Bolalar sporti asoslari


Sport turiga yo`naltirilish –


Download 1.74 Mb.
bet72/109
Sana14.12.2022
Hajmi1.74 Mb.
#1003745
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   109
Bog'liq
Bolalar sporti asoslari

Sport turiga yo`naltirilish – bu kompleks xarakteridagi tashkiliy, uslubiy tadbirlar uslubi bo`lib, uning asosida individni sportning ma’lum turidagi tor ixtisoslashuvi belgilanadi.
Sport maktabiga boshlang’ich tanlash jarayoni 3 bosqichga bo`linadi (42-jadval): bola va o`spirinlarni dastlabki tanlov bosqichi sportning tanlangan turida ixtisoslashuvi; talabalarga dastlab tanlangan shug’ullanayotganlarning kontingentini muvofiqligini chuqurlashtirilgan tekshiruvi; sport turiga yo`naltirilganlik bosqichi.
Birinchi bosqichning asosiy vazifalari sport mashg’ulotlariga imkon qadar sport jihatidan iste’dodli bo`lgan bolalarni jalb etish, ularning dastlabki ko`rigi va boshlang’ich mashg’ulotlarni tashkil qilish.
42-jadval
Sportchilarni saralash tizimi

Saralash bosqichi

Saralashning asosiy vazifalari

Saralashning asosiy uslublari

Shug’ullanuvchilar

I

Bolalar va o’smirlarni sport maktabiga dastlabki saralash

1. Pedagogik kuzatuv
2. Nazorat me’yorlari (test)
3. Sport turi bo’yicha tanlovni kuzatish
4. Ishtimoiy so’rov
5. Tibbiy nazorat

Turli yoshdagi bolalar va o’smirlar (sport turi xususiyatining bog’liqligi)

II

Saralab olingan shug’ullanuvchilarni qo’yilgan talabga asosan chuqur tekshirish, tanlab olingan sport turida. Bolalar va o’smirlarni sport maktabi tarkibiga kiritish.

1. Pedagogik kuzatuv
2. Nazorat me’yorlari (test)
3. Musobaqa va nazorat
4. Psixologik tadqiqot
5. Tibbiy – biologik tadqiqot

Turli yoshdagi bolalar va o’smirlar

III

Sport maktabiga so’ngi individual sport ixtisosligini aniqlash maqsadida xar bir shug’ullanuvchini ko’p yillik tayyorgarlik tizimini aniqlash

1. Pedagogik kuzatuv
2. Nazorat me’yorlari (test)
3. Musobaqa va nazorat
4. Psixologik tadqiqot
5. Tibbiy – biologik tadqiqot

Yosh, bolalar va o’smirlar

IV

Osmirlar sport terma jamoasiga saralash, resbublika, mamlakatlar

1. Pedagogik kuzatuv
2. Nazorat me’yorlari (test)
3. Musobaqa va nazorat
4. Psixologik tadqiqot
5. Tibbiy – biologik tadqiqot

O’smirlar va qizlar

V

Yoshlar terma jamoasiga saralash, respublika, mamlakatlar

1. Pedagogik kuzatuv
2. Nazorat me’yorlari (test)
3. Musobaqa va nazorat
4. Psixologik tadqiqot
5. Tibbiy – biologik tadqiqot

O’smirlar

VI

Mamlakatni asosiy terma jamoasiga saralash

1. Pedagogik kuzatuv
2. Nazorat me’yorlari (test)
3. Musobaqa va nazorat
4. Psixologik tadqiqot
5. Tibbiy – biologik tadqiqot

Katta yoshdagi sportchilar

Mazkur bosqichda umumta’lim maktablarda sport sektsiyalarini tashkil qilish lozim, ularda jismoniy tarbiya o`qituvchi rahbarligi va sport maktabi murabbiyi ishtiroki asosida sportning maxzkur turi bo`yicha mashg’ulotlar o`tkaziladi. Bunday sektsiyalar bir nechta maktabda faoiyat yuritishi lozim, o`quvchilarni sektsiyalarga qabul qiladigan yoshi va mashg’ulotlar mazmuni sport turi xususiyatlariga bog’liq. O`quv yili davomida mashg’ulotlar va musobaqalar jarayonida istiqbolli o`quvchilar aniqlanadi.


Tanlovning birinchi bosqichining yakunida sportning tanlangan turlari bo`yicha ko`rik tanlovlar nazorat sinovlar va musobaqalar nazarda tutilishi lozim. Mazkur tadbirlarni o`quv yili yakunida o`tkazish maqsadga muvofiqdir. Bir qator holatlarda tanlangan o`quvchilar sport lageriga yuboriladilar, bu erda ular sport maktabi murabbiylari rahbarligi ostida shug’ullanadilar. Sport maktabida bo`lganida murabbiylar bola va o`spirin­larning qobiliyatlarini nazorat sinovlari va pedagogik kuzatuvlar asosida aniqlaydilar. Bola va o`spirinlarning potentsial imkoniyatlarini ehtimolning yuqori darajasi bilan aniqlash uchun ularning tayyorgar­ligining nafaqat dastlabki darajasi, balki o`sish sur’atini ham aniqlash maqsadga muvofiqdir.

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling