Bolalar sporti asoslari
sport maktablariga tanlash tizimining tashkiliy asoslari
Download 1.74 Mb.
|
Bolalar sporti asoslari
sport maktablariga tanlash tizimining tashkiliy asoslari
Yosh sportchi tanlangan harakat faoliyatida muvaffaqiyatli namoyon etish uchun zaruriy bo`lgan barcha sifatga ega bo`lishi lozim, faqatgina shu holatda uni oliy sport mahorati shakllanish jarayonida keyingi tartibini ta’minlash mumkin. Respublikamiz va xorijiy tadqiqotlar jarayonida to`plangan ma’lumotlar individning morfofunktsional xususiyatlari, harakat va ruhiy funktsiyasini tavsiflovchi alohida ko`rsatkichlar, uning sport jihatidan moslik, muvofiqligi darajasini oldindan bashoratini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega. Tanlash va sport turlariga yo`naltirishning ratsional tizimi bolalar va o`spirinlarni iste’dod va qobiliyatlarini o`z vaqtida aniqlash, ularning potentsial imkoniyatlarini to`liq ochib berish uchun sharoitlarni yaratish, ruhiy va jismoniy barkamollikka erishish imkoniyatini beradi va bu asosda sport mahoratining oliy cho`qqilariga ega bo`lish sharoitini yaratadi. Yosh sportchi individual qobiliyatlarini ob’ektiv baholash, bola, o`spirin, yosh yigit-qizlarni kompleksi tadqiq etish yo`li bilan berilishi mumkin. Sport maktablariga bola va o`spirinlarni tanlash jarayonida ularning jismoniy va sport texnik tayyorgarligining nafaqat dastlabki darajasi, balki jismoniy hislatlarning rivojlanish hamda sport texnik mahoratini shakllantirish sur’atlari ham hisobga olinishi lozim. Yosh sportchilarni tanlash muammosi kompleksli tarzda tadqiqotning pedagogik, tibbiy-biologik, psixologik, sotsologik uslublar asosida hal qilingan. Tadqiqotning pedagogik uslublari jismoniy hislatlar, koordinatsion qobiliyatlar hamda sport texnik mahorati darajasini baholash imkoniyatini berdi. Tibbiy-biologik uslublar asosida sportchi organizmining morfofunktsional xususiyatlari, organizmining analizator tizimining holati, jismoniy rivojlanish darajasi aniqlangan. Tadqiqotning ruhiy uslubida sport kurashi davomida individual va jamoa vazifalarni hal etishga ta’sir etuvchi sportchi ruhiyatining xususiyatlari o`rganildi hamda jamoa oldida qo`yilgan vazifalarni hal qilishda sportchilarning ruhiy bir-biriga mos kelishi aniqlandi. Bundan tashqari, bola va o`spirinlarni tanlash bo`yicha sport maktablari murabbiylarining ish tajribasi umumlashtirildi va maktab yoshidagi bolalar va yosh sportchilarning ommaviy tekshiruvlari amalga oshirildi. Sotsiologik tadqiqotlar asosida sportning u yoki bu turi bilan shug’ullanishga bola va o`spirinlarning bo`lgan qiziqishi aniqlanadi, bundan tashqari, mazkur qiziqishlarni shakllantirishning samarali vosita va uslublari, maktab yoshidagi bolalar orasida munosib tushuntirish. Tashviqot-targ’ibot ishi shakllari aniqlanadi. Ko`p sonli tadqiqotlarning natijalarining tahlili va natijaviy umumlashtiruvi tanlov va sport turlariga yo`naltirish nazariya va uslubiyatining asosiy qonunlarini shakllantirish imkonini beradi. Saralash - bu komleks xarakterdagi tashkiliy-uslubiy tadbirlar uslubi bo`lib, o`z ichiga tadqiqotning pedagogik, sotsiologik, ruhiy va tibbiy-biologik uslublarini kiritadi, ular asosida bola, o`spirin va yoshlarni sportning ma’lum turida ixtisoslashuvi uchun qobiliyat va iste’dodlari aniqlanadi. Tanlovning asosiy vazifasi iste’dod va qobiliyatlarni hamma tomonlama o`rganish asosida aniqlash va sportning u yoki bu turiga qo`yiladigan talablarga eng yuqori darajada muvofiqni belgilab berishdir. Ba’zi mutaxassislar tanlov atamasi o`rniga “sportga layoqatlilik” atamasidan foydalanadilar. Bu atama sportning tanlangan turida muvaffaqiyatli ixtisoslashuv uchun muhim ahamiyatga ega bo`lgan individning qobiliyat va iste’dodlarini aniqlashning vosita va uslublarining tizimi sifatida tavsiflanadi. Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling