Bolalarda anemiya yoki kamqonlik – turlari, sabablari, belgilari va davolash usullari


Bolalarda anemiya asoratlari va oqibatlari


Download 88.73 Kb.
bet10/10
Sana02.11.2023
Hajmi88.73 Kb.
#1741038
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Bolalarda kamqonlik

Bolalarda anemiya asoratlari va oqibatlari


Kam qonlik asoratlari uzoq muddat davom etganda va to‘g‘ri davolanmaganda yuzaga keladi. Ular bolaning keyingi hayotining sifatini pasaytirishi mumkin.
Eng xavfli asoratlar quyidagilar bo‘lishi mumkin:

  • Immunitetning zaiflashuvi;

  • Yurak yetishmovchiligi (kamqonlik yurakning zo‘riqishiga sabab bo‘ladi);

  • Bo‘y o‘sishda ortda qolishi;

  • Jismoniy va ruhiy rivojlanishdan ortda qolish;

  • Gipoksik koma;

  • Suyak iligi displaziyasi;

  • Leykoz;

  • Surunkali shaklga o‘tishi;

  • O‘lim holati, agar kamqonlikka sabab ko‘p qon yo‘qotish yoki genetikmutatsiya bo‘lsa yuzaga kelishi mumkin.

Agar temir tanqisligi anemiyasi kelib chiqqan bo‘lsa, uni preparatlar yordamida davolasa bo‘ladi. Ammo, qon hosil bo‘lish tizimida jiddiy o‘zgarishlar kuzatilsa, zamonaviy tibbiyot ham ojiz qolishi mumkin, masalan aplastik anemiyaning oqibati ko‘pincha o‘lim bilan yakunlanadi.

Profilaktik chora tadbirlar


Anemiyaning profilaktikasi qonda gemoglobin miqdori kamayishi va uning asoratlaridan saqlaydi. Profilaktik chora tadbirlar haqida mahalliy pediatr va ota-onalarning o‘zlari bola dunyoga kelishi bilanoq qayg‘urishlari zarur.

  • Qon analizini muntazam topshirib turish;

  • Chala tug‘ilgan bolalarga temir preparatlarini 3 oyligidan boshlab 2 yoshgacha beriladi;

  • Ovqatlanish sifatini yaxshilash;

  • Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish;

  • Toza havoda sayr qilish;

  • Turli xil jismoniy mashqlar, o‘yinlar o‘ynash;

  • Tog‘li hududlarda dam olish.

Bolalarda uchraydigan anemiyani e’tibordan chetda qoldirish kerak emas. Bu patologiya har qanday boshqa kasallikni og‘irlashtiradi va uning asoratida bolaning keyingi hayotida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘lishi mumkin. Shu sababli anemiyani o‘z vaqtida oldini olish zarur, axir, kasallikni davolagandan ko‘ra oldini olgan yaxshiroq va osonroq!


Download 88.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling