Bolalar va o`spirinlar organizmi rivojlanishida jismoniy yuklamalarning ta`siri
Download 114.19 Kb.
|
20 Bolalar va o
Bolalar va o`spirinlar organizmi rivojlanishida jismoniy yuklamalarning ta`siri. Sir emaski, ertalabki oddiy badantarbiyadan so’ng, inson kun mobaynida o’zini tetik his qilishiga yetarli quvvat oladi – o’zini his qilish yaxshilanadi, ertalabki badantarbiya go’yoki tanani «silkitadi» va shunchaki ajoyib kayfiyat baxsh etadi. Bolani qanday qiziqtirish mumkin? Aslida, eng gapyuqmas bolalarni ham ertalabki jismoniy tarbiyaga o’rgatsa bo’ladi. Buning uchun zerikarli jismoniy mashqlarni quvnoq o’yinga aylantirish kerak, buni har bir oila a’zosi bajara oladi. Dastavval, farzandlari badantarbiya qilishni xohlamaydigan barcha ota-onalar anglab olishlari kerakki, bolani mashq qilishga majburlash emas, o’rgatish kerak. Farqi bormi? Agar, hali ham «unchalik bo’lmasa», tezda ota-onangiz ham sizni o’z irodangizga qarshi biror ishni qilishga majburlaganini xotirlay olasizmi? (Ko’pikli sutni ichish?.. Skripka chalish?). Endi tahlil qiling, katta bo’lgach, o’sha ishlarning qaybirini davom ettirmoqdasiz?! Ertalabki badantarbiyadan maqsad, u uzoq yillar mobaynida sog’lom odatga aylanishidir. Shuning uchun ham tarbiya maqsadlarida hech qanday bosim, ayniqsa jazolash (agar bajarmasang, konfet yo’q) haqida gap bo’lishi mumkin emas. Bolakay tonggi oson jismoniy mashqlarni og’ir vazifa sifatida emas, balki (yuvinish va tishni yuvish singari) shunday bo’lishi lozim ish deb qabul qilishi kerak. Mashq qilishni o’zgaruvchan stolda boshlash muhim. Agar hayotning ilk oylaridanoq qiziq hirgoyilar qilib, bolaning qo’l-oyoqlarini ohangga mos ravishda harakatlantirsangiz, bunda o’z harakatlaringizni hayajon bilan «mana bizning bolakay qanday qila oladi!» deb davom ettirsangiz, siz shartli refleksga poydevor qo’yasiz: tong otdi — mashq boshlandii. Agar siz, 2-3 yilgacha kichkintoyingizga ertalab uyg’onishi bilan «qushcha qanotlarini qanday silkitishi» yoki «chigirtka qanday sakrashi»ni ko’rsatsangiz va undan sizning harakatlaringizni takrorlashni so’rasangiz, siz unda eng to’g’ri refleksni mustahkamlaysiz va uning dunyoqarashini kengaytirasiz. Hatto, oddiy sayrni ham sport bilan shug’ullanishga aylantirish mumkin. Buning uchun sakrash, yugurish va shu kabilarni bajarish mumkin. Biroq, barchasini farzandingiz bilan birga bajaring va unga sog’lom turmush tarzi borasida namuna ko’rsating. Va nihoyat, rag’batlantirish muhim shart hisoblanadi, ammo bu ham ma’lum bir chegaradan chiqmasligi shart, deb qayd etishadi mutaxassislar. Ruhlantiramiz. Ammo, aytaylik, bola biroz katta bo’ldi, ertalablari badantarbiya qilish masalasi sizni o’ylantira boshladi. Farzandingiz 5-7 yosh atrofida va siz nima bo’lsa bo’lsin, u ertalablari mashq qilishini xohlayapsiz. Bunda bolani to’g’ri ruhlantira olish lozim. Hech qachon u bilan «bozor munosabatlari»ni o’rnatmang: «sen mashq qilasan, men o’yinchoq olib beraman» va b. kabi. Bunday tarbiyalash shu bilan yakunlanadiki, bola salomatligi uchun emas, ortiqcha yana bir sovg’a uchun mashq qiladigan bo’ladi. Keyinchalik umuman qilmay qo’yadi. Eng to’g’risi – shaxsiy namunada ko’rsatish. U bilan birga mashq qiling. Mashq turlari bo’yicha musobaqalashing. Bu ham quvnoq, ham foydali bo’ladi. Agar siz shug’ullanib, biror sport turida ilgarilab ketgan bo’lsangiz, farzandingiz bu haqda bilishi va faxrlanishi lozim. Mukofotlarni ko’rinadigan joyga qo’ying, muvaffaqiyatlaringizni namoyish qiluvchi fotosuratlar yoki videolavhalarni tomosha qiling. «Maqtanish» imkonini qo’ldan boy bermang: «Ko’ryapsanmi, qanday qila olaman? Bilasanmi, bu qanday zo’r! Men tanamni tayyorlash uchun ertalabki oddiy mashqlardan boshlaganman. Xohlasang, sen ham shunday qila olasan». Bolaning har qanday harakati ota-onalar qalbidan joy oladi, shuning uchun ham ertalabki badantarbiya mashlari oiladagi o’ziga xos voqelik bo’lishi darkor: barcha jismoniy mashq qilayotgan bolaga diqqat qaratishi, chaqqonligi uchun maqtashi, kerakli jihozlar (yaltiroq koptok, arg’imchoq, multfilmlar qahramonlari tushirilgan original gilamcha va b.) ni xarid qilishi kerak. Va albatta, u xalaqit qilayotgani, «oyoq ostida o’ralashayotgani» yoki sadolari ostida o’tirib-turayotgan musiqa juda balandligi va qo’shnilarni uyg’otib yuborishini aytib koyish kerak emas. Mashqni to’g’ri bajaramiz. Bola uchun ertalabki badantarbiyaning odatdagi fitnes-yuklama bilan hech qanday umumiyligi yo’q. Shuning uchun bola har kuni kundalik me’yordan ko’proq qilib, shpagat o’tirishini talab qilish kerak emas. Mashqlar qanchalik sodda bo’lsa, shuncha yaxshi va quvnoqroq. Asosiysi – tananing har bir qismi uchun barqarorlik va muvozanatni ta’minlashga erishish. Mashqlar shunday tanlanishi kerakki, unda asosiy mushaklar guruhi va bola organizmi tizimlari qatnashsin. Mashg’ulotlar chog’ida tayyor to’plamlardan foydalanish yoki ularni bola salomatligining o’ziga xosliklaridan kelib chiqqan holda tuzib chiqish ham mumkin. Ertalabki gimnastikaning taxminiy to’plami quyidagicha bo’lishi lozim: tortilish; yurish (joyida yoki harakatda); bo’yin, qo’l va yelka sohasi mushaklari uchun mashqlar; gavda va qorin sohasi uchun mashqlar; oyoq mushaklari uchun mashqlar (o’tirib-turish, sakrash); oyoq-qo’l mushaklari ishtirokidagi umumiy ta’sir etuvchi mashqlar (silkitish, old-orqaga, yon tomonga egilish); kuch ishlatish zarurati bo’lgan mashqlar; bo’shashtiruvchi mashqlar; nafas olish uchun mashqlar. «Universal beshlik» mashqlari ham bor bo’lib, har qanday bolakay uni oson o’zlashtiradi va huzur qiladi: Ilk holat: oyoqlar elka kengligidan kengroq ochiladi, qo’llar bosh orqasida. O’ng oyoqni bukib, gavda chapga bukiladi, chap oyoq bilan oyoq ushlanadi. Xuddi shu harakat aksincha takrorlanadi. Ilk holat: oyoqlar yon tomonga, qo’llar belda. Gavdani chapga qaratib, bir vaqtning o’zida chap qo’l kafti bilaan yuqoriga ko’tariladi. Xuddi shu aksincha takrorlanadi. Ilk holat: oyoqlar elka kengligida, qo’llar gavdadan pastga tushirilgan. Sekinlik bilan to’g’ri oyoqni orqaga, qo’llar tomonlarga harakatlantiriladi — «qaldirg’och». 3 soniya muvozanatni saqlash kerak. Xuddi shu boshqa oyoqda ham bajariladi. Ilk holat: oyoqlar elkadan kengroq ochiladi, qo’llar belda. Gavdani navbati bilan chap va o’ng tomonga aylana shaklida aylantirish lozim. Ilk holat: Oyoqlar birga, qo’llar tirsakka bukilgan, barmoqlar elkada. Oldinga va orqaga 30 soniyada aylana harakatlarni bajarish kerak. Ba’zan bola sport bilan oshno bo’lishni butunlay rad etgan holatlar ham bo’lib turadi. Buning yomon yoki g’aroyib jihati yo’q. Bu kabi holatda yagona yo’l rozi bo’lish va kutish. Ehtimol, ertalabki badantarbiya farzandingizga to’g’ri kelmas. Shunaqasi ham bo’lib turadi. Har kuni farzandingiz bilan ko’proq sayr qilish, ochiq havoda serharakat o’yinlar o’ynashga harakat qiling. Bu uning gipodinamikasini to’ldiradi. Kim bilsin, balki bir necha yillardan so’ng, unda sportga muhabbat paydo bo’lib, sizdan xokkey yoki raqs to’garagiga yozishni iltimos qilar. E rtalabki badantarbiya mashqlarining sog’lomlashtiruvchi turlari sarasiga kirdi. Maktabgacha ta’lim muassasalar tarbiyalanuvchilari ertalabki badan tarbiya mashqlarini o’z ichiga oladi. Ertalabki badantarbiya mashqlarining bu turlari shug’ullanuvchilarni har tomonlama jismoniy kamolotga yetkazish, salomatligini mustahkamlash va harakat funksiyalarini takomillashtirish maqsadida qo’llaniladi. Ertalabki badantarbiya mashqlarida sport turlari. Bu guruhga sport ertalabki badantarbiya mashqlari, badiiy ertalabki badantarbiya mashqlari kiradi. Bu turlar sport yo’nalishiga ega bo’lib, sport turlari sifatida targ’ib etiladi. Bulardan maqsad, mashqlarni ijro etish texnikasida yuksak kamolotga erishish, yuksak sport mahoratini ko’rsatish, hamda har yoqlama yuksak jismoniy tayyorgarlik asosida ertalabki badantarbiyamashqlari ko’p murakkab mashqlarini bajara bilishga erishishdan iborat. Ertalabki badan tarbiya mashqlarining amaliy turlari. Ertalabki badantarbiya - amaliy mashqlarning bir ko’rinishidir, ertalabki badantarbiya yanada tezroq va to’la ravishda bolaning sog’lig’ini tiklash uchun qo’llaniladi, yana jismoniy sifatlarni rivojlantirishda chidamlilikda qo’llaniladi. Ertalabki mashqlarning vositalari - saflanish mashqlari, harakatlanishning va raqs qadamlarining xillari; umumiy ritmik mashqlarning buyumlarsiz va buyumlar bilan bajarilish turlari (tayoqlar, gantellar, arg’imchoqlar, to’plar va boshqa), mashqiy devordagi mashg’ulotlar halqlarda va amaldagi mashqlar (yugurish, sakrash, o’rmalash, oshib o’tish) Maktabgacha ta’lim muassasalarda ertalabki badantarbiya mashqlarining asosan ertalabki badantarbiya mashg’ulotdan oldin o’tkaziladi. Uning ahamyati esa bola organizmni chiniqish jarayoniga tayyorlash. Ertalabki badantarbiya 7-15 daqiqa davom etadi. Badantarbiya mashqlari 5-7 ta mashg’ulotlardai iborat. Eng ko’p og’irlik mashg’ulotlarning o’rtasida o’tkaziladi. Bolalar bog’chalari guruhlarida ertalabki mashqlar sog’lomlashtirish va tarbiyaviy vazifalarni bajaradi. Kun tartibining ajralmas qismi bo’lgan holda u har bir bola uchun majburiydir. Har kuni uyg’ongach (5-7 daqiqadan so’ng) maxsus tanlangan 7-12 jismoniy mashqlar 10-15 daqiqa davomida organizm faoliyatini faollashtiradi, tananing to’g’ri o’sishidagi ko’nikmalarga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, yassi oyoqlikdan ogohlantiradi. Ertalabki mashqlarda ishtirok etish bolalarda foydali bo’lgan har kuni bajariladigan estalabki jismoniy mashqlarni bajarishni ta’minlaydi. Aqliy va jismoniy mehnatning ishlab chiqaruvchanlik darajasi birmuncha pasaygan bo’ladi. Ertalabki jismoniy mashg’ulotlarning ahamyati markaziy nerv sistemasiga kuchli analizatorlarnnng retseptorlarining signallari oqimi kelib tushadi, ayniqsa proporsiya-retseptorlardan, bu markaziy nerv tizimining tez qo’zg’alishiga va mehnatga yaroqliligi me’yorini qayta tiklaydi. Ertalabki mashqlar teri retseptorlarining sovuqqa va suv bilan bo’ladigan ta’sirlari birgalikda o’tkazilsa, nerv sistemasining ko’zg’alish jarayoni tezroq yo’lga qo’yiladi. Tashqi muxitdagi ayrim kuzatuvchilarni ta’sirlari (suv jarayonlari, toza havo va quyoshning ta’siri) nerv tizimining ko’zg’alishi bilan bir qatorda organizmning chiniqishiga yordam beradi. Ertalabki jismoniy mashqlar gavdaning, muskul guruhlarining hamma qismlarini harakatga keltirish qon aylanishining kuchayishiga yordam beradi. Yurakning va o’pkaning normal faoliyatining qayta tiklanishi, odatdagi moddalar almashinuvi darajasini oshiradi. Kuchlarni, tezlikni va koordinatsiyalarni, harakatlanish apparatlari va ichki organlarning fiziologik vazifalarini markaziy nerv tizimi tomonidan doimiyligini yaxshilaydi, sistematik ravishdagi muskul mashqlari davomida rivojlanuvchi muskullarning o’ziga xos kimyoviy xususiyatlarini saqlab qolishga yordam beradi. Mashqlar charchoq keltirib chiqarmasligi lozim. Shuning uchun asta-sekin sodda mashqlardan biroz murakkab mashqlarga o’tish lozim va shu bilan bir qatorda asta-sekinlik bilan organizmga kuchlanishni ko’paytirish lozim. Kuchlanishlar mashqlarning qiyinlashuvi hisobiga, qaytarilishlar soni hisobiga, harakatlarning tezlik darajasini oshishi va ayrim mashqlar orasidagn to’xtalishlarni kamaytirish hisobiga oshiriladi. Download 114.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling