Bolalar sporti asoslari
Tanlovning ikkinchi bosqichi –
Download 1.74 Mb.
|
Bolalar sporti asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sport maktabiga saralashda mezonlar
Tanlovning ikkinchi bosqichi – dastlab tanlangan kontinentni tanlangan sport turida muvaffaqiyatli ixtisoslashuviga muvofiqligini chuqurlashtirilgan tekshiruvi, bu birlamchi o`qitish jarayonida amalga oshiriladi. 3-6 oy mobaynida shug’ullanayotganlarning imkoniyatini chuqur o`rganib va ularning eng qobiliyatli va iste’dodlaridan o`quv guruhlarini shakllantirish lozim. Tanlovning ikkinchi bosqichi yakun topgandan so`ng, sport maktabi direktori raisi ostidagi komissiya, ota-onalar arizalari, kirayotganlarning shaxsiy ishlarini o`rganib chiqib, sport maktabiga qabul ilish haqidagi masalani hal qiladi. Musobaqa natijalari, nazorat sinovlari, murabbiyning tavsifi va shifokorning xulosasi bola va o`spirinlarni sport maktabiga hal qilish haqidagi masalani hal qilishda asosiy bo`lishi lozim. Tanlovning bunday tizimi yaxshi sport qobiliyat va iste’dodiga ega bo`lib, tanlovning 2 bosqichidan o`ta olmagan bolalarni ham qabul sinovida ishtirokini istisno qilmasligi lozim.
Tanlovning uchinchi bosqichining vazifasi – sport maktabi o`quvchining har biri ko`p yillik tizimli o`rganishdir, buning maqsadi bu o`quvchini individual sport ixtisoslashuvini yakuniy aniqlashdir. Yosh sportchini uzoq muddatli va batafsil o`rganish jarayoni, uni sport qobiliyatlarini eng yaxshi tarzda belgilash imkoniyatini berib, u uchun muvofiq bo`lgan sport turini tanlash imkoniyatini beradi. mazkur bosqichda pedagogik kuzatuvlar, nazorat sinovlar, tibbiy-biologik va ruhiy tadqiqotlar amalga oshiriladi, ularning maqsadi shug’ullanayotganlarning tayyorgarligini kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlashdir. Bu davrda shug’ullanayotganning ratsional tarzda o`ziga mos bo`lgan sport turini tanlash haqidagi masala hal qilinadi. Sport maktabiga saralashda mezonlar Sportning har biri sportchining jismoniy tayyorgarligi va qobiliyatiga alohida o`ziga xos talablar qo`yadi. 43-jadvalda sport maktablariga bola va o`spirinlarni tanlash jarayonida hisobga olinishi kerak bo`lgan va shug’ullanayotganlarga qo`yiladigan talablar hisobga olingan. Antopometrik tadqiqotlar jarayonida sport maktabiga sportning mazkur turi uchun mashhur vakillariga xos bo`lgan morfologik turga qay darajada nomzodlar muvofiqligini aniqlash lozim. Sport amaliyotida sportchilarning morfologik turi (bo`yi, vazni, tana tipi va h.k.)lar haqida ma’lum tasavvurlar shakllangan. Masalan, basketbol, engil atletika, akademik eshkak eshishda yuqori bo`y muhimdir, marafon yugurishda, chang’i sportida bo`y muhim ahamiyatga ega emas. Tibbiy-biologik tadqiqotlar asosida maktab o`quvchilarning sog’lig’i, jismoniy tayyorgarligi haqida ma’lumotlarga baho beriladi. Sport bilan shug’ullanishga qarshi ko`rsatmalarga ega bolalar va o`spirinlar aniqlanadi. Alohida e’tibor maktab yoshidagi bolalarda katta mashg’ulot yuklamalari bajarilgandan so`ng, tiklanish jarayonining davomiyligi va sifatiga qaratilishi lozim. SHifokor tadqiqotlari har bir muayyan holatda sport maktabida o`qish uchun zaruriy hislatlarga ega bo`lgan bola va o`spirinlar qanday davolash profilaktik tadbirlarga muhtoj ekanligini aniqlash uchun ham zarurdir. Bundan tashqari, sport maktabiga kirishda tibbiy ko`rik, keyingi tibbiy ko`riklar kabi yosh sportchini tayyorlashning barcha bosqichlarida o`quv-mashg’ulot jarayonlari eng yuqori darajada individuallashuviga ko`maklashishi lozim. 43-jadval Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling