Bolalar sporti asoslari


Sport maktabiga kurash sport turidan bolalar va o’smirlarni saralashning test me’yorlari


Download 1.74 Mb.
bet78/109
Sana14.12.2022
Hajmi1.74 Mb.
#1003745
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   109
Bog'liq
Bolalar sporti asoslari

Sport maktabiga kurash sport turidan bolalar va o’smirlarni saralashning test me’yorlari
1. 12 yoshli o’smirlarni irodaviy va tezkor-kuch sifatlarini rivojlanish darajasini aniqlash uchun test me’yorlari



Nazorat mashglari

Natijalarni baxolash

Birlamchi

O’rgatish yilining so’ngida

Yuqori startdan 30 m. ga yugurish (s)

5,4 – a’lo
5,5 – yaxshi
5,6 – qoniqarli
5,8 - yomon

5,1 – a’lo
5,2 – yaxshi
5,3 – qoniqarli
5,5 - yomon

Joyida turib uzunlikka sakrash (sm)
Sport zalida yoki yugurish yo’lagida. Ikkita imkoniyat, a’lo natija uchun

160 – a’lo
155 – yaxshi
150 – qoniqarli
140 - yomon

180 – a’lo
175 – yaxshi
170 – qoniqarli
160 - yomon

Gimnastika devorini ushlagan holda oyoqlarni 900 burchak ushlab turish, xalqalarda (s)

4 – a’lo
3 – yaxshi
2 – qoniqarli
0 - yomon

7 – a’lo
5 – yaxshi
3 – qoniqarli
2 - yomon

Gimnastika o’rindig’iga oyoqlarni qo’ygan holda qo’llarni bukib yoyish, 60 sm balandlikdan (marta)

6 – a’lo
4 – yaxshi
2 – qoniqarli
0 - yomon

15 – a’lo
12 – yaxshi
8 – qoniqarli
4 - yomon

Turnik yoki xalqalarda tortilish (marta)

4 – a’lo
3 – yaxshi
2 – qoniqarli
1 - yomon

6 – a’lo
5 – yaxshi
4 – qoniqarli
2 - yomon

To’p uchun kurash (gilamda, tizzalarda turgan holda, murabbiyning signali bilan – to’pni qo’lga kiritish). Raqib bilan 3 marta olishish. Bellashuvning vaqti va natijasi belgilanadi.

3 g’alaba – a’lo, 2 g’alaba – yaxshi, 1 g’alaba – qoniqarli.



2. 12 yoshli o’smirlarni egiluvchanlik darajasini aniqlash uchun test me’yorlari

Nazorat mashlar

Bajarish sifati

Baholash

O’tirgan holda oyoqlarni yoyib oldinga egilish, qo’llar yonda, bosh ko’tarilgan, gavda to’g’ri

1. Ko’krak va qorin yerga tekkan, bosh ko’tarilgan, oyoqlar tekis, oyoq uchlari cho’zilgan
2. Gavdani bukmagan holda oldinga egilish ¾ (780)
3. Gavdani bukmagan holda yarimigacha oldinga egilish (450)
4. 450 kam bo’lmagan holda gavdani oldinga bukish

A’lo
Yaxshi

Qoniqarli


Yomon


Gimnastika ko’prigi

1. Oyoqlar to’g’ri, yelkalar yerga perpendikulyar holda
2. Oyoqlar yengil bukilgan, yelkalar vertikal holatga sezilarli egilgan
3. Oyoqlar bukilgan, yelkalar 450 burchak ostida
4. Oyoqlar sezilarli darajada bukilgan, yelkalar 300 burchak ostida

A’lo

Yaxshi

Qoniqarli

Yomon


Oyoqlarni to’g’riga bir chiziq bo’ylab yoyib o’tirish (shpagat)

1. Oyoqlar to’liq yerga tekkan, qo’llar yonda
2. Tizzalar yerga tekkan, qo’llar yonda
3. Oyoq kaftlari yerga tekkan, qo’llar yonda
4. Oyoq kaftlari yerga tekkan, qo’llar yerda

A’lo
Yaxshi
Qoniqarli
Yomon

Sport o`yinlarida sportchilarning istiqbolliligini sport faoliyati jarayonida texnik-taktik vazifalarni muvaffaqiyatli echilishini ta’minlab beruvchi maxsus hislat va sifatlarni tahlil qilish asosida aniqlaydilar. Bolalarni sport o`yinlariga qobiliyatini aniqlash uchun shaxsning individual xususiyatlarining kompleksini batafsil o`rganadilar, bundan tashqari, yosh sportchining morfofunktsional xususiyatlari, organizmning analizator tizimlari va organlarining holati, jismoniy hislatlar (asosan, tezlik-kuch) rivojlanish darajasi va koordinatsion qobiliyatlarni hisobga oladilar. Bundan tashqari, harakat vazifalarni operativ hal qilish va taktik tafakkurga bo`lgan qobiliyati hamda asab-mushak harakatlarni namoyon bo`lishga va ekstremal sharoitlarda o`z emotsional harakatini boshqarish qobiliyatini aniqlaydilar.


Yosh sportchilarning sport o`yinlariga bo`lgan qobiliyatlarini ishonchli prognozi sportchi shaxsining o`rganilayotgan hislat va xususiyatlari kompleksi ustidan pedagogik kuzatuvlar bilan uyg’unlikda ko`p marotabalik test sinovlarini nazarda tutadi. Prognozning ishonchliligi kuzatuvlarning davomiyligiga bog’liqdir. Ko`p yillik mashg’ulotlar jarayonida sinovdan o`tayotganlarning rang bo`yicha o`rnining mutanosibligini belgilab beruvchi nisbatan konservativ belgilarning dastlabki darajasi bu o`sish ko`rsatkichlari, tezlik-kuch hislatlarining rivojlanish darajasi, bularning barchasi sport o`yinining mazkur turi uchun farqlanadi va o`ziga xosdir.
Boshlang’ich sport ixtisoslashuvi bosqichida sport o`yinlarida harakat faoliyatini shartlab beruvchi sifat tavsiflari nisbatan mustaqildir. Mazkur mezonlar asosida bolalarning qobiliyatini aniqlashda differentsiyalangan yondashuvga rioya qilib, sport o`yinlarida muvaffaqiyatli ixtisoslashuv uchun katta ahamiyatga ega bo`lgan har bir sifatning rivojidagi individual o`zgarishlarni o`rganish lozim. qolgan barcha qulay sharoitlarda sport o`yinlarida individual barkamollikning qulay istiqbolini keskin sport kurashining o`zgarayotgan sharoitlarida harakat vazifalarini tez va aniq hal qilishga bo`lgan qobiliyat belgilab beradi. Sport maktablari voleybol va basketbol maktablariga tanlashda quyidagi nazora isnovlari test va me’yorlaridan qo`llanadilar (49-50-jadval).
Sport zaxiralarini tayyorlash uchun Respublika, va muassasalarning terma o`spirin va yosh jamoalariga tanlash tizimi katta ahamiyatga ega. Terma jamoalarga nomzodlarning istiqbolliligi harakat potentsialini, jismoniy harakatlarni yanada rivojlantirish imkoniyati, sportchi organizmining funktsional imkoniyatlarini yanada takomillashtirish, yangi harakat ko`nikmalarini o`zlashtirish, yuqori mashg’ulot mashqlarini bajarishga bo`lgan qobiliyati hamda musobaqalarda sportchilarning ruhiy barqarorligi kabilarni hisobga olish asosida belgilanadi.
Xulosa qilib qayd etish joizki, yosh sportchilarni tanlash – bu bola, o`spirin, yosh yigit-qizlarning jismoniy tayyorgarligi, morfofunktsional ruhiy xususiyatlarni turli tomonlarini hamma tomonlama tahlil qilishning murakkab jarayonidir. Tanlov bir marotabalik tadbir emas, bu nisbatan davomiy jarayon bo`lib, yosh sportchining ko`p yillik tayyorgarligining barcha bosqichlarida tadqiqotning pedagogik, tibbiy-biologik, ruhiy va sotsiologik uslublarini nazarda tutuvchi, sportchi shaxsini baholashning kompleks uslubiyati bilan ta’minlangan holdagina samarali bo`lishi mumkin bo`lgan jarayon.
49-jadval

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling