Bolalar sporti asoslari
Download 1.74 Mb.
|
Bolalar sporti asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayyorgarlikning asosiy vazifalari
Internet saytlari
1. http://www.sport.ru 2. http://www.sport.com. 3. http://www.sport.uz. 4.www.lex.uz. 5.www.ziyonet.uz Mavzu: Bolalar va o’smirlar tayyorgarligining tanlangan sport turidagi chuqurlashtirilgan mashg’ulot bosqichi Reja 1. Tayyorgarlikning asosiy vazifalari 2. Sport texnika va taktikasining takomillashuv jarayoni 3. 17-18 yoshli o’smirlarni mashg’ulot Tayyorgarlikning asosiy vazifalari Sportning tanlangan turida chuqurlashtirilgan mashg’ulot bosqichi mashg’ulot yuklamalarining hajmi va intensivligini to`xtovsiz oshirilishi hamda jismoniy hislat, sport texnika va taktikasining takomillashuvi ustida yanada ixtisoslashgan mashqlarni bajarish va musobaqalarning tobora o`sib borayotgan sonida ishtirok etish bilan tavsiflanadi. Mashg’ulot vazifalarini muvaffaqiyatli yechish maqsadida tanlangan sport faoliyatida zaruriy bo`lgan maxsus sifatlarni tarbiyalashga ko`maklashuvchi mashqlar kompleksi tanlanadi. Odatda, mashg’ulot vositalari yosh sportchi ixtisoslashgan sport turidagi asosiy musobaqa mashqi bilan bajarish shakli va xarakteri bo`yicha o`xshashlikka ega. Masalan, chidamlilikni namoyon qilishni talab qilgan sport turlarida jismoniy tayyorgarlik dasturida asosiy harakat ko`nikmasining shakllanishiga shug’ullanayotgan sportchi organizmining funksional imkoniyatlarini oshishiga sportning tanlangan turiga oid bo`lgan jismoniy hislatlarni tarbiyalashga ko`maklasha oladigan mashqlarni tanlab, ularni uzoq muddat va uzluksiz bajarish asosiy o`rinni egallaydi. Maxsus jismoniy texnik va taktik tayyorgarlikning miqdori ahamiyatli darajada oshadi, ammo bu umumiy-jismoniy tayyorgarlik hisobiga emas, balki maxsus tayyorgarlikka ajratilgan vaqtning o`sishi tufayli erishiladi. Shunday qilib, mazkur bosqichda sport mashg’ulotining barcha o`ziga xos qonunlari yorqin, aniq namoyon bo`ladi. Mashg’ulot jarayoni chuqurlashtirilgan sport ixtisoslashuvining belgilariga ega bo`ladi. Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling