Bolalar va o`smirlar jismoniy rivojlanishini aniqlash va baholash. Bolalar va o`smirlar jismoniy rivojlanishi ular sog`lig`ining muhim ko`rsatgichi hisoblanadi. Jismoniy rivojlanish ko`rsatgichlari antropometrik usul yordamida aniqlanadi. Bu o`z navbatida 3 guruh tekshiruv usullaridan iborat: 1.Samotometrik tekshiruv usuli – bo`y uzunligi (tik turgan va o`tirgan vaziyatlarda), ko`krak qafasi aylanasi, tana vaznini aniqlash; 2.Fiziometrik tekshiruv usuli – o`pkaning tiriklik sig`imi, qo`l va bel muskullarining kuchini aniqlash; 3.Samotoskopik tekshiruv usuli - umurtqa pog`onasining shakli, ko`krak qafasi, shakli, oyoqlar shakli, tana muskullarining rivojlanish darajasi, shuningdek, o`smirlarda balog`atga yetish belgilarining rivojlanish darajasi aniqlanadi. Jismoniy rivojlanishning samotometrik tekshiruv usullari. Bo`y uzunligi antropometr asbobi yordamida aniqlanadi.Yog`och va metaldan yasalgan antropometrlar bo`ladi. Tekshiriluvchi poyafzalsiz, orqasi bilan antropometrga tiralib tik turadi. Uning kuraklari oralig`i, dumbasi, tovonlari antropometrga tegib turishi kerak. Yog`och antropometrning o`tirg`ichi bo`lib, tekshiriluvchining o`tirgan vaziyatdagi bo`y uzunligi o`lchanadi. Chaqaloq va kichik yoshdagi bolalarning bo`y uzunligini yotgan vaziyatda o`lchash uchun stol ustiga joylashtirilgan maxsus bolalar antropometri qo`llanadi. - Bolalar va o`smirlar jismoniy rivojlanishini aniqlash va baholash. Bolalar va o`smirlar jismoniy rivojlanishi ular sog`lig`ining muhim ko`rsatgichi hisoblanadi. Jismoniy rivojlanish ko`rsatgichlari antropometrik usul yordamida aniqlanadi. Bu o`z navbatida 3 guruh tekshiruv usullaridan iborat: 1.Samotometrik tekshiruv usuli – bo`y uzunligi (tik turgan va o`tirgan vaziyatlarda), ko`krak qafasi aylanasi, tana vaznini aniqlash; 2.Fiziometrik tekshiruv usuli – o`pkaning tiriklik sig`imi, qo`l va bel muskullarining kuchini aniqlash; 3.Samotoskopik tekshiruv usuli - umurtqa pog`onasining shakli, ko`krak qafasi, shakli, oyoqlar shakli, tana muskullarining rivojlanish darajasi, shuningdek, o`smirlarda balog`atga yetish belgilarining rivojlanish darajasi aniqlanadi. Jismoniy rivojlanishning samotometrik tekshiruv usullari. Bo`y uzunligi antropometr asbobi yordamida aniqlanadi.Yog`och va metaldan yasalgan antropometrlar bo`ladi. Tekshiriluvchi poyafzalsiz, orqasi bilan antropometrga tiralib tik turadi. Uning kuraklari oralig`i, dumbasi, tovonlari antropometrga tegib turishi kerak. Yog`och antropometrning o`tirg`ichi bo`lib, tekshiriluvchining o`tirgan vaziyatdagi bo`y uzunligi o`lchanadi. Chaqaloq va kichik yoshdagi bolalarning bo`y uzunligini yotgan vaziyatda o`lchash uchun stol ustiga joylashtirilgan maxsus bolalar antropometri qo`llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |