Bolalar sporti asoslari
Sport maktabiga bolalar va o’spirinlarni jismoniy sifatlar rivojlanish ko’rsatkichi asosida saralash uchun namunali me’yorlar
Download 1.74 Mb.
|
Bolalar sporti asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jismoniy sifatlar Jinsi
- Tezkor-kuch sifati
- Chidamlilik sifati
- Egiluvchanlik
Sport maktabiga bolalar va o’spirinlarni jismoniy sifatlar rivojlanish ko’rsatkichi asosida saralash uchun namunali me’yorlar
(A.A. Gujalovskiy bo’yicha)
Nazariy va eksperimental ishlanmalarining tahlili sport maktablariga bola va o`spirinlarni tanlashda quyidagi pedagogik mezonlarni shakllantirish imkoniyatini beradi: jismoniy hislat va sport mahorati rivojining darajasini tavsiflovchi ko`rsatkichlar, ularning shakllanish sur’atlari, bola va o`spirinlarning koordinatsion imkoniyatlarini namoyon qiluvchi ko`rsatkichlar. Yosh sportchilarni keskin sport kurashi sharoitida harakat vazifalarini samarali hal qilishga bo`lgan vobiliyatini tavsiflovchi ko`rsatkichlar kiradi. Tanlovning tibbiy-biologik tizimi o`z ichiga morfofunktsional xususiyatlar, organizmning analizator va funktsional tizimlarining holati, oliy asab faoliyatining individual xususiyatlari, sportchi sog’lig’ini o`z ichiga kiritishi lozim. Bola va o`spirinlarni tanlashning ruhiy mezonlar tizimi o`z ichiga individni sport turi talablariga ko`ra, turli ruhiy holatlarni takomillashtirishga bo`lgan xususiyatlarini tavsiflovchi ko`rsatkichlarni kiritadi, bundan tashqari, irodali hislatlar – xarakter temperamenti darajasini rivojlantirishni ham o`z ichiga oladi. Tanlashning sotsiologik mezonlar tizimiga sport manfaatlarining motivatsiyasi, ularni shakllanish uslublari va shu kabi ma’lumotlar kirishi lozim. Sport turlarining quyidagi 4 guruhida tanlov mezonlarini umumiy tarzda tavsiflab beramiz: sportning tsiklik turlari, texnik jihatdan murakkab sport turlari; sport yakka kurashlari, sport o`yinlari. Qisqa masofaga yugurish kabi sportning tsiklik turida tanlov jarayonida qolgan sharoitlarning barchasi teng bo`lsada, bo`yin baland, mushaklari yaxshi rivojlangan va qulay konstitutsion xususiyatlar (oyoq va tana uzunligining mutanosibligi)ga ega o`spirin va yoshlarni afzal deb topish lozim. Tanlov jarayonida start signaliga reaktsiyaning vaqti, tezlik-kuch hislatlarining rivojlanish darajasi maktab yoshidagi bolalarning koordinatsion imkoniyatlar darajasi ham hisobga olinishi lozim. mashg’ulot mashqlarining 1,5 yillik davomida bola va o`spirinlarning etakchi jismoniy hislatlarni o`sishining yig’indi sur’atlari bilan tavsiflanadigan integral ko`rsatkichni ham hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Bo`lg’usi sprinterning printsipial imkoniyatlari jismoniy hislatlarning dastlabki darajasidan kichikroq darajada bog’liq, ammo bu hislatlarni rivojlanish sur’atlariga kattaroq darajada bog’liqdir. Etakchi jismoniy hislatlarni rivojlanish sur’atlari yosh sportchilarni rivojlanish darajasi yuqori bo`lgan holdagina, istiqbollikni taxmin qilishda birinchi darajada ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlash joiz. Agarda ularning dastlabki darajasi past bo`lsa, rivojlanishning hattoki yuqori sur’atlari sport natijani bola va o`spirrinlarni rivojlanishining ma’lum yosh davrida talab qilinadigan zaruriy darajasigacha ko`tarish imkoniyatini bermaydi. Bola va o`spirinlarni tanlash jarayonida sport ko`rsatkichlarini o`sish sur’atlarini hisobga olish bola va o`spirinlarning biologik yoshini individual xususiyatlarini hisobga olgan sharoitida o`zini oqlaydi. SHunday qilib, faqatgina jismoniy hislatlarni rivojlanishining nisbatan yuqori dastlabki darajasi va biologik yoshni hisobga olgan holda, ularning rivojlanishining optimal sur’ati u yoki bu sportchining istiqbolliligi haqida ishonchli taxmin qilishda oldindan bashorat qilish imkoniyatini beradi. Eksperimental yo`l bilan sportning tezlik va tezlik-kuch turlarida (xususan, sprintda) ixtisoslashadigan yosh sportchilar uchun mashg’ulotlarning birinchi 1,5 yilligida tezlik va sakragich hislatlarini o`sishining optimal sur’atlari 10,5-12,5%ga teng ko`rsatkchilar bo`ladi. Sport maktabining engil atletika turiga tanlash jarayonida quyidagi me’yor va sinovlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo`lar edi (jadval-45-46). 45-jadval Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling