partalari o‘rtasidagi masofa 2,5-3 metr bo‘ladi. Doska va partalar guruhda joylashtirilganda o‘quvchilarning derazaga nisbatan chap tomonlari bilan o‘tirishlari ta`minlanmog‘i lozim.
Har bir guruhda bo‘y usunligi turlicha bo‘lgan o‘quvchilar o‘qishi mumkinligini hisobga olgan holda, guruhda 3 xil o‘lchamdagi stol va stul (parta)lar joylashtiriladi.Kichik o‘lchamdagilar oldingi, o‘rtachalari guruh o‘rtasiga va katta o`lchamdagi partalar, oxirgi qatorlarga joylashtiriladi.
Oquvchilarni guruh xonasida joylashtirish. Bo‘yi past o‘quvchilar oldingi, bo‘yi baland o‘quvchilar esa oxirgi partalarga o‘tqaziladilar.Ko‘rish o‘tkirligi pasaygan o‘quvchilar deraza yaqiniga va oldingi qator partalarda, eshitish qobiliyati pasaygan o‘quvchilar o‘qituvchi stoliga yaqin partaga, angina, revmatizm, buyrak, nafas a`zolari yallig‘lanishi kasalliklarning surunkali kechuvchi shakllari bilan og‘rigan o‘quvchilar esa, yilning sovuq faslida isitish manbayiga yaqin partalarga o‘tqazilishlari tavsiya etiladi.
Shuni eslatish lozimki, ba`zi o‘qituvchilar (guruh rahbarlari), o‘quv yilining boshlanishida o‘quvchilarni partalarga o‘tqazishda, yuqorida aytilgan qoidalarga amal qilmaydilar.Ular a`lochi va faol o‘quvchilarni oldingi qatordagi partalarga o‘tqazadilar.Bolalarning bo‘y uzunligi, ko‘rish va eshitish qobiliyatlarini inobatga olmaydilar.Bunga chek qo`yilishi kerak.
O‘quv yilining har choragida deraza yonida va guruhning ichki devori yonida o‘tirgan o‘quvchilarning joylari bir-birlari bilan almashtirilishi kerak. Aks holda guruhning ichki devori yonida o`tirgan bolalarning ko`zi xiralashib qolishi mumkin.
Oquvchilarning partaga o‘tirish qoidalari. O‘quvchilar stol va stul (parta)da quyidagi gigiyenik qoidalarga amal qilgan holda o‘tirishlari tavsiya etiladi;
1.O‘quvchi gavdasini tik tutgan holda, boshini biroz oldinga egib, o‘tiradi. Uning ikkala yelkasi bir tekislikda bo‘lsin.
2.O‘quvchi ko‘kragi bilan stol qirrasi o‘rtasidagi masofa uning kafti kengligida bo‘lsin.
3.O‘quvchining beli stul suyanchig‘iga tegib (suyanib) tursin.
4.O‘quvchining oyoqlari tizza bo‘g‘imida to‘g‘ri burchak hosil qilib bukilishi va oyoqlarining pastki yuzasi yoppasiga polga tegib tursin.
5.O‘quvchi ko‘zi bilan daftar-kitob o‘rtasidagi masofa, uning 2 qarichiga teng bo‘lsin.Yuqori guruh o‘quvchilari va katta odamlar uchun bu masofa 40 smga teng, ya`ni ularning ham ikki qarichiga teng bo`ladi.

Download 110.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling