Bolalar va o`smirlar davrlarining xususiyatlari
Eshitish qobiliyatini pasayishi
Download 53.57 Kb.
|
Mustaqil ishi Mavzu Bolaning o`sishi va rivojlanishi. Qad-qomat-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bolada kar-soqovlik
- Bolada muvozanat a`zosi funksiyasining buzilishi.
- Muvozanat a`zosini chiniqtirish.
Eshitish qobiliyatini pasayishi.
Odam sekundiga 16-20 ming marta tezlikda tebranuvchi tovush to`lqinlarini qabul qilish imkoniga ega.Agar odamga kuchli tovush har kuni uzoq vaqt davomida ta`sir qilib tursa, shovqin to`lqinlari tashqi va o`rta quloq o`rtasida joylashgan nog`ora pardaga salbiy ta`sir ko`rsatishi natijasida, uning elastiklik xususiyati yo`qolib, eshitish o`tkirligi pasayadi.Bu odam sekin tovushni eshitish qobiliyati yo`qotadi, ya`ni oddiylashtirib aytganda, qulog`i og`ir bo`lib qoladi. Bundan tashqari, uzoq vaqt ta`sir qiladigan kuchli shovqin, bosh miya chakka qismida joylashgan eshitish markazi nerv hujayralarini kuchli shovqin bosh miya chakka qismiga joylashgan eshitish markazi nerv hujayralarini qo`zg`atib, odamning jahldor bo`lib qolishiga, uyqusi buzilishiga, arterial qon bosimini kutarilishi va yurak sanchishiga, nevroz kasalliklarining yuzaga kelishiga sabab bo`ladi. Bolaning eshitish qobiliyatini, ya`ni eshitish o`tkirligini oddiy usulda aniqlash uchun 5 metr masofadan uning o`ng, so`ngra chap qulog`iga qarata sekin tovush bilan unga tanish bo`lgan so`zlar aytiladi. Eshitish qobiliyati pasaygan bo`lsa, bu so`zlarni eshitmaydi. Bolada kar-soqovlik. Eshitish va nutq bir-biri bilan chambarchas bog`liq, chunki bola nutqining rivojlanishi uchun uning eshitish qobiliyati normal bo`lishi kerak.Chunki yosh bola eshitgan so`zlarni takrorlaydi, natijada uning nutqi rivojlanadi. Bolaning eshitish qobiliyati tug`ilganda (ona qornida) yoki ko`krak yoshida turli kasalliklar natijasida buzilgan bo`sa, u tovushni eshitmaydi, natijada u aytilgan so`zlarni takrorlay olmaydi, demak nutqi rivojlanmaydi.Shuning uchun tug`ilgan paytda yoki ko`krak yoshi davrida eshitish qobiliyati buzilishi tufayli kar bo`lgan bola soqov (go`ng) ham bo`ladi, ya`ni kar-soqovlikning vujudga kelishi bir-biri bilan bog`liq. Bolada muvozanat a`zosi funksiyasining buzilishi. Yuqorida, ya`ni eshitish analizatori va quloqning tuzilishi mavzusida bayon etilganidek, ichki quloqda odam tanasining fazodagi muvozanatini ta`minlovchi vestibulyar analizatorining retseptorlari joylashgan. Muvozanat (vestibulyar) analizator markazi bosh miyaning pastki qismidagi miya ko`prigi hamda miyachada joylashgan. Muvozanat (vestibulyar) analizator sog`lom, chiniqqan bo`lsa, odamning turli murakkab harakatlari, ya`ni yugurish, sakrash, aylanish, tomga, daraxtga chiqish, karuselda uchish, turnekda mashq bajarish, velosiped, mototsikl, avtomashina, samalyotda bo`lishi kabilar hech qanday nohush holatlarni yuzaga keltirmaydi. Ammo, bolaning yoshligida muvozanat analizatori chiniqtirilmagan bo`lsa, ichki quloq yallig`lanishi, bosh miya pastki qismidagi miya ko`prigi miyacha kasallansa, yoki shikastlansa odamning (bolaning) murakkab harakatlarni bajarishi, fazoda muvozanatini saqlash qobiliyati buziladi. Muvozanat a`zosi funksiyasi buzilsa, odam yugurganda, sakraganda, aylanganda, tomga, daraxtga chiqqanda karuselda, velosiped, mototsikl, avtomashinada bo`lganida, tez yurganda, ayniqsa samalyotda, kemada bosh aylanadi, ko`zi tinadi, yurak urishi tezlashadai, rangi oqaradi, ko`ngli ayniydi, qusadi, hatto hushini yuqotishi mumkin. Bunday holatda tibbiy yordam: 1.Bolani yotqizish. 2.Kofein, kordiamin, kamfora (bittasi) yoshiga qarab 0,2-0,3-0,5-1 ml teri ostiga yuborish. 3.Avtomashinada bo`lsa, uni harakatini to`xtatish, hech bo`lmaganda sekinlatish. Muvozanat a`zosini chiniqtirish. Chiniqtirish tadbirlarini bolaning yoshligidan boshlash zarur.Bu tadbirlar quyidagilardan iborat: bolani beshikda va belanchakda tebratish; maktabgacha tarbiya yoshidagi bolani velosipedda yurishga mashq qildirish; karuselda aylanish; suvda suzish; yugirish, sakrash, aylanish; raqsga tushish; - gimnastika mashqlari va sport o`yinlari bilan muntazam shug`ullantirish kabilar bilan muvozanat a`zosini chiniqtiradi. http://hozir.org Download 53.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling