Bolalar sporti asoslari
Sportchilar organizmining yurak qon-tomir va nafas olish tizimini jismoniy yuklamaga moslashuvi va rivojlanish xususiyatlari
Download 1.74 Mb.
|
Bolalar sporti asoslari
Sportchilar organizmining yurak qon-tomir va nafas olish tizimini jismoniy yuklamaga moslashuvi va rivojlanish xususiyatlari
Sport rivojlanishining zamonaviy darajasi bilan organizmning funksional imkoniyatlariga qo’yiladigan yuqori talablar hozirda ishchanlikning nafaqat joriy darajasini aniqlashni, balki uni eng yaqin kelajakka bashorat qilish vazifasini ilgari suradi. Buning uchun qo’llanadigan tadqiqot uslubiyati organizmning funksional holatining eng ahamiyatli ko’rsatkichlarni belgilashdan iborat. Bu ko’rsatkichlar sport ishchanligiga ahamiyatli ta’sirni o’tkazadi yoxud ularni cheklab qo’yadi. Bunday ko’rsatkichlar bu yurak tomir va nafas olishning energetik tizimlari funksiyalarini barqaror intensifikatsiyaga layoqati, organizmni ichki muhit o’zgarishiga og’ir yuklangan mushak faoliyati sharoitida barqarorligi hamda kam intensiv ish bo’lganida funktsiyalarni tejash darajasidir. Bolalar organizmini tashqi muhitning o’zgarib borayotgan shart-sharoiti hamda jismoniy yuklanmalariga to’liq shakllangan fiziologik mexanizmlarga ega. Respublika va xorijiy olimlarning tadqiqotlarida maktab yoshidagi bolalarni uzoq muddatli kam intensiv ishga nisbatan moslashish imkoniyatlarini o’zgarishidagi eng muhim qonunlar belgilangan. Ular birinchi navbatda, nafas olish va qon aylanish apparatlarining takomillashuvi ham hujayra almashinuvidagi maxsus biokimyoviy o’zgarishlar bilan bog’liqdir. Mushak qisqarishi potensial energiyasining tiklanishi biokimyoviy reaksiyalar bilan bog’liqdir, ularda hal qiluvchi rol kislotali jarayonlarga tegishlidir. Kislorodga bo’lgan ehtiyojning oshishi qon aylanishuvi va nafasdagi o’zgarishlarga muvofiq kuzatiladi. Bularning barchasi kislorodni o’pkadan to’qimalarga kattaroq tezlikda yetkazib berish imkoniyatini beradi. Yuklangan mushak faoliyati nafas olish va qon aylanish tizimlari zaxiralariga yuqori talab qo’yadi, chunki yurak skelet mushaklaridan oldin ishchanlik chegarasiga etib borganligi sabab aynan uning funktsional imkoniyatlari chegaralari insonni katta quvvat talab qilgan ishga bo’lgan qobiliyatini belgilab beradi. Yurak ishlab chiqarish darajasi mushak ishi bilan bog’liq bo’lgan organizmning energetik ehtiyojlarini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Qon aylanish apparatining funksional holati yuqori darajada sport ishchanligini belgilab beradi. Yurak-qisqarish tizimi funksiyalari ko’rsatkichlari hamda ishchanlikning tashqi ko’rinishi ko’rsatkchilariga ko’ra, mashg’ulot qilganlikni baholash o’rtasidagi farq bu farqatgina ko’zga ko’ringan farqdir. Chunki yurakning ishlab chiqarish darajasi bo’yicha bu ishchanlik nima hisobiga erishilganini ko’rsatadi. Yurak faoliyati ko’rsatkichlaridan biri yurak qisqarishlarining chastotasidir (YuQS). Insonning rivojlanish jarayonida YuQS pasayadi. O’spirinlik yoshida katta yoshlilarning ko’rsatkichiga yaqin ko’rsatkichiga yaqin keladi. 7 yoshdan boshlab 1 daqiqada YuQS 85-90 zarbani tashkil qilsa, 14-15 yoshda 70-76 ga keladi. 16-17 yoshga kelib yurak urishi 1 daqiqaga pasayib 65-75 zarbani tashkil qiladi, ya’ni katta yoshdagi YuQSnidan deyarli farqlanmaydi. YuQSning yoshga nisbatan pasayishi aylanib turuvchi asabning tizimining tonusini ko’payishi bilan bog’liq. 7-11 yoshda simpatik asablarning yurakka ta’siri parasimpatiklardan ko’ra ko’proq ifodalangan. Keyingi yillarda nisbiy muvozanat o’rnatiladi. Maktab yoshidagi bolalarda nafas sikllari bilan bog`liq bo`lgan aritmiya kuzatiladi: aylanib yuruvchi asab markazlari tonusining ko’payishi nafas chiqarganda yurak siklini nafas olish boshigacha uzayishiga olib ketadi. Nafas olish aritmiyasi 3 yildan boshlab aniqlanadi va 6-8 yoshda aniq ifodalanadi. Bu fenomen aksariyat hollarda tinchlik-sokinlikda namoyon bo’ladi. Biroq, nafas olish 1 daqiqaga 30 siklgacha ko’payganida yo’q bo’ladi. Aksariyat bolalarda aritmiyaning mo`’tadil ifodalanganligi kuzatiladi. Keskin ifodalangan aritmiya 3 dan 14 yoshgacha bo’lgan bolalarda 12-13% holatlarda uchraydi. Ilk bolalik yoshligida namoyon bo’lgan sinus aritmiyasi yetuk yoshgacha saqlanib qoladi. Eng barqaror bo’lmagan ritm 10-11 yoshdagi bolalarda kuzatiladi (yurak siklining minimal davomiyligi maksimal davomiyligiga nisbatan 80,8% ni tashkil qiladi). 13-14 yoshda bu mutanosiblik 83,2%ga, 17 yoshga kelib esa, 85,6%ga teng bo’ladi. Sportchilarda sport bilan shug’ullanmaydigan odamlarga ko’ra ko’proq aritmiya uchraydi. Bunda aritmiya doim ham fiziologik xarakterga ega emas. Bir qator holatlarda sportchilarda patalogiya oldi shakllari ham uchraydi, ular keskin ifodalangan bradikardiya, seziluvchanlikning buzilishi, yurak mushagining yurgizish va avtomatizmi bilan bog’liqdir. YuQSni 1 daqiqada 40 zarbagacha va undan pastroq darajachaga pasayganida (sport bradikardiyasi varianti) ritm manbasini o’zgarish joyi kuzatilishi mumkin. Yosh sportchilarda ekstrasistologik aritmiya jismoniy zo’rlanish va distrofiyada yurak avtomatizmining buzilishi bilan vujudga kelishi mumkin. Aritmiyaning ifodalanganlik darajasi yosh o’tgani sari o’zgaradi. Maktabdan oldingi yoshdan boshlab, 14-15 yoshgacha yuqori darajada yurak aritmiyasi kuzatiladi. 15 yoshdan boshlab, qat’iy ifodalangan nafas aritmiyasi istisno sifatida uchraydi, uni o’rnini sinus aritmiyasi almashtiradi. YuQSni o’zgarishining yoshga oid xususiyatlari ham gemodinamik o’zgarishlarning tezligida ham mushak faoliyati paytida uning o’sish darajasida ifodalanadi. I.A.Arshavskiy (1986) fikriga ko’ra, katta yosh guruhdagi bolalar kichik guruhdagilarga nisbatan qon aylanishini tartibga soluvchi asab mexanizmlarining kattaroq potentsial labilligiga ega. Demak, mushak faoliyatida YuQSning eng yuqori chegarasiga erishish hamda uni dastlabki darajagacha tiklanishi ularda kichik yosh guruhlardan ko’ra tezroq kuzatiladi. Bu faoliyat yuritishning yangi darajasiga tez o’tish oqibatida bo’ladi. Mushak faoliyatining taqqoslanishi mumkin bo’lgan faoliyati bajarilishi sharoitida yosh o’tgani sari YuQSning pasayishi kuzatiladi. Agarda 13 yoshliklarda YuQS kislorodni maksimal iste’mol qilish natijasida 1 daqiqaga 205 zarbani tashkil qilsa, 14-15 yoshlilarda 200ni, 16-18 yoshlilarda esa 1 daqiqada 189 zarbaga etadi, Yetuk yoshdagi shaxslarda YuQSni eng yuqori o’zgarish imkoniyati pasayadi, katta yoshlardagidek kabi yosh sportchilarda ham YuQSni bajarilayotgan ishning quvvatligiga bog’liqligi kuzatiladi. Yosh sportchilardagi YuQSning eng yuqori ma’lumotlari haqidagi ma’lumotlar 1 daqiqaga ular 200 zarbadan yuqori bo’lishini ko’rsatdi. V.S.Farfel 11-16 yoshli sportchilarda joyida burib yugurgandan so’ng YuQSni o’lchaganida, 1 daqiqaga 240-252 zarba urganini qayd etdi. Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling