Bolalarda anemiya yoki kamqonlik – turlari, sabablari, belgilari va davolash usullari


Download 88.73 Kb.
bet5/10
Sana02.11.2023
Hajmi88.73 Kb.
#1741038
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Bolalarda kamqonlik

Etiologik klassifikatsiyasi


Anemiya mustaqil kasallik emas, u biror bir kasallik natijasida kelib chiqadi. Aynan mana shunga asoslanib quyidagi klassifikatsiya tuzib chiqilgan.

Infeksion anemiya:


  • Sil;

  • Bakterial endokardit;

  • Bronxoektatik kasallik;

  • O‘pka absessi;

  • Brutsellyoz;

  • Piyelonefrit;

  • Osteomiyelit;

  • Mikoz.

Kollagenoz anemiyalar:


  • Tizimli qizil yugurik;

  • Revmatoid artrit;

  • Tugunli poliartrit;

  • Xorton kasalligi.


Qonning yoshga bog‘liq o‘ziga xosligi
Bola dunyoga kelishi bilan uning qon tarkibi rivojlanib borgani sari o‘zgarib turadi. Uning qon tizimi yangi sharoitga moslashib boradi. Gemoglobin va eritrotsitlar miqdori doimo o‘zgarib turadi, ayniqsa 1 yoshgacha bo‘lgan davrda. Shu sababli kamqonlikning ham yoshga bog‘liq jihatlari bor.
Chaqaloqlardagi anemik holatlar homiladorlikning qiyin kechganligi yoki tug‘ma irsiy omil natijasida kelib chiqadi. Chala tug‘ilgan bolalardagi anemiya XX asrdayoq bayon qilib o‘tilgan va ular turli xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.

Anemiya turi

Sababi

Maksimal aniqlanish muddati (haftalarda)

Erta

Eritropoezning, qon hajmining ortib borishining kechikishi

4-8

Oraliq

Eritropoez jarayoni qon hajmini oshirish uchun yetarlicha emas

8-16

Kechki

Temir zaxirasining kamayishi natijasida eritrotsitlar sintezining buzilishi

16 va undan ko‘p

Megaloblast

Folat kislotasi tanqisligi, infeksiya natijasida

6-8

Gemolitik

Vitamin E tanqisligi hisobiga eritrotsitlarning oksidlanishga moyilligi ortib ketishi

6-10




Download 88.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling