Bolalar sporti asoslari
Sport turi bo’yicha shug’ullanuvchilar uchun qo’yiladigan talablar
Download 1.74 Mb.
|
Bolalar sporti asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zaruriy Qo’shimcha Ikkinchi darajali
Sport turi bo’yicha shug’ullanuvchilar uchun qo’yiladigan talablar
Sport tanlovining birinchi bosqichida musobaqa va nazorat sinovlarida umumta’lim maktabi shifokori tomonidan ko`rikdan so`ng olingan sog’liq holati haqidagi xulosaga ega bolalar qatnashishi mumkin. Ma’lumotnomada maktab o`quvchisi o`z sog’lig’i holati asosida musobaqa va nazorat sinovlarida ishtirok etishiga ruxsat berilishi ko`rsatilishi lozim. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishga to`sqinlik qilmaydigan, sog’liqning ko`rsatkichlarida o`zgarishlar bo`lganida, umumta’lim maktabining shifokori ma’lumotnomada tashxisni ko`rsatadi. Maktab shifokorining xulosasi bola va o`spirinlarni sport maktabida o`qishining birinchi 3 oyida amalda bo`ladi. Sport tanlovining 2 bosqichida tibbiy xulosa muayyan shart-sharoitlarga ko`ra, sport maktabi, tuman, shahar shifokori nazorati xonasidagi shifokor yoki jismoniy tarbiya dispanseri shifokori tomonidan amalga oshiriladi. Sinov muddati (3 oydan 6 oygacha) shug’ullanayotganlar chuqurlashtirilgan tibbiy ko`rikdan o`tadilar. Bu ko`rik o`quvchining organizmida sport maktabi dasturida nazarda tutilgan hajmda sport bilan to`liq shug’ullanishga to`sqinlik qiluvchi patologik o`zgarishlar yo`qligini istisno qilishi mumkin. shifokor ko`rigi shifokor jismoniy tarbiya dispanserlari tomonidan 227-a kartasi asosida amalga oshiriladi. Pedagogik kuzatuvlar asosida bola va o`spirinlarning o`ziga xos xususiyatlari aniqlanadi. Masalan, murabbiy tizimli kuzatuvlar yo`li bilan yosh sportchini murakkabligi, hajmi va intensivligi bo`yicha mashg’ulot dasturini muvaffaqiyatli o`zlashtirishga bo`lgan qobiliyatini qayd etadi, bu esa ko`p jihatdan yuqori sport natijalarga erishish imkoniyatini belgilab beradi. Pedagogik nazorat sinovlar (testlar) ham katta rolь o`ynaydi, ularning natijalariga ko`ra, sportning u yoki bu turida muvaffaqiyatli ixtisoslashuv zaruriy bo`lgan individning jismoniy hislat va qobiliyatlarining mavjudligi haqida fikr yuritadilar. Masalan, tezlik rivojining darajasini aniqlash uchun startdan yoki turgan holda 30 m.dan yugurishni, kuchni rivojlanish darajasini aniqlash uchun stan yoki kaft dinamometrdan foydalanadilar. 45-jadvalda bola va o`spirinlar sport maktabiga jismoniy hislatlar rivojlanish ko`rsatkichi asoisda tanlash uchun namunali me’yorlar keltiriladi. Yuqori sport natijalariga erishishni belgilab beruvchi jismoniy hislat va qobiliyatlar orasida konservativ deb nomlanuvchi, ya’ni genetik shartlangan hislab va qobiliyatlar mavjud. Ularni mashg’ulot jarayonida rivojlanish va takomillashuvi katta qiyinchiliklar tug’diradi. Bu jismoniy hislat va qobiliyatlar bola va o`spirinlarni sport maktabga tanlashda muhim ahamiyatga ega, ular qatoriga, tezlik, nisbiy mushak kuchini, ba’zi antropometrik ko`rsatkichlar (tananing tuzilishi va proportsiyalari), kislorodni maksimal darajada iste’mol qilishga bo`lgan qobiliyat, organizm vegetativ tizimini faoliyat yuritishining tejamkorligi, sportchi shaxsining ba’zi bir ruhiy xususiyatlari kiradi. 44-jadval Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling