Bolalar sporti asoslari


Mavzu: Bolalar va o’smirlarning musobaqa tizimi


Download 1.74 Mb.
bet81/109
Sana14.12.2022
Hajmi1.74 Mb.
#1003745
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   109
Bog'liq
Bolalar sporti asoslari

Mavzu: Bolalar va o’smirlarning musobaqa tizimi


Reja

1. Musobaqalarni o`tkazish usullari


2. Musobaqa maqsadi va vazifalari
3. Musobaqa Nizomi
4. Turli yoshdagi bolalar uchun sport musobaqalarini tashkil qilish.


Musobaqa – bu o`quv-mashg’ulotlar jarayonining tarkibiy qismidir. Mashg’ulotlar jarayonida, odatda, sportchining yuqori sport natijalariga erishishiga yordam beradigan hamma sifatlarni yuksak darajada namoyon qilish uchun sharoitlar yaratish imqoniyati yo`q.
Musobaqalarda har bir sportchi o`z raqibini yengishga intiladi va bu intilish sportchidan butun kuchni safarbar etishni talab qiladi. Bu nafaqat insonning harakatlarni bajara olishiga qarab imqoniyatlarini namoyon qilishga imqon beradi, balki ularni shakllantirish vositasi bo`lib xizmat qiladi.
Musobaqalar quyidagi vazifalarni hal etishga yordam beradi:
- sport jamoasida o`quv-mashg’ulotlar ishi ahvolini aniqlash;
- kurashchilar tayyorgarligi darajasini aniqlash;
- u yoki bu tayyorgarlik bosqichida o`quv-mashg’ulotlar ishiga yakun yasash;
- kurashni targ’ib qilishga va shug’ullanuvchilar sonini oshirishga yordam berish.
Kurash musobaqalarini o`tkazish xususityaiga ko`ra ular quyidagicha bo`ladi:
a) shaxsiy;
b) jamoaviy;
c) shaxsiy-jamoaviy;
d) toifalash.
Shaxsiy musobaqalarda ishtirokchilarning har bir vazn toifasida egallagan o`rinlari aniqlanadi; jamoa musobaqalarida jamoalar o`rni aniqlanadi; shaxsiy-jamoa musobaqalarida bir vaqtda ishtirokchilar va jamoalarning egallagan o`rinlari aniqlanadi. Toifalash musobaqalari ishtirokchilarning egallagan o`rinlarini aniqlamasdan o`tkazilishi mumkin. Ishtirokchilar tomonidan ko`rsatilgan natijalar sport toifalariga muvofiq unvonlar hamda razryadlarni berishda yoki tasdiqlashda hisobga olinadi.
Musobaqalarni o`tkazish usuliga ko`ra ular quyidagi turlarga bo`linadi:
a) aylnama usul;
b) chetlatish bilan aylanma usul;
c) aralash usul.
Musobaqalar xususiyatlari ularni o`tkazish usullari musobaqalar nizomida belgilab berilgan.
Musobaqalar kalendar reja va musobaqa nizomiga muvofiq rejalashtiriladi hamda o`tkaziladi. Bu hujjatlarni musobaqa o`tkazayotgan tmashkilot tayyorlaydi va tasdiqlaydi. Ularni puxta ishlab chiqish va sport tashkilotlariga muddatidan oldin xabar qilish musobaqalarning muvaffaqiyatli o`tishiga yordam beradi. Musobaqalarning kalendar rejasi ularni o`tkazishga mas’ul bo`lgan tashkilot tomonidan tuziladi.
Kalendar reja kalendar yil uchun ishlab chiqiladi. Kalendar rejani tuzishda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim:
a) kalendar rejani ishlab chiqayotganda uni yuqori tashkilotlar tomonidan rejalashtirilgan musobaqalar muddatlari va dasturlariga asoslangan holda tuzish zarur;
b) musobaqalar soni va xususiyati o`z ahamiyatiga ko`ra shug’ulla-nuvchilarni mas’uliyatli musobaqalarga tayyorlashga yordam berishi lozim;
c) har xil turdagi musobaqalarni o`tkazish ko`zda tutiladi: tayyorgarlik, nazorat, saralash va asosiy.

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling