Bolalar va o`smirlar davrlarining xususiyatlari


Download 53.57 Kb.
bet7/19
Sana22.11.2023
Hajmi53.57 Kb.
#1794183
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
Mustaqil ishi Mavzu Bolaning o`sishi va rivojlanishi. Qad-qomat-hozir.org

Normal qad-qomat. Normal qad-qomatli odam tik turganda tanasini tik va to`g`ri tutadi, boshi ko'tarilgan, yelkalari yozilgan, ikkala yelkasi va ikkala kuraklari bir tekislikda, qorni bir oz ichiga tortilgan, oyoqlari tik va to'g'ri bo'ladi.Sonlarining tizza bo`g`imining va oyoq oshiqlarining ichki yuzalari bir-biriga tegib turadi.
Egilgan qad-qomat. Tik turganda boshi oldinga egilgan, yelka­lari osilgan, ko'krak qafasi botiq bo'ladi. Bunday qad-qomat umurtqa pog'onasining bo'yin qismidagi oldinga egilishining normaga nisbatan ko'payishi, bel qismidagi egilishining esa kamayishi hamda qorin devori muskullarining yaxshi rivojlanmasligi tufayli yuzaga keladi.
Lordoz qad-qomat. Tik turganda ko'krak va qorin oldinga bo`rtib chiqadi, orqasi yassilashadi.
Kifoz qad-qomat. Tik turganda yelkalari oldinga osilgan, orqasining yuqori qismi do'ppaygan va yumaloqlashgan, ko'krak qafasi ichiga kirgan, boshi oldinga egilgan, qornining pastki qismi bo'rtgan bo'ladi. Kifoz qad-qomat umurtqa pog'onasining bo'yin va bel qismidagi oldinga egilishlari normaga nisbatan kam, ko'krak qismidagi orqaga egilishi esa ko'p bo'lishi tufayli yuzaga keladi.
Kekkaygan qad-qomat. Tik turganda orqasi to'g'ri va tekis, qorni ichiga tortilgan bo'ladi. Bunday qad-qomat umurtqa pog'onasi­ning hamma tabiiy egilishlari normaga nisbatan kam bo'lishi natijasida yuzaga keladi.
Skolioz qad-qomat. Tik tirganda yelkalarning biri baland, biri past, kuraklarni biri baland, biri past bo`ladi. Ko`ylaksiz, yalong`och holatda ko`rganda, umurtqa pog`onasining o`ng yoki chap tomonga egrilanganini ko`rish mumkin.
Umurtqa pog`onasining egrilanishini oz yoki ko`p bo`lishiga ko`ra skolioz 3 darajada bo`ladi:
- birinchi daraja skoliozda odam kuylaksiz tik turgan vaziyatda ikki qo`lini boshining orqasiga qo`ysa, umurtqa pog`onasining egrilangan qismi tekislanadi, ya`ni skolioz vaqtincha yo`qoladi.Bunda umurtqa pog`onasi muskullarining tarangligi pasaygan bo`ladi;
- ikkinchi daraja skoliozda odam yuqoridagi vaziyatda turganda skolioz vaqtincha yo`qoladi. Bunda umurtqa pog`onasi muskullarini tarangligi pasayishdan tashqari, paylar ham cho`zilgan bo`ladi.
- uchinchi daraja skoliozda umurtqa pog`onasining egrilanishi odamning ko`ylaksiz (yalang`och) holatida yaqqol ko`rinib turadi. Umurtqa pog`onasining bukilib, dumboq hosil qilgan tomonidagi qovurg`alar ichiga botadi, qarama-qarshi tomondagi qovurg`alar esa bo`rtib chiqadi.Turnikka osilganda skolioz yo`qolmaydi. Bunda umurtqa pog`onasining muskullari va paylari tarangligini pasayishidan tashqari, umurtqalar orasidagi tog`aylar va umurtqa suyaklari ham o`zgaradi.

Download 53.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling