Bolalar sporti asoslari
Jismoniy sifatlarni tarbiyalash
Download 1.74 Mb.
|
Bolalar sporti asoslari
Jismoniy sifatlarni tarbiyalash
Boshlang’ich sport ixtisoslashuv bosqichida sportning turli xillari harakatchan va sport o’yinlari bilan bir qatorda maxsus tayyorlov mashqlarining komplekslari qo’llaniladi, ular jismoniy sifatlarni rivojlanishiga ko’maklashadi va sportning tanlangan turida muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Tezkorlikni tarbiyalash maqsadida mashg’ulotning kompleks uslubi qo’llaniladi, u o’z ichiga harakatchan va sport o’yinlari, o’yin mashqlari hamda maxsus tayyorlov mashqlar komplekslarini kiritadi, bularning barchasi sportning tanlangan turida ixtisoslashuv uchun muhim rolni o’ynaydigan jismoniy sifatlarni tarbiyalashga qaratilgan bo’ladi. Tezkorlikni tarbiyalashga ko’maklashuvchi maxsus tayyorlov mashqlarning kompleksidan birini keltiramiz: oyoqni yuqori ko’targan holda yugurish (sur’at- o’rta yoki yuqori) – 10-25 marotabadan 10 takrorlash; turli start holatlaridan yugurish; oyoqni orqa va yonga qo’yib turgan holda startdan chiqish; ilingan koptokga tekkandan so’ng yugurish, yonmachoq qadamlar bilan yugurish, qadamlarni kesishgan holda tashlab yugurish, tanani doiraga qarab engashtirib kichik doira bo’yicha yugurish (1-rasm). 1-rasm. Tezkorlik sifatini rivojlantiruvchi maxsus tayyorgarlik mashqlar majmuasi Yuqorida qayd etilganidek, harakatlar ko’nikmasini tarbiyalash uchun harakatchan va sport o’yinlar katta ahamiyatga ega. Boshlang’ich sport ixtisoslashuvi bosqichida katta e’tibor yosh sportchilarning tezkor-kuch sifatlarining rivojiga qaratiladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda tezkor-kuch sifatlarining namoyon bo’lishi asosan, muayyan harakat ko’nikmada amalga oshirish qobiliyatiga hamda vaqtning kichik davrida mushak kuchini maksimal namoyon qilish qobiliyatiga bog’liqdir. Yoshi o’tgan sari tezkor-kuch mashqlarini bajarishda harakatlarning asab, mushak koordinatsiyasi takomillashadi, bu esa bolalar va o’spirinlar tomonidan tezkor-kuch sifatlarini samarali namoyon bo’lishini shartlab beradi. Kichik maktab yoshidagi sportchilar nisbiy mushak kuchining yuqori ko’rsatkichlariga ega bo’lib, ularni tezkor-kuch xarakteridagi mashqlarni bajarish jarayonida to’liq amalga oshirishga qodir emasdir. Boshlang’ich sport ixtisoslashuvi bosqichida tezkor-kuch tayyorgarligining quyidagi vosita va uslublari ishlab chiqilgan: mashqlar, sportchilarning tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan yugurish tayyorgarligi, yugurish texnikasini yaxshilash va uning tezligini oshirish, tezkor-kuch xarakteridagi mashqlar (sakrash tayyorgarligi). 2-rasm. O’smir sportchilarni kuch va tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirish uchun birinchi mashqlar majmuasi Yosh sportchilarda tezkor-kuch sifatlarni tarbiyalash uchun mashg’ulotning quyidagi uslublari qo’llaniladi: tezkor-kuch mashqlarini og’irliksiz va kichik og’irlik bilan takroriy bajarish uslubi, mushaklar ishining aralash rejimi (auksotonik)da bajariladigan mashqlar uslubi. 2-3 rasmlarda yosh sportchilarning tezkor-kuch va kuch sifatlarini tarbiyalashga mo’ljallangan mashqlar kompleksi taqdim etilgan. Tezkorlikni tarbiyalash maqsadida mashg’ulotning kompleks uslubi qo’llaniladi: u o’z ichiga harakatchan va sport o’yinlari, o’yin mashqlari hamda maxsus tayyorgarlik mashqlarini kompleksini kiritadi, bularning barchasi sportning tanlangan turida ixtisoslashuvda muhim rolni o’ynovchi jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan. 3-rasm. O’smir sportchilarni kuch va tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirish uchun ikkinchi mashqlar majmuasi Bolalik va o’spirinlik yoshida egiluvchanlikni tarbiyalash uchun qulay asoslar mavjud. egiluvchanlikni tarbiyalash uchun tipik mashqlar bu cho’zilishga mashqlardir, ular mazkur mashqda imkoniyatli chegaraga qadar harakatlar amplitudasini asta-sekin oshishi bilan tavsiflanadi. Cho’zilish uchun mo’ljallangan mashqlar odatda, asosiy yoki yordamchi gimnastikaga oid bo’lgan elementar harakatlar bo’lib, ular mushaklar va bo’g’imlarning u yoki bu guruhlariga tanlangan holda ta’sir o’tkazadi. Egiluvchanlikni rivojlantirish uchun mashqlar snaryadlarsiz, gimnastik devorda, boshqa snaryadlarda, to’plar, gontellar bilan birgalikda bajarilishi mumkin. Mazkur mashqlarda amplitudani o’z say’-harakatlar bilan qo’llarning harakati, qo’l yoki oyoqlar harakati hisobiga ham amalga oshirish mumkin hamda juft mashqlarni bajarishda qo’shimcha say’-harakatlar yordamida (tashqi kuchlarni qo’llagan holda) amalga oshirish mumkin. Egiluvchanlikni tarbiyalash uchun xilma-xil harakatchan va sport o’yinlari, harakatning katta amplitudasi bilan bajariladigan mashqlar, bo’g’im va mushaklarni mustahkamlashga qaratilgan mashqlar bilan uyg’unlikda egiluvchanlikka rivojlantirish uchun mashqlar qo’llaniladi. Egiluvchanlikka bo’lgan mashqlarni bajarish sur’ati ularning xarakteri va maqsadli yo’naltirilganligiga hamda shug’ullanayotganlarning tayyorgarlik darajasiga bog’liq tarzda belgilanadi. Egiluvchanlikni tarbiyalashning asosiy uslubi mashqlarni takroriy bajarishdir. egiluvchanlikka mashqlarning ko’p karrali takrorlashdan (10-15 marta) so’nggina harakat amplitudasining oshishiga erishish mumkin. Egiluvchanlikni tarbiyalashdagi eng katta samara mashg’ulotlar har kuni yoki kuniga 2 marotaba o’tkazilganda erishiladi. Bundan tashqari, bola va o’spirinlar mazkur mashqlarni ertalabki gimnastika paytida mustaqil bajarishlari lozim. Chidamlilikni tarbiyalash hamma tomonlama jismoniy tayyorgarlikning muhim tarkibiy qismi. Pedagogik va shifokor fiziologik tadqiqotlarning ma’lumotlari yosh sportchilarning mashg’ulotida chidamlilikka mashg’ulot vosita va uslublarini ratsional qo’llash, yuklamalarni batafsil belgilash yo’li bilan yosh sportchilarni mashg’ulotida chidamlilikka bo’lgan jismoniy mashqlarni qo’llashni maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi. Mashg’ulotning vosita va uslublarining noto’g’ri qo’llanilganda va yuklama tezkor oshirilganda bolalarning organizmi uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Umumiy chidamlilikni tarbiyalashning samarali vositalariga quyidagilar kiradi: uzoq muddatli yugurish va intensivlikning turli darajali krosslar, harakatchan va sport o’yinlari, chang’ida yurish, konkida uchish, velosipedlarda yurish va uchish. O’smirlarda umumiy chidamlilikni tarbiyalashning asosiy vositalari quyidagilardir: bir xil teng uslub mashg’ulotning o’zgaruvchan uslubining xilma-xil variantlari, o’yin uslubi, mashg’ulotning doira uslubi. Chidamlilikni tarbiyalashning uslublaridan biron-birini afzal ko’rish noto’g’ri. Mazkur uslublarni mashg’ulotning yillik siklining turli davrlarida optimal uyg’unligini qo’llash lozim. Chidamlilikni tarbiyalash bilan bog’liq bo’lgan mashg’ulot yuklamalarini batafsil holda o’rganib chiqib, me’yorda qo’llash lozim. Quyida yengil atletika bilan 11-12 yoshdan shug’ullanishni boshlagan sportchilar uchun yugurish xarakteridagi chidamlilikka qaratilgan imkoniyatli mashg’ulot yuklamalarining miqdorini keltiramiz (23-jadval). 23-jadval Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling