Bolalar sporti asoslari


Umumiy taktik tayyorgarlik


Download 1.74 Mb.
bet60/109
Sana14.12.2022
Hajmi1.74 Mb.
#1003745
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   109
Bog'liq
Bolalar sporti asoslari

Umumiy taktik tayyorgarlik – bu tanlangan sport turining taktika asoslari, hamkor va raqiblar bilan taktik o’zaro harakat qoidalarini o’zlashtirish, sport musobaqalari va chiqishlarning shart-sharoitlari bilan tanishish va h.k.
Maxsus taktik tayyorgarlik bu taktik uslublari, ularning variantlari va kombinatsiyalarini amalda o’zlashtirish hamda taktik tafakkurni tarbiyalash.
Taktika asoslarini o’zlashtirish maqsadida yosh sportchi taktikaning umumiy holatlarini, sport musobaqa xususiyatlarini, tanlangan sport turida taktik kurashni olib borish uslub, vositalarini o’rganadi. Taktika sohasidagi bilimlar maxsus adabiyotni o’rganish, ma’ruzalarni tinglash, suhbatlar paytida hamda musobaqadagi kuzatuvlar asosida o’rganiladi.
Taktik uslublarni va ularning kombinatsiya hamda variantalrini o’zlashtirish quyidagi asosiy unsurlarni qo’llashni nazarda tutadi: taktik unsurlar va harakatlarga qismma-qism va bog’langan holda o’qitish, unsur va umuman, harakatga o’qitish, taktik harakat variantlarini ishlab chiqish, musobaqa oldidan taktik vazifalarni hal qilish.
Taktik tafakkurni shakllantirish o’zlashtirilgan bilim va tajribani qo’llashga, e’tibor bilan kuzatish qobiliyatiga, sport kurashi vaziyatini tez idrok qilish, baholash hamda kerakli qarorlarni o’z vaqtida qabul qilish qobiliyatiga asoslangandir.
Sportchi o’quv mashg’ulot mashqlari, nazorat musobaqalari va rasmiy musobaqalarda taktikaga ega bo’ladi. Taktikaga o’rgatishning asosiy vazifasi – oldindan belgilangan reja asosida mashq yoki harakatlarni takroriy bajarish (masalan, tezlikni belgilangan holda yugurish). Sport taktikasiga o’qitish odatda, bir paytning o’zida jismoniy hislatlarni rivojlantirish bilan bog’liqdir. Aksariyat hollarda yosh sportchi o’zi o’ylagan taktik kombinatsiyani amalda oshirishga harakat qilishidan oldin u taxmin qilgan taktikani bo’lg’usi musobaqalarda qo’llash uchun o’z funksional imkoniyatlarini oshirishi lozim.
Sportchining texnik tayyorgarligi bu tanlangan sport turida harakatlar texnikasini o’rganish va shu sohada takomillashuv jarayoni bo’lib, u o’z ichiga mashq-mashg’ulotlar vaqtida bajariladigan umumrivojlanadigan va maxsus mashqlarning keng qatlamini oladi. Sportda yuqori natijalarni qo’lga kiritish muayyan sport turiga xos bo’lgan mashqlarni ratsional va samarali bajarish orqali texnikani mukammal egallash bilan bevosita bog’liqdir. Bu o’rinda N.G.Ozolin (2002) ratsional texnika faqatgina to’g’ri asoslangan harakat shakligina bo’lib qolmay, shuningdek muhim iroda hamda mushaklar tirishqoqligi, harakatlarni tez bajarish, mushaklarni vaqtida bo’shashtirishni bilish hamdir, deb ta’kidlagan.
Sport texnikasining mazmun va ahamiyati sportning har xil turlarida muhim farqlanishlarga egadir. Mazkur farqlanishlar harakatlanish faoliyatining o’ziga xosliklari va sport natijalarini baholash usullari bilan izohlanadi.
Yosh sportchilarda harakatlanish mahorati va ko’nikmasining shakllanishi, shuningdek maxsus bilimlarga ega bo’lish bilan bog’liq texnik tayyorgarlik ancha uzoq muddatli va murakkab jarayon hisoblanadi. Harakatlanish ko’nikmalarining tarkib topishi harakatlanishga o’qitishning alohida uchta mustaqil bosqichlarining mavjud bo’lishini taqozo etadi: boshlang’ich o’rganish, chuqurlashtirilgan va detallashtirilgan o’rganish, harakatlanish faoliyatini mustahkamlash va yanada takomillashtirish (Moiseev N.M., 1999, 2003).
Mashg’ulotning birinchi bosqichida harakatlanish faoliyatining texnik asoslari o’rganiladi hamda uni “qo’pol” shaklda bajarishni o’rganish shakllantiriladi. Bu bosqich, odatda, uncha uzoqqa cho’zilmaydi va o’qitishning optimal uslubida yosh yosh sportchilar shug’ullanuvchilarning jismoniy imkoniyatlari nuqtai nazaridan maqbul bo’lgan harakatlanish texnikasi asoslarini muvaffaqiyatli o’zlashtiradilar. Shu bilan birga, malaka shakllanishining boshlang’ich fazasi bolalar va o’smirlarda katta yoshdagi kishilarga qaraganda sekinroq kechadi, chunki yosh sportchilarda harakatlanish tajribasining etishmasligi va harakatlanish tasavvurini tahlil qilish va sintezlash qobiliyatining kam rivojlanganligi ularga o’rganilayotgan harakatlar texnika asoslarini tezda egallash va ularni umumiy tartibda bajarishni o’rganishga imkon bermaydi. Bundan tashqari, boshlang’ich o’quv bosqichining davomiyligi ko’p jihatdan o’rganilayotgan mashqning tuzilmasiga, uning koordinatsion murakkabligiga, ritmli sur’atiga, amplitudasiga bog’liqdir. Harakatlanish texnikasini o’rganishning boshlang’ich davrida usullarning anchagina ko’p usul va uslublari, shu jumladan mashqlarni ko’rgazmali ko’rsatish, alohida qoidalarni qayd etish, tezkor aks axborot, o’rganilayotgan mashqlarni ko’p marotaba takrorlash qo’llaniladi.

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling