Bolalar sog’lom turmush tarzining fiziologik asoslari. Jismoniy mashqlar sog’lom turmush tarzining asosi sifatida
Download 110.5 Kb.
|
Bolalar sog’lom turmush tarzining fiziologik asoslari. Jismoniy mashqlar sog’lom turmush tarzining asosi sifatida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Harakat - sog’lom turmush tarzining asosiy omili. Bola-talabalarni jismoniy tarbiya mashg’ulotida sog`liq guruhlariga ajratish.
- Maktabgacha ta’lim tashkiloti yer maydoni va binosi gigiyenasi .
Bolalar sog’lom turmush tarzining fiziologik asoslari. Jismoniy mashqlar sog’lom turmush tarzining asosi sifatida Reja: Maktabgacha ta’lim tashkilotining yer maydoni, guruh xonasi, jismoniy tarbiya va sport zonasi, sport zali, guruh xonasi, o`quv stol-stullariga gigiyenik talab, bolalarni stol-stuldda o`tirish qoidalari, kun tartibi, haftalik mashg’ulot jadvalini tuzishga gigiyenik talablar. Harakat - sog’lom turmush tarzining asosiy omili. Bola-talabalarni jismoniy tarbiya mashg’ulotida sog`liq guruhlariga ajratish. Bolalarni yoshiga qarab sport turlarini tavsiya etish. Bolalarni tana tuzilishiga qarab sport turlarini tavsiya etish. Maktabgacha ta’lim tashkiloti yer maydoni va binosi gigiyenasi. Gigieyna talablariga ko‘ra Maktabgacha ta’lim tashkiloti, katta savdo inshoatlari, kinoteatr, katta transport qatnovi bo‘lgan ko‘cha, zavod, fabrika, ferma, garaj, bozor kabilarning yaqiniga joylashmasligi kerak. Bu qoidalarga amal qilish Maktabgacha ta’lim tashkilotini shovqindan, ortiqcha ifloslanishdan, bolalar o`rtasida yuqumli kasalliklarning tarqalishidan, transport harakati yo`lidan shikastlanishlardan ma`lum darajada himoya qiladi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti yer maydoni 1,5-3,0 gektargacha bo‘lishi maqsadga muvofiq. Maktabgacha ta’lim tashkilotining yer maydoni shartli ravishda quyidagi 6 ta zonalarga bo‘linadi: 1.Maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi joylashgan zona. Bu yerning tuprog‘i quruq, u atrofdagi maydonlarga nisbatan biroz balandroq bo‘lishi kerak. Bu yomg‘ir, qor suvlarini atrof maydonlarga oqib ketishiga, binoning zaxlamasligiga imkon beradi. 2.Dam olish zonasi – Maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi yonida joylashadi. Bu zonaga o‘rindiqlar, suv ichadigan idishlar o‘rnatiladi. 3.O‘quv-tajriba zonasi -Maktabgacha ta’lim tashkiloti binosidan chetroqda ko‘kalamlashtirilgan joy bo‘lib, unda geografiya, botanika, zoologiya, fizika kabi fanlarning burchaklari tashkil etiladi. 4.Jismoniy tarbiya va sport zonasi – Maktabgacha ta’lim tashkiloti yer maydonining markaziy qismida joylashgan bo‘lib, o‘rtasida futbol maydoni, atrofida yugirish yo‘lagi, uning chekkasida voleybol, basketbol, tennis va boshqa sport maydonchalari joylashadi. Sport turlarining maydoni sathi quyidagicha:
5.Xo‘jalik zonasi – Maktabgacha ta’lim tashkiloti binosidan kamida 25-30 metr chetroqda bo‘lib, unda xojatxona, o‘tin-ko‘mir, omborxona, transport vositalari joylashadi.U pastroq devor va darvoza bilan chegaralangan bo‘ladi. 6.Himoya zonasi - bu Maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi bilan ko‘cha o‘rtasidagi kengligi 20-30 metr maydon bo‘lib, unga chinor, terak kabi baland o‘sadigan daraxtlar ekiladi. Daraxtlar Maktabgacha ta’lim tashkiloti binosini shamoldan, o`ta o`tkir quyosh nuridan, ko‘cha shovqini va changdan to‘sib turadi. Daraxtlar ekiladigan maydon cheti bilan Maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi o‘rtasida 6-8 metr oraliq bo‘lishi kerak. Bu daraxtlar sug‘orilganda bino poydevorini zahlashdan saqlaydi. Guruh xonasi gigiyenasi. Ko`p qavatli Maktabgacha ta’lim tashkiloti binosida boshlang`ich guruhlar pastki qavatda joylashtiriladi. Guruh xonasining pol sathi 50 m² bo‘lishi tavsiya etiladi.Odatda boshlang‘ich va o‘rta guruhlarda 40 o‘quvchi o‘qiydi.Demak, har bir o‘quvchiga 1,25 m², yuqori guruhlarda bir guruhda 36 o‘quvchi o‘qiydi, ya`ni har bir o‘quvchiga -1,40 m² pol sathi to‘g‘ri keladi. Guruh xonasining uzunligi 8,2 metrdan oshmasligi kerak, bundan uzun bo‘lsa keyingi partalarda o‘tirgan o‘quvchilar doskadagi yozuvlarni yaxshi ko‘ra olmaydi. Guruh xonasining kengligi 6,2 metrdan oshmasligi kerak, aks holda derazalarning qarama-qarshi tomonidagi partalarga yorig‘lik kam tushadi va bu partalarda yil davomida o‘tirgan o‘quvchilarning ko‘zi xiralashib qolishiga sabab bo‘ladi. Guruh xonasida harorat +18-20 daraja, nisbiy namlik 40-60% bo‘lishi kerak. Guruh havosi tarkibi xuddi atmosfera havosidek toza bo‘lishi tavsiya etiladi. Havo tarkibidagi karbonat angidrid miqdori 0,04-0,07% dan oshmasin. U 0,1 % dan ko‘payib ketsa, bosh miya nerv hujayralarining faoliyati pasayib, o‘quvchilarda bezovtalanish, mashg’ulotga nisbatan e`tiborsizlik, esnash, mudrash, o‘zlashtirishning pasayishi kabi charchash belgilari yuzaga keladi. Mashg’ulot paytida o‘quvchilarning o‘zlashtirishi yaxshi bo‘lishini ta`minlash uchun guruh xonasining havosini yangilab turish zarur.Buning uchun ob-havoning sovuq kunlari, har bir mashg’ulot paytida deraza darchasi 2 marta 1-2 minutdan ochilib, havo yangilanadi.Ob-havo issiq kunlarida esa deraza darchasi doim ochib qo‘yiladi.Tanaffus paytida navbatchi o‘quvchidan boshqalar tashqariga chiqishlari, eshik-derazalar ochib qo‘yilishi talab etiladi. Download 110.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling