15-16 yoshli o’smirlarni mashg’ulot jarayonida shtanga va boshqa turli xil og’irlikdagi mashqlar
Mashqlar
|
Ko’rsatkichlar
|
Yuklamaning kattaligi
|
Yondashishlar soni
|
Bitta mashqda takrorlashlar soni
|
Gantellar bilan mashqlar (kg)
|
5 gacha
|
7-8
|
10-12
|
Qum to’ldirilgan qop bilan mashqlar (kg)
|
25 gacha
|
7-8
|
10-12
|
Polvonlar toshi bilan mashqlar (kg)
|
24 gacha
|
3
|
10-12
|
Shtanga bilan mashqlar (shug’ullanuvchini o’z vazn og’irligining % da)
|
Siltab ko’tarish
|
80 gacha
|
2-3
|
4-6
|
Dast ko’tarish
|
50 gacha
|
2-3
|
4-6
|
Yotgan holatda ko’tarish
|
50 gacha
|
2-3
|
4-6
|
Shtangani yelkaga ko’targan holatda o’tirib turish
|
100 gacha
|
2-3
|
4-6
|
Shtangani yelkaga ko’targan holatda sakrash
|
50 gacha
|
2-3
|
40-50
|
O’tirgan holatda shtanga bilan sakrash
|
30 gacha
|
2-3
|
8-10
|
Agarda o`rta yoshdagi yosh yigitlar uchun asosiy vazifa mushaklarni umuman rivojlantirish bo`lsa, bunda sportning tanlangan turida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`lgan mushaklarning u yoki bu guruhini rivojlantirishga alohida urg’u berilmasa, katta yoshdagi yosh yigitlar bilan mashg’ulotlarda mushaklarning mazkur guruhlariga alohida e’tibor qaratish lozim. Bunda kuch mashqlarini asosiy (musobaqa) mashqi tuzilmasi muvofiqligini hisobga olish lozim. Birinchi navbatda, mushaklar ishi rejimi bo`yicha asosiy mashqqa muvofiq bo`lgan vositalarni tanlashga e’tiborni qaratish lozim. Bundan tashqari, muvofiq mashg’ulot yuklama shart-sharoitida ularni takrorlash lozim.
Katta yoshdagi yoshlar bilan mashg’ulotlarda sportchining butun tanasi mushaklarini mustahkamlash ustidagi ish to`xtamasligi lozim. katta yoshdagi bolalarda mushak kuchini tarbiyalashning asosiy vositalariga quyidagilar kiradi: o`rta og’irlikdagi yuk bilan kuch mashqini takroriy bajarish uslubi, chegaradosh va chegara vaznidagi og’irliklar bilan kuch mashqini bir marotaba va takroriy, ko`p marotaba bajarish uslubi (maksimal harakatlar uslubi), tezlik-kuch mashqini takroriy bajarish uslubi (dinamik say’-harakatlar uslubi), statik kuch mashqini takroriy bajarish uslubi.
29-jadvalda sport mashg’ulotlarining 3 yillik stajiga ega bo`lgan 16-18 yoshli sportchini kuch tayyorgarligi bo`yicha tavsiyalar keltiriladi.
29 jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |