Bolalar sporti asoslari
Sport maktabining basketbol sport turiga saralash uchun test me’yorlari
Download 1.74 Mb.
|
Bolalar sporti asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yoshi 2 m. ga yuqurish (s)
- Start holatidan 60 m. ga yugurish (s) qoniqarli
- Sport maktabining basketbol sport turiga saralash uchun test me’yorlari
- Nazorat mashqlar 10 yoshli o’g’il bolalar
- Mavzu: Bolalar va o’smirlar sport mashg’ulotlarini rejalashtirish va samaradirligini nazorat qilish Reja
Sport maktabining basketbol sport turiga saralash uchun test me’yorlari
50-jadval Sport maktabining basketbol sport turiga saralash uchun test me’yorlari
Mavzu: Bolalar va o’smirlar sport mashg’ulotlarini rejalashtirish va samaradirligini nazorat qilish Reja 1. Bolalar va o’smirlar sport mashg’ulotlarini rejalashtirish 2. Sport mashg’ulotining samaradorligini hisobga olish 3. Mashg’ulotning ko`p yillik istiqbolli rejalar Sport mashg’ulotini muvaffaqiyatli amalga oshirishning muhim shartlaridan biri uni to`g’ri rejalashtirishdir. Sport mashg’ulotlarini rejalashtirish bu sport tayyorgarligi jarayoni oldida qo`yiladigan vazifalarini echilishining oldindan taxmin qilib ko`ra biladigan shart-sharoiti, vosita va uslublari, sportchi tomonidan erishilishi lozim bo`lgan sport natijalarini oldindan bilish. Yosh sportchilarning tayyorgarligini to`g’ri rejalashtirish – bu sportchilarning mazkur kontingenti yoxud bitta sportchi xususiyatlarining tahlilidan kelib chiqqan holda, tayyorlov jarayonida asosiy ko`rsatkichlarni aniqlash olib, ularni vaqt bo`yicha taqsimlashdir. Sport maktabida o`quv-mashg’ulotlari jarayonida rejalashtirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: istiqbollik (ko`p yillik), joriy (yillik) va operativlik. Rejalashtirishning asosiy hujjatlari yosh sportchilarni tayyorlashning guruh va individual prespektiv rejalaridir. Joriy yillik rejalashtirishning hujjatlari mashg’ulotning yillik guruh va individual rejalaridir. Operativ rejalashtirish hujjatlari esa - 1 oylik yoki 1 haftalik tsiklga mo`ljallangan mashg’ulotning guruhli va individual rejalaridir. YUqorida sanab o`tilgan rejalashtirishning barcha hujjatlari sport maktablari uchun tuzilgan o`quv dasturlari asosida tuziladi. Sport tayyorgarligining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, murabbiy muayyan vazifaalrni belgilaydi, bu vazifalar ko`p yillik tayyorgalik mobaynida va uning alohida bosqichlarida hal etilishi lozim. Bundan so`ng mashg’ulot jarayonining mazmuni aniqlanadi, vositalar tanlanadi, sport tayyorgarligi bosqichlari belgilanadi, shu bilan birga, mashg’ulotlarning namunali soni, optimal mashg’ulot va musobaqa yuklamalari, nazorat me’yorlari va boshqa ko`rsatkichlar belgilanadi. Ko`p yillik mashg’ulotning istiqbolli rejalashtirish ahamiyati juda ham kattadir. Bolaligida boshlangan va ko`p yillar davom etadigan insonni jismoniy tarbiyalash jarayoni u tizimli tarzda yosh sportchining o`sayotgan organizmining yoshga oid xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan istiqbolli reja asosida amalga oshirilgandagina yuqori samaraga erishadi. Ko`p murabbiylar ko`p yillik mashg’ulotning istiqbolli rejalashtirilishining ahamiyatini to`g’ri bag’olamaydilar, ular sportchini 1 haftalik yoki oylik, eng holati esa yo yillik tsikl doirasida rejalashtiradi. Bolalar, o`spirinlar, yosh yigit-qizlar bilan mashg’ulotda asosiysi ko`p yillik tayyorgarlikning istiqbolli rejasidir, chunki bolalik, o`spirin, hattoki yosh yigit va qizlar yoshadi nisbatan yuqori sport natijaga erishish sportchining tayyorgarligi to`g’ri olib borilayotganidan darak bermaydi. Katta sportchilarning terma jamoasi tayyorgarligini amalga oshiruvchi murabbiylar to`laqonli zaxiraga ega bo`lishlari uchun ko`p yillik tayyorgarlikni rejalashtirish samarali bo`lishi lozim. Istiqbolli reja yosh sportchilarni tayyorlashning asosidir. Oldindan bir qator yillarga sportchini takomillashtirish istiqbolli to`g’ri belgilanganligiga, mashg’ulot vosita va uslublari ratsional rejalashtirilganligiga, yuklama nazorat me’yorlari to`g’ri tanlanganligiga ko`p jihatdan sportchi yutuqlarining o`sish sur’atlari yillik tsikllarda uning tayyorgarlikgining natijaviyligi bog’liq bo`ladi. Istiqbolli rejalar turli muddatlarga ishlab chiqilishi mumkin, ular yosh sportchilarning yoshi, tayyorgarlik darajasi, sport stajiga bog’liq holda ishlab chiqiladi. Kichik yoshdagi sportchilar uchun 2-3 yilga mo`ljallangan guruh istiqbolli rejalarni tuzish maqsadga muvoqif. Kattaroq yoshdagi yosh sportchilar uchun bir qator yillarga ham guruh, ham individual rejalarni ishlab chiqish lozim. Masalan, bolalar, o`spirin sport maktabini yakunlanishiga qadar reja tuzish lozim. Istiqbolli rejani tuzish bir nechta yillik rejalarni mexanik tarzda ko`chirish va bunda yildan-yilga bitta vazifalarni, bitta mazmun bilan ko`chirishdan iborat measdir. Rejada sportchi tayyorgarligiga yildan-yilga tobora o`sib borayotgan talablar tendentsiyani aks etish muhim. Bunga bog’liq ravishda mashg’ulot vazifalarini izchil o`zgarishini, mashg’ulot yuklamalarini oshishini, tayyorgarlikning har bir bosqichida nazorat me’yorlari va boshqa ko`rsatkichlarni izchil o`zgarishini oldindan nazarda tutish lozim. Istiqbolli rejaga faqatgina asosiy ma’lumotlar (ortiqcha detallashuvsiz)siz kiritilishi lozim, ularga tayangan holda yillik rejalarni tuzish imkoniyati bo`lishi lozim. Istiqbolli rejalar ham sportchilar guruhi (masalan, sport maktabi bo`limining ma’lum belgilangan yosh guruhi uchun) hamda bitta sportchi uchun ishlab chiqilishi mumkin. Birinchi holatda, bu guruh reja, ikkinchisida, individual reja bo`ladi. guruh va individual istiqbolli rejalar o`zaro bog’liq bo`lishi lozim, ular bir-biri bilan to`liq muvofiqlikda tuziladi. Sport tayyorgarligining umumiy (guruhli) quyidagi bo`limlarni o`z ichiga kiritadi: guruhning qisqa tavsifi, ko`p yillik mashg’ulotning maqsad va asosiy vazifalari, bosqichlar bo`yicha mashg’ulot jarayonini tayyorgarlik bosqichlari va asosiy bosqichlari (bosh vazifalar, ularning har bir bosqichdagi hajmi). Sportchi tayyorgarligini tavsiflovchi sport texnik ko`rsatkich va nazorat me’yorlari, pedagogik va shifokor nazorati. Umumiy (guruh) istiqbolli rejalari faqatgina asosiy ma’lumotlardan iboratdir, ularga qarab, joriy (yillik), operativ rejalashtirishni to`g’ri amalga oshirish mumkin. Istiqbolli rejalashtirishning muvaffaqiyati avvalambor, maqsadni to`g’ri tanlash bilan bog’liqdir. Bundan tashqari, sportchining yoshi va tayyorgarlik darajasi, uning hayotiy, o`qishi va ish rejimiga ham e’tibor qaratish lozim. Bir qator yillarga oldindan sport tayyorgarligini rejalashtirganda vazifalarni qo`yishda ma’lum izchillikka rioya qilish va ularni 1 yil davomida darhol hal etmaslik lozim. Sportchini sport maktabida bo`lishining 1-2-3 yilida murabbiy e’tiborini asosan, shug’ullanayotganlarning hamma tomonlama tayyorgarligining mustaqil fundamentini yaratish va ularni sport texnikasiga o`qitishga qaratishi lozim. Keyingi yillarda jismoniy hislatlarni tarbiyalash, sport texnikasida takomillashish bo`yicha vazifalar shug’ullanayotganlarning yoshga oid xususiyatlari, ularning tayyorgarlik darajasi va boshqa omillar bilan muvofiq tarzda hal qilinadi. Masalan, 11-16 yoshda alohida e’tibor tezlikni tarbiyalashga qaratilsa, 15-16 yoshda sportchining mushak kuchi va maxsus chidamliligini rivojlantirishga bo`lgan mashqlarni bajarishga qaratiladi. Yangi vazifalarni qo`yish, nazorat me’yorlarini ishlab chiqish, dastlabki yillarda sportchi mashg’ulotining mazmun va uslublarini chuqur tahlilida asoslanishi lozim. Bunda sportchi tayyorgarligining kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash, qanday hislatlarni yanada mukammallashtirish kerakligini aniqlash lozim. Dastlabki rejada bajarilmay qolgan ko`rsatkichlarni aniqlash, ularning bajarilmasligining sabablarini aniqlash, sport natijalari o`sishining belgilangan sur’atlariga erishilganligini ham aniqlash nihoyatda muhimdir. Bu munosabatda shifokor nazorati katta yordamni ko`rsata oladi, uning yordamida sportchining sog’lig’i, jsmoniy rivoji va funktsional imkoniyatlari haqida dastlabki ma’lumotlarni olish mumkin, bu esa o`z vaqtida mashg’ulot jarayonini o`zgartirish imkoniyatini beradi. Ko`p yillik sport tayyorgarligi jarayonlarini qanday qonunlarini murabbiy prespektiv rejani tuzishda hisobga olishi lozim. Sport takomillashuvi uchun hamma tomonlama tayyorgarlik nihoyatda katta ahamiyatga ega. Yosh sportchining hamma tomonlama jismoniy tayyorgarligi umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikdan kelib chiqadi. Sport mahorati oshgani sari umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik asta-sekin va izchil o`zgaradi. Mashg’ulot yuklamasining butun hajmiga nisbatan foiz ko`rinishidagi umumiy jismoniy tayyorgarlikning miqdori maxsus tayyorgarlikning miqdori asta-sekin muvofiq o`sishi bilan bir paytda kamayadi. Yosh sportchini ko`p yillik mashg’ulot jarayonida tayyorgarligini asta-sekin oshishini ta’minlash uchun mashg’ulot va musobaqa yuklamalarini to`g’ri rejalashtirish muhimdir. Sportchining tayyorgarligi mashg’ulot va musobaqa yuklamalari barcha bosqichlarida yosh sportchi organizmining funktsional imkoniyatlariga to`liq muvofiq bo`lgandagina rivojlanadi. Eng kuchli yosh sportchilar mashg’uloti mazmunining tahlili, ilmiy tadqiqotlarning ma’lumotlari shuni ko`rsatadiki, bir qator yillar davomida ularning mashg’ulot yuklamalari asta-sekin oshadi. SHu sababli yosh sportchilarning perspektiv rejalarida mashg’ulot yuklamalarini yildan-yilga asta-sekin o`sishi nazardi tutilishi lozim. Keyingi yillik tsiklining har bir davri dastlabki yillik tsiklining muvofiq dasturiga nisbatan mashg’ulot yuklamalarining yuqoriroq darajada boshlanishi va yakunlanishi lozim. Shunday qilib, yildan-yilga yuklamalarning izchilligi, ularning bir qator yillarida to`xtovsiz o`sishi ta’minlanadi. Yuklamalarni vaqtinchalik pasayish va yuksalish davrlari joriy (yillik) rejalarda aniqlanishi lozim, bunda yosh sportchining holati va tayyorgarlikning muayyan vazifalari hisobga olinadi. Bir qator yillarda mashg’ulot yuklamalarni yosh sportchilarda o`zgarishi, asosan, ularning hajmini oshishi, haftalik, oylik va yillik tsikllarda mashg’ulotlar sonining oshishi hisobiga amalga oshishi lozim. Mashg’ulot yuklamalarini oshishining qat’iy izchilligi sekin ko`payishi alohida ahamiyatga ega. Shifokor tadqiqotlarining ma’lumotlariga ko`ra, yosh sportchilarning tayyorgarligida jiddiy kamchiliklar mashg’ulot yuklamalarining intensivligi va hajmini oshirishda izchillik va ketma-ketlik buzilganida kuzatilagn. Yosh sportchi musobaqa tayyorgarligini to`g’ri rejalashtirish ham muhim ahamiyatga ega. Bolalar va o’smirlarning aksariyat hollarda musobaqalarda ishtirok etib, musobaqa xarakteridagi yuqori yuklamalarni bajardilar. Albatta, nazorat musobaqa va musobaqalarning o`zlari zarurdir, chunki ular yosh sportchini musobaqa vaziyatida harakat qilishga o`rgatadi. O`z imkoniyatlarini aniqlash imkoniyatini berib, murabbiyga o`z tarbiyalanuvchisining progressini kuzatish imkoniyatini beradi. Ammo mazkur sharoitlarda ish katta energetik sarf-xarajatlar, yuqori asab va jismoniy zo`riqish bilan bog’liqligi va bularning barchasi keyingi uzoq muddatli tiklanishini hisobga olsak, yosh sportchini nazorat musobaqa va musobaqalarda haddan ziyod tez-tez ishtirok etishi unga salbiy ta’sir ko`rsatishi mumkin. Texnikaning to`g’ri asoslari shakllanmaganda ham musobaqalarda ishtirok etish maqsadga muvofiq emas. Musobaqalarni rejalashtirishda asta-sekinlik, izchillik tamoyiliga qat’iy rioya qilish lozim. Bunda yillar bo`yicha musobaqalar soni katta yoshli sportchilardan ko`ra, ancha sekin o`zgarishi lozim. Istiqbolli rejalarni ishlab chiqishda yosh sportchilarning individual xususiyatlarini, ularni tayyorgarlik darajasini batafsil hisobga olib, shundan kelib chiqqan holda, yildagi musobaqalarning muayyan soni haqidagi masalani hal qilish lozim. Istiqbolli rejani tuzganda, murabbiy mashg’ulotning ko`p yillik jarayonini umumiy qonuni bo`lgan – sport tayyorgarligining rejalashtirayotgan butun davrida natijalarni to`xtovsiz o`sishidan kelib chiqishi lozim. Sport maktablari uchun mashg’ulotning namunali, istiqbolli rejasining shaklini keltiramiz (34-jadval). 34-jadval Sport mashg’ulot tuzulishining guruhli istiqbolli rejasi Sport majmuasi jamoasi Murabbiy I. Shug’ullanuvchi guruxning qisqacha tuzulmasi: yoshi, sport darajasi, o’tgan yilgi sport natijasining darajasi, jismoniy darajasi, texnik, taktik va erkin tayyorgarlik. Shug’ullanuvchilar tayyorgarligida asosiy kamchiliklar. Jismoniy rivojlanish darajasi, salomatlik holati va boshqalar (murabbiy va shifokorning tavsiyasiga binoan) ______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ II. Ko’p yillik mashg’ulotning maqsad va asosiy vazifalari
III. Jismoniy tayyorgarlik
IV. Texnik tayyorgarlik
V. Taktik tayyorgarlik
VI. Psixologik tayyorgarlik
VII. asosiy musobaqalar va ko’p yillik mashg’ulot bosqichlari
VIII. Ko’p yillik tayyorgarlik bosqichida mashg’ulot yuklamasini taqsimlash
IX. Mashg’ulotni rejalashtirish, musobaqa va dam olish
X. Mashg’ulot bosqichlari bo’yicha nazorat me’yorlari
XI. Pedagogik va tibbiy nazorat XII. Mashg’ulot o’tkazish joyi, asbob va anjomlar. Olimpia O`yinlariga sportchilarni tayyorlash maqsadi va ularni mazkur mas’uliyatli musobaqalarga tayyorlashning 4 yillik tayyorgarligi mobaynida ularning natijalarini ketma-ket, izchil o`sishini hisobga olgan holda Yoshlar terma jamoasiga a’zo bo`lgan sportchilar uchun yengil atletikaning alohida turlarining sport natijalarining namunali dinamikasini keltiramiz. (37-jadval). Sport tajribasi va ilmiy tadqiqotlarning keltirgan ma’lumotlari bir qator yillar davomida yillik tizimli tayyorlov sportda muvaffaqiyatga erishishning asosiy sharti ekanligidan dalolat beradi. Bundan tashqari, sport tayyorgarlikni nafaqat ko’p yillik, balki yillik siklga tayangan holda rejalashtirish maqsadga muvofiqligi ham isbotlangan. Mashg’ulotning ko’p yillik istiqbolli rejalari yillik rejalarni majburiy ishlab chiqilishini talab qiladi. Bu rejalar mazmuniga qo’llanilayotgan vosita va mashg’ulot yuklamalarini batafsil bayoni kiradi. Yillik rejalarda mashg’ulotning o’tgan davrida shifokor nazorati va murabbiyning pedagogik kuzatuvlari ma’lumotlarining tahlili asosida nazorat asoslari aniqlanib belgilanadi. 35-jadval Musobaqa va mashg’ulot yuklama shiddatining tahminiy hajmi
36-jadval Sport natijalarining o’sishi
Sport tajribasi va ilmiy tadqiqotlarning keltirgan ma’lumotlari bir qator yillar davomida yillik tizimli tayyorlov sportda muvaffaqiyatga erishishning asosiy sharti ekanligidan dalolat beradi. Bundan tashqari, sport tayyorgarlikni nafaqat ko`p yillik, balki yillik tsiklga tayangan holda rejalashtirish maqsadga muvofiqligi ham isbotlangan. Mashg’ulotning ko`p yillik istiqbolli rejalari yillik rejalarni majburiy ishlab chiqilishini talab qiladi. Bu rejalar mazmuniga qo`llanilayotgan vosita va mashg’ulot yuklamalarini batafsil bayoni kiradi. Yillik rejalarda mashg’ulotning o`tgan davrida shifokor nazorati va murabbiyning pedagogik kuzatuvlari ma’lumotlarining tahlili asosida nazorat asoslari aniqlanib belgilanadi. Yillik tsiklni rejalashtirish mashg’ulotning ob’ektiv zaruriy davrlashtirishni hisobga olgan holda, uning qonunlari asosida amalga oshirish lozim. Har bir murabbiy va sportchi mashg’ulotni sport formasiga ega bo`lish qonuniyati va ularning keyingi o`zgarish qonunlarini hisobga olgan holda mashg’ulotni rejalashtirishi lozim. Yillik rejani tuzishda istiqbolli rejani tuzishda hisobga olish lozim, o`z navbatida, yillik reja ko`rsatkichlari istiqbolli reja asoslarini aniqlash imkoniyatini berib, yillik rejani bajarish davrida paydo bo`lgan yangi imkoniyatlarni ham ko`rsatib beradi. O`tgan sport mavsumi natijalarini tahlil qilish natijasida navbatdagi yillik rejaga zaruriy o`zgartirishlar kiritiladi, xususan, avval istiqbolli rejada aks etmagan yangi vazifalarni hal qilinishi nazarda tutilishi mumkin, u istiqbolli rejani bajarish jarayonida paydo bo`lishi mumkin. Istiqbolli rejaga dastlabki davrda o`tkazilgan mashg’ulotning va sportchining yutuqlarining yillik batafsil tahlilidan so`ng zaruriy o`zgartirishlar kiritiladi. Bunday uslubiyatda rejalashtirish hayotiy bo`lib qoladi, sportchining individual xususiyatlari va yangi sharoitlar hisobga olinadi. Yillik rejani tuzishda avvalambor, ishning mazkur yilining maqsadi aniqlanadi, so`ngra 1 yillik mashg’ulot davrlariga ko`ra, sport tayyorgarligining muayyan shartlari hisobga olingan holda vazifalari belgilanadi. 38-42 jadvallarda sport tayyorgarligining yillik, oylik va haftalik rejalarining namunali shakllari keltiriladi. 37-jadval Mashg’ulot guruxining yillik rejasi Shug’ullanuvchilar guruxi ________________________________________ Murabbiy _____________________________________________________ I. Shug’ullanuvchi guruxning qisqacha tuzulmasi: yosh, sport darajasi, o’tgan yilgi sport natijasining darajasi, jismoniy darajasi, texnik, taktik va erkin tayyorgarlik. Shug’ullanuvchilar tayyorgarligida asosiy kamchiliklar. Jismoniy rivojlanish darajasi, salomatlik holati va boshqalar (murabbiy va shifokorning tavsiyasiga binoan) ______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ II. Mashg’ulotning asosiy vazifalari, asosiy vositalari, yil davomida ularni qo’llashni taxminiy rejalashtirish (mashg’ulot vositalariga vaxt ajratiladi, shartli ravishda ball bilan: 5-ko’p, 3-o’rta, 1-kam).
III. Yuklama hajmi va shiddati bo’yicha mashg’ulotni taxminiy rejalashtirish (hajmni shartli belgilari: katta, o’rta, kichik; shiddatni shartli belgilari: yuqori, o’rta, kichik)
IV. Musobaqani rejalashtirish, mashg’ulot va dam olish
V. Nazorat me’yorlari
VI. Sportchini texnik ko’rsatkichlari
VII. Pedagogik va shifokor nazorati VIII. Mashg’ulot o’tkazish joyi, asbob va anjomlar. 38-jadval Sport maktabidagi basketbol jamoasini sport tayyorgarligining yillik rejasi I. Jamoa haqida qisqacha ma’alumot Jamoa 14-15 yoshli o’smirlardan tashkil topgan. O’tgan sport mavsumida, jamoa shaxar birinchiligida o’z yosh darajasida 10-o’rinni egalladi. Jismoniy tayyorgarlik darajasining yetishmasligi. Texnik tayyorgarlik o’rtacha. Barcha shug’ullanuvchilar sog’lom. Ushbu yosh kontingenti uchun jismoniy rivojlanganlik darajasi o’rtacha. II. Sport tayyorgarligining maqsadi. O’zining har tamonlama tayyorgarligiga asosan o’zining yosh darajasida shaxar birinchiligida basketbol jamoalari o’rtasida kuchli 10 talikka kirish. III. Yillik sikl bosqichida o’quv-mashg’ulot jarayonini asosiy yo’nalishi
IV. Yillik siklda tayyorgarlikni har xil tamonlari uchun sarflangan vaqt (umumiy vaqtning hajmi % da)
V. Mashg’ulotni rejalashtirish, dam olish va jismoniy holati
VI. nazorat me’yorlari
VII. Pedagogok va shifokor nazorati Pedagogik nazorat me’yorlari yilliga 3 marotaba tayyorlov va musobaqa davrining boshida hamda oxirida. Shu vaqtning o’zida sportchilar tibbiy ko’rikdan o’tadilar. Ushbu nazorat asosida sport mashg’ulotini tezkor rejalashtirish amalga oshiriladi. 39-jadval Gurux uchun oylik mashg’ulot rejasi Gurux ________________________________________________________ Murabbiy _____________________________________________________
40-jadval Individual mashg’ulotning oylik rejasi Sportchining familiyasi va ismi _____________________________________ Murabbiyning familiyasi va ismi ____________________________________
Individual mashg’ulotning haftalik regasi 41-jadval
Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling