Bolalar sporti asoslari


Tayyorgarlik musobaqalarining


Download 1.74 Mb.
bet82/109
Sana14.12.2022
Hajmi1.74 Mb.
#1003745
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   109
Bog'liq
Bolalar sporti asoslari

Tayyorgarlik musobaqalarining asosiy maqsadi – kurashchilarni musobaqa sharoitlariga moslashtirish, musobaqa faoliyatining oqilona texnik-taktik harakatlarni mustahkamlash, musobaqa tajribasini egallash.
Nazorat musobaqalarida sportchining imqoniyatlari tekshiriladi, uning tayyorgarlik darajasi, bosib o`tilgan tayyorgarlik bosqichi samaradorligi aniqlanadi. Ko`rsatilgan natijalar aosida kurashchilarning kelgusidagi tayyorgarlik dasturi ishlab chiqiladi.
Saralash musobaqalari natijalari bo`yicha asosiy musobaqalarning ishtirokchilari aniqlanadi.
Asosiy musobaqalarning bosh maqsadi – g’alabaga erishish yoki imqoni boricha yuqori o`rinlarni egallashdan iborat.
Musobaqalarni tashkil qilish va o`tkazish uchun ikkinchi muhim hujjat – bu musobaqa nizomidir.
Musobaqa kalendar reja va kurash bo`yicha musobaqa qoidalari asosida tuziladi. Musobaqa nizomi quyidagi bo`limlarni o`z ichiga oladi.
Musobaqa maqsadi va vazifalari
Bu bo`limda musobaqa o`tkazayotgan tashkilotning o`z oldiga qo`yadigan asosiy maqsadi va vazifalari ochib beriladi:
- sport jamoalarida o`quv-mashg’ulotlar va tarbiyaviy ishlarning ahvolini tekshirish;
- terma jamoa tarkibini to`ldirish maqsadida eng yaxshi kurashchilarni vazn toifalari bo`yicha saralab olish;
- sport tashkilotlari va sportchilar o`trasida do`stlik aloqalarini mustahkamlash;
- aholi o`rtasida yunon-rim kurashini ommalashtirish va yoshlarni kurash bilan muntazam shug’ullanishga jalb qilish.
Musobaqalarni boshqarish
Bo`limda musobaqalarni tayyorlash va o`tkazishga umumiy rahbarlikni amalga oshiradigan tashkilot, shuningdek, musobaqani o`tkazish aniq kimga yuklatilishi; musobaqalar joyini tayyorlash, sportchilar va hakamlarni kutib olish, joylashtirish, ovqatlantirish, ularga tibbiy xizmat ko`rsatish, shuningdek, madaniy tadbirlarni o`ikazish uchun kim javobgar bo`lishi ko`rsatiladi.
Ishtirokchilar va qatnashuvchi tashkilotlar
Bo`limda musobaqalarda qatnashish uchun qaysi tashkilotlar va ishtirokchilarning qanday yosh guruhlariga ruxsat berilishi, trenerlar va vakillarning son tarkibi ko`rsatiladi.



Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling