Bolalar sporti asoslari
Sport texnikasini o’rgatish va uni takomiltirishning taxminiy tuzilish jarayoni
Download 1.74 Mb.
|
Bolalar sporti asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’rganishning chuqurlashtirilgan bosqichi Mustaxkamlash va keyinchalik takomillashtirish bosqichi
Sport texnikasini o’rgatish va uni takomiltirishning taxminiy tuzilish jarayoni
Yosh sportchilar bilan mashg’ulotda sport texnikasiga o’rgatish va unda barkamolikka erishishning quyidagi uslublari qo’llaniladi: so’z orqali, mashqlarning ko’rgazmaliligi, o’qitishning texnik vositalarini qo’llashning ideomotor uslubi, harakatar parametrlari haqidagi tezkor axborot, musobaqa uslubi. So’z uslubiga tushuntirish, gapirib berish va suhbat mansubdir. Tushuntirish - bu o’quvchi uchun harakatni bajarish texnikasini izchil tarzda o’quv uchun tushunarli bo’lgan holatda bayon etish, bunda bajarilishi lozim bo’lgan qonun va qoidalari ham keltiriladi. Tushuntirish aniq, qisqa va tushunarli bo’lishi lozim. Sport texnikasiga muvaffaqiyatli ega bo’lishning muhim sharti bu yosh sportchi tomonidan bajarilayotgan mashqning nafaqat shaklini, balki uning mazmunini ham chuqur anglanishi, unga xos bo’lgan unsurlarni maqsadga muvofiqligini tushunishi hamdir. Gapirib berish (hikoya) – bu dalil yoki hodisalarni ketma-ket bayonidir. Yosh sportchilar bilan mashg’ulotlarda hikoya yangi o’yin bilan tanishishda, sport hayoti va musobaqalarning dalillari bilan tanishishda keng qo’llaniladi. Suhbat bu o’qitishning savol-javob shakli bo’lib, tushuntirish yoki hikoya bilan uyg’unlikda qo’llaniladi. Yosh sportchilar bilan suhbatlar odatda, yangi bilimlarni o’zlashtirishga va ularni o’zlashtirish jarayonini tekshirishga qaratilgan. Ko’rgazmalilik uslubi mashg’ulotlarning tabiiy sharoitlarida harakatni ko’rsatishni yoki kinolavha va plakatni ko’rsatishni nazarda tutadi. Dastlab murabbiy yoki sportchi mashqni umumiy sharoitlarda namoyon qiladi va bu o’zining chiqishini tushuntirish bilan birgalikda namoyon etadi. Mashqlar uslubi uchun ma’lum harakatlarni ularni bajarish uslublarini o’zlashtirish va takomillashtirish maqsadida tashkillashtirilgan holda takrorlash xosdir. Harakatni yaxlitlikda o’rganish engillashgan sharoitlarda harakatlarni bajarishda yaxlit harakat ko’nikmasini shakllantirishga imkoniyat beradi. Bu soddalashtirilgan ko’rinishda amalga oshiriladi, ammo bunda o’rganilayotgan harakatning to’g’ri asosiga albatta, rioya qilish lozim. Alohida texnik usullarni ko’p marotaba takrorlash yosh sportchilarni o’qitish jarayonini ahamiyatli darajada tezlashtiradi. Sodda harakatga o’qitishda uni tez-tez takrorlash lozim, bunda ayniqsa, texnikaning yangi unsurlariga e’tibor qaratish lozim. Shug’ullanayotgandan katta mushak say’-harakat va asab toliqishini talab qilgan murakkab harakatlarni tez-tez qaytarish mumkin emas. Harakatni umuman olganda, o’rganish eng murakkab sport mashqlarni texnikasiga o’qitish uchun qo’llaniladi. Buning uchun murakkab mashq texnikasi mohiyati o’zgarmay qoladigan holda soddalashtiradi, keyin yosh sportchi o’rganilayotgan harakatni muvofiq unsurini to’g’ri bajarishga o’rganadi. Harakatning alohida unsurlari etarli darajada mustahkam o’zlashtirilgandan so’ng ularni harakatlar bilan bog’laydilar. endi yosh sportchi yaxlit harakatni yana takroran bajaradi, ammo bunda harakatni o’zlashtirgan unsurlarini to’g’ri bajarishga e’tiborini qaratadi. Qismlar bo’yicha harakatni o’rganish yaxlit harakatning alohida qismlarini o’zlashtirish, xatolarni to’g’rilash, takomillashtirish va mustahkamlash uchun qo’llaniladi. Mashq qismlari o’zlashtirilgandan so’ng, ularni ketma-ket izchil tarzda umumiy tuzilmaga birlashtiradilar va unda asosiy uslub, yaxlit uslub bo’lib qoladi. Yaxlit harakatni qismlarga bo’lish aksariyat hollarda dastlab ajratilgan qismlarni noto’g’ri tushunishga olib keladi, chunki ularni birlashtiruvchi aloqalar uziladi. Shu sababli o’rganilayotgan harakatni shunday tarzda bo’lish kerakki, bunda nisbatan mustaqil qismlar ajralishi lozim, ularga nisbatan esa harakat natijalariga qaratilgan harakat masalalari ishlab chiqilgan mumkin bo’lishi lozim. Bunda soddadan murakkabga, ma’lumdan noma’lumga izchil o’tish nazarda tutiladi. sport texnikasini takomillashtirish harakatlarni qayta o’rganmasdan, o’tishni ta’minlash maqsadga muvofiqdir. Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling