Bolalarda fazoviy va vaqt tasavvurlarni shakllantirish


Bolalarda fazoviy tasavvurlarni shakllantirish


Download 141.49 Kb.
bet5/15
Sana21.04.2023
Hajmi141.49 Kb.
#1368841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Bolalarda fazoviy va vaqt

Bolalarda fazoviy tasavvurlarni shakllantirish.
Maktabgacha yoshdagi bolalar har doim ertalab kechasidan keyin
kelishini va kunduzi bilan almashiiishini, kunduzi kechqurun bilan, kechqurun esa kechasi bilan almashinishini bilib oladilar. Sutka qismlarining ketma-ketligini oilishlarini mustahkamlash uchun rasmlarni qarashni, ular bo‘yicha hikoyalar tuzishni tashkil qilish maqsadga muvofiq. Rasmlar qarab bo‘linganidan keyin, bolalarga ularni stollarga to‘g‘ri ketma-ketlikda joylashtirish va sutkaning qismlarini tartibi bilan aytish topshirig‘ini berish mumkin. Yil oxirida bolalarga shu mashqlar asosida sutka haqidagi umumlashgan tasavvurlarni berish va sutka so‘zining mazmunini ochib berish mumkin. O‘rta guruhda bolalar “kecha”, “bugun”, “ertaga” tushunchalarini farqlashni o‘rganib olishlari kerak. Kattalar tomonidan tegishli nomlardan har doim foydalanish buning uchun eng Yaxshi sharoitdir. Masalan, bolalarga yangi o‘yinchoqni ko‘rsatishdan oldin tarbiyachi ularga bugun u yangi o‘yinchoq ko‘rsatishi va ular shu o‘yinchoqni o‘ynashlari haqida ogohlantirishi kerak. Yoki tarbiyachi bolalarga kecha nima bilan mashg‘ul bo‘lganliklarini, bugun ertalab nima qilganliklarini eslashni taklif qiladi. Bolalarga bunday deyish mumkin: “Bugun biz sizlar bilan loy va plastilindan narsalar yasaymiz, ertaga esa, rasm chizamiz. Kecha biz sizlar bilan uchastkada sayr qildik, bugun esa parkka boramiz” va h.k. Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyachi bilan har doim shunday muloqotda bo‘lib, bu tushunchalarni o‘zlashtiradilar. Konkret misollarda “tez-sekin” tushunchalari bilan tanishadilar. Tevarak-atrofda mo‘ljal olish. Bolalarning atrofdagi narsalarning o‘ziga nisbatan vaziyatini so‘z bilan ifodalash ko‘nikmasini mustahkamlash: o‘ngda, chapda, oldinda, orqada, uzoqda, yaqinda. Bolalarni ko‘rsatilgan yo‘nalishda mo‘ljal olishga, berilgan shart bo‘yicha o‘z holati o‘rnini belgilashga o‘rgatish (shunday turginki, mashina o‘ng tomoningda, koptok oldingda bo‘lsin). U yoki bu predmetni boshqa bir predmetga nisbatan joylashganligini so‘z bilan ifodalashga o‘rgatish (kuchukchaning chap tomonida-quyon, kuchukchaning o‘ng tomonida - ayiqcha). Bolalarni qog‘oz varag‘i sathini mo‘ljalga olishga, qog‘ozning o‘ng, chap, yuqori, past qismlarini, o‘rtasini aniqlashga o‘rgatish.
Maktabgacha yoshidagi bolalarning fazoviy tasavvuri faoliyatning hamma turlari jarayonida kengayadi va mustahkamlanadi. Mashg‘ulotlar tarkibiga fazoda mo‘ljal olishga doir maxsus mashqlarning kiritilishi ham bunga imkoniyat beradi. Tarbiyachi bolalarga chapda eng baland, o‘ngda eng past buyum turadigan qilib, buyumlarning kattaliklari bo‘yicha qo‘yishni taklif qiladi, yoki uning o‘zi stolga o‘yinchoqlarni (it, mushuk, sigir, qo‘y, quyon) joylashtiradi va bolalarga murojaat qiladi: “Sigirning yonida nima turganini qarang va ayting. Mushukdan chapda nima turibdi? Qo‘y qaysi hayvonlar orasida turibdi?” So‘ngra tarbiyachi o‘yinchoqlarni biri-birining orqasida turadigan qilib aralashtirib qo‘yadi va so‘raydi: “Nima birinchi ketmoqda? Nimadan keyin mushuk ketmoqda? Nimadan oldinda sigir ketmoqda? Qo‘ydan keyii nima ketmoqda?” va h. k. Bolalar atrofdagi buyum orasida o‘z holatlarini zniqlaydigan mashqlar ham samarali: “Stolning orqasida turibman, stolning yonida, deraza oldida turibman”. Katta guruhda maktabgacha yoshdagi bolalar qog‘oz varag‘ida mo‘ljal olishga o‘rgatila boshlanadi. Oldingi guruhlarning dasturlarida bunday vazifa yo‘q edi. Tarbiyachi rahbarligida bolalar ma’lum miqdordagi buyumlarni ko‘rsatilgan yo‘nalishda: qog‘oz varag‘ining yuqori, pastki qismiga, chap qismiga, o‘ng qismiga jonlashtirish malakasini zgallaydilar. Bunday topshiriqlar ham bo‘lishi mumkin: varaqning chap qismiga 5 ta doiracha; o‘ngiga esa 1 ta ortiq doiracha qo‘y; varaqning pastki va ustki qismlariga 8 tadan uch burchak joylashtir. Topshiriqni bajarganidan keyin bola qanday shakllardan nechtasini joylashtirganini va qayerlarga joylashtirganini gapirib beradi. Bolalarni buyumlarning qog‘oz varag‘idagi, stoldagi, poldagi holatini belgilash uchun so‘zlarni to‘g‘ri, ma’nosi bo‘yicha ishlatishga o‘rgatish kerak. Yil oxiriga kelib bolalar o‘zlariga, boshqa odamlarga nisbatan o‘rnini so‘zlar bilan ifodalay oladigan bo‘lishlari kerak. Tayyorlov guruhda bolalarni vaqt bo‘yicha mo‘ljalga olishga o‘rgatish Vaqtni chamalash. Bolalarning vaqt haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash va chuqurlashtirish: “Ertalab”, “Kechqurun”, “Kunduz”, “Tun”, “Kecha”, “Bugun”, “Ertaga” tushunchalarini farqlash va bu so‘zlardan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini mustahkamlash. Bolalarni hafta kunlari bilan tanishtirish va hafta kunlari nomlarini izchillik bilan aytishga o‘rgatish. Kecha haftaning qaysi kuni bo‘lganligini, bugun qanaqa kun, ertaga qaysi kun bo‘lishini aniqlashni o‘rgatish. Bolalarning vaqt haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash va chuqurlashtirish. Yil fasllari bilan tanishtirish va fasllarning nomini to‘g‘ri ketma-ketlikda aytishga o‘rgatish. Каtta guruhda asosiy e’tibor haftadagi o‘zgarishni, yil fasllarining xarakterli xususiyatlarini ongli o‘zlashtirishga qaratiladi. Bolalar kecha qaysi kun bo‘lgani, bugun qaysi kun ekanini, ertaga qaysi kun bo‘lishini, haftadagi kunlar sonini, ularning tartibini aytishni o‘rganadilar. Bundan tashqari, bolalar yil fasllarining xarakterli belgilarini) o‘zlarining bu vaqtdagi o‘yinlarni, odamlarning tabiatdagi mehnatlarini aniqlaydilar. Ma’lumki, bolalar hafta kunlarini bir tekisda o‘zlashtirmaydilar. Ular yakshanba, shanba va dushanbani eng yaxshi eslab qoladilar. Yakshanba — xursandchiliklar bo‘ladigan kun, yaqinlar bilan, ya’ni otaona, buvi va boshqalar bilan birga bo‘ladigan kun. Bu kun yana shunisi bilan ham g‘ayrioddiy kunki, ba’zida bola hayotining odatdagi tartibi o‘zgaradi: buvisining uyida tushlik qilish, mehmonlar kelishi, teatrga borish va h. k. Bolalarni qog‘oz varag‘i sathida predmetlarning qanday joylashganligini (chaproq, o‘ngroq, o‘rtasida, yuqoriroq, pastroq aniqlashga) o‘rgatish. Daftar sathini aniqlash va shakllarni shtrixlar orqali chizishni mashq qilish. Bolalarga predmetlarni pol, qattiq qog‘oz, daftar varag‘i ustiga joylashni mashq qildirish. Tevarak atrofdagi narsalarning vaziyatini aniqlashga doir mashqlar. Maktabga tayyorlov guruhida bolalarning harakat yo‘nalishida ularniig o‘zi va buyumlar orasidagi, buyumlarning o‘zi orasidagi fazoviy munosabatlarda, shuningdek, qog‘oz varag‘ida (tekislikda) mo‘ljal olish malakalari rivojlantiriladi va mustahkamlanadi. Bolalar bilan ishlash metodikasi “chapdan—o‘ngdan”, “ustida—ostida” kabi qarama-qarshi yo‘nalishlarni ajratishga asoslanishi kerak. Bolada qog‘oz varag‘ida mo‘ljal olish malakalarini shakllantirish uchun bunday topshiriq bernladi: varaqning yuqori chekkasiga 4 ta varaqcha va pastki chekkasiga shuncha gulcha qo‘yish. Shundan keyin tarbiyachi bolalarga nima qayerda yotganini gapirib berishni taklif qilishi mumkin. Bundan keyin topshiriqlarning murakkabroq variantlaridan (shakllar miqdorini orttirish, ular o‘rinlarini almashtirish va h. k.) foydalanish maqsadga muvofiq. Shuningdek, “Kim eslab qoladi?”, “Nima o‘zgardi?”, “Nimalari bilan farq qiladi?”, “Juft kartochkalar” kabi o‘yinlarni o‘tkazish tavsiya qilinadi. Bunday topshiriqlarni o‘tkazish metodikasi haqida fikr yuritamiz. Olti yoshli bolalar “o‘ziga” nisbatan to‘la ishonch bilan mo‘ljal oladilar. Ammo hali ularning ko‘pchiligi buyumlarnkng, boshqa odamlarning o‘ng va chap tomonlarini farq qilishda qiynaladilar. Ularni, masalan, o‘zi tomoniga yuzi bilan aylangan o‘rtog‘ining o‘ng qo‘li uning chap qo‘li qarshisida bo‘lish holi ajablantiradi. Nega bunday bo‘ladi? Oldingi ish natijasida bolada quyidagi bilim va malakalarning puxta stereotipi (andozasi) yig‘ilib qoladi: o‘ngda (o‘ngroqda, o‘ngga), o‘ng qo‘l turgan tomonda bo‘ladi. Bu fazo “o‘zidan” mo‘ljal olishda mutlaqo to‘g‘ri. Ammo endi vaziyat o‘zgardi. “Bolaga boshqa odamdan yoki boshqa buyumlardan mo‘ljal olish taklif qilinadi. Demak, munosabat nuqtasi subyektning o‘zidan tashqarida belgilanadi. Bu yerda oldingi tajriba fazoviy vaziyatlarning yangi variantlari bilan ziddiyatlikka kirishgandek bo‘ladi. Haqiqatda esa, masalan, bola o‘zi bilan juft bo‘lib turgan Malik o‘zidan o‘ng tomonda turganini yaxshi biladi. Bu endi odat, oddiy haqiqat. Ammo teskari fazoviy munosabatlarni (chunonchi, “Agar Malik mendan chap tomonda turgan bo‘lsa, u holda men undan o‘ng tomonda turgan bo‘laman”) tushunish tayyorlov guruh bolalari uchun ham unchalik oson emas. Bu yerda “boshqa odamga nisbatan” mo‘ljal olish vaziyati mavjud. Buni to‘g‘ri tahlil qilish uchun bsla eng oldin o‘rtog‘ining o‘ng va chap qo‘li (tomoni)nn aniqlashi kerak. Katta guruhda bolalar bu malakani egallab olishgan, endi esa shu malaka puxta va ustivor ko‘nikma bo‘lishi kerak. Оlti yoshli bolalar o‘ng va chap tomonni boshqa odamga nisbatan aniqlashni xuddi o‘ziga nisbatan o‘ng va chap tomoini aniqlagandek aniqlashini yaxshi tushunib olmoqlari kerak (chap tomon o‘ng qo‘l turgan tomonda; o‘ng tomon chap qo‘l turgan tomonda). Aniqlashning samarali usuli hayolan o‘rtog‘ining orqasiga turishdan iboratdir. Shunday qilib; “yuzi bilan orqasiga” boshlang‘ich holatidan, ya’ni bola o‘rtog‘ining orqasida turgan holatida boshqa odamga nisbatan o‘ng va chap tomonni aniqlash kerak; shundan keyin “yuzma-yuz” holatida, ya’ni boshqa bola qarshisiga turib, “o‘ng-chap” ni farqlash kerak. Keyinroq esa har qanday boshlang‘ich holatda, hatto o‘rtog‘i orqasi bilan turganda ham, “o‘ng-chap” tomonlar aniqlanadi. Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarni aslida tevarak-atrof bilan tanishtirishning bu borasi shu bet yoki varag‘idagi chizilgan, aks etgan rasmlar yordamida tushuntiriladi. Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarni tevarak-atrofni bilishda ega bo‘lgan barcha bilimlarini puxtalash, uni kuzatish, mo`ljal olish malakalari hamda uni belgilay olishlari kabi ko‘nikmalarini mustahkamlash va tevarak-atrofhaqida o‘z fikrlarini to‘la bildira oladigan terminlarning bolada yaxshi o‘zlashtirilishini o‘z vaqtida ta’minlab borish zarur. Bu bilim malaka va ko‘nikmalarning barchasi 1-sinf o‘quvchisining materialini muvaffaqiyatli o‘zlashtirishdagi yutug‘i bo‘lib hisoblanadi. Tevarak atrofni anglashda psixo-fiziologik mexanizmga ham bog‘liqdir, u nison ongidagi ko‘rish,eshitish, so‘zlash, eslab qolish, xotira kabi qobiliyatlar (analizatorlar) yordamida dinamik sistemadek saqlanib qoladi. Ayniqsa bunda harakatlanuvchi analizatorlar va ichki his-tuyg‘ularining roli ahamiyatlidir. Bolalarning tevarak- atrofhaqidagi lug‘atlarining boyib borishi. Ularning tevarak-atrofni tushunishida ikkinchi signal sistemasining tenglashuvini ta’minlaydi. Chet ellarda bolalarni yoshligidan, maktabgacha ta`lim yoshidan boshlab, sekin-asta tevarak-atrofii o‘rgatishda, umumiy tushunchalarni ikkinchi signal sistemasiga bog‘lab olib boriladi. Bu esa bolaning tevarak-atrofni o‘zlashtirishdagi yangi bosqichning boshlanishidir.Tevarak-atrofni idrok qilish biror bir mo‘ljal asosida foydalana bilishni talab qiladi, bola ilk yoshidan boshlab o‘zining sezgilari orqali idrok qiladi, ya’ni tanasining tomonlari bilan mo‘ljal qiladi. Bog‘cha yoshida bola tevarak-atrof tushunchalarini so‘zlarda ifodalanishini egallaydi: oldinda- orqada, yuqoriga- pastga, chapga-o‘ngra. Yosh bolada tevarak atrofni idrok qilishda bolaning shaxsiy tanasi asosiy markaz bo‘lib hisoblanadi va u o‘zining tanasiga nisbatan sezgi organlari orqali mo‘ljalga oladi. Keyinroq borib unga yana bir sistema qo‘shiladi. Bu nutqda ifodalashdir ya’ni so‘zlar bilan.
Bu narsa bolalarda tomonlarni o‘ziga tegishlilarni sezgi, farqlash, aniqlash xususiyatlarini mustahkamlash natijasida bo‘ladi, qaysiki bu tomonlar: yuqoriga, pastga, oldinga, orqaga, o‘ngga, chapga. Shunday qilib bog‘cha yoshi tevarak-atrofning tomonlarini, nomlarini so‘z bilan belgilash sistemasi davridir. Bola qanday qilib bundan foydalanadi? Kuzatishlardan shu narsa ayon bo‘ldiki yuqorida degan so‘zda bola — boshi turgan tomonni, pastda esa — oyoqlari turgan joyni, oldinda — yuzi tomonni, orqasida esa — orqasini, o‘ngda — o‘ng qo‘li qaepda bo‘lsa o‘sha tomonni, chapda — chap qo‘li qayerda bo‘lsa o‘sha yerni idrok qilgan. O‘z tanasi bo‘yicha tevarak — atrofni idrok qilish bu boshlang‘ich idrok bo‘lib xizmat qiladi. Asosiy tomonlarni 3 ta guruhi, qaysiki odam tanasining turli qismlari bo‘yicha eng birinchi bo‘lib yuqori farqlanadi. Bunda bola, tanasi vertikal holatida aniqlaydi. Qolganlari esa kechroq aniqlanadi va farqlanadi bola tomonidan. Bola tomonlarining juft, qarama qarshi tomonlarini guruhini o‘zlashtirsa ham, hali u uning aniqligida yanglishadi. Bolalar uchun asosiy qiyinchiliklar o‘ng va chapni ajratishdir. Kuzatishlardan bola bu qarama-qarshi tomonlarni asta-sekin egallab boradi, qaysiki ularni tajribalari orqali egallab boradilar. Bilimlarni mustahkamlash uchun o‘yinlar:
1. «O‘ng va chap» o‘yini.Bolalar xona bo‘ylab harakat qiladilar. Tarbiyachi o‘ng va chap so‘zlari bilan boshlasa bo‘ladigan tana a’zolaridan birining nomini aytadi, masalan, “o‘ng qo‘l” deydi. Shunda bolalar o‘zlariga juft topib, bir-birlarining o‘ng qo‘llarini ushlashi kerak. Tarbiyachi o‘yinni davom ettirish uchun o‘ng va chap qo‘l so‘zlari bilan boshlasa bo‘ladigan tana a’zolarining nomini aytadi (Masalan, chap qo‘l, o‘ng qo‘l bosh barmog‘i, o‘ng va chap qo‘l).
2. “Harakatni o‘zgartir” o‘yini. Bu o‘yinda piktogramma usulida tomonlarni shartli belgilar bilan belgilab olinadi va musiqa ostida ko‘rsatilgan belgi bo‘yicha harakat qilinadi. Bolalarga qaysi belgida qanqay harakatlanishi oldindan o‘rgatiladi. ↑-oldinga ← -o‘ngga ↓- orqaga ↔- sakrash →- chapga ○ –joyida aylanish Oldinga belgisi ko‘rsatilganda bolalar oldinga bir qadam yurishadi, orqaga belgisi ko‘rsatilganda bolalar orqaga bir qadam yurishadi.
Chap va o‘ng belgisi ko‘rsatilganda bolalar chapga va o‘ngga bir qadam yurishadi. Sakrash belgisida 3-4 marta sakrashadi, doira ko‘rsatilganda turgan joyda 1 aylanib olishadi. Harakatlar bir necha marta takrorlanadi.
3. “O‘yinchoqni top” o‘yini. Bolalarga harakat paytida yo‘nalishni o‘zgarishini o‘rgatishga qaratilgan. Uyda xonaning turli joylariga berkitgan o‘yinchoqlarni topishga tayyorlangan “xatdan”foydalanish.Tarbiyachi: Bolajonlar kechqurun guruhimizga Karlson uchib kelibdi. Karlson sizlarga atalgan sovg‘alarni olib kelgan.Korlson hazilni yaxshi ko‘radi shuning uchun o‘yinchoqlarni yashirib qo‘ygan.Mana bu xatda o‘yinchoqlarni qanday topishni yozilgan. Tarbiyachi konvertni ochib qo‘ydi. Derazani oldiga borib chapga burildi va 5 qadam yurib o‘yinchoqni topasan. Bolalardan biri topshiriqni bajaradi va o‘yinchoqni topadi. Boshqa bola quyidagi topshiriqni bajaruvchi stolni oldiga turib oldinga 3 qadam yur, uyga burilib 4 qadam yur o‘yinchoqni topasan. Iloji boricha bolalarning o‘yinda ishtirok etishiga sharoit yaratiladi.Bolalarning tevarak-atrofidagi fazoda mo‘ljal olishni o‘zlashtirishi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan o‘tkazilgan tajribalardan shuni ko‘rish mumkinki, bolalar tevarak-atrofni mo’ljal olishga o‘rganayotganlaridayoq oddiy tushunchalardan murakkabroq, tevarak-atrof tushunchalariga o‘ta boshlaydilar. Ularning nutqlaridagi «shu yerda», «u yerda», «mana» kabi so‘zlari (biror predmetni ko‘rsatib, aytib) «yonida», «yaqinda», «yonma-yon» kabi yangi terminlar bilan, almashinishi buning yaqqol guvohi bo‘la oladi. Ularning bu terminlardan foydalana boshlashi, predmetlar oralig‘ini aniqlay bilishi boshlang‘ich bilimlarning rivojlanishidir. Bolaning tabiatni, atrofni yanada ko‘proq o‘rganishi natijasida sekin-asta bu terminlar yana ham boyib boradi va u «oldinda», «oldin», «orasida», «orqada» va h.k. larni tushuna boshlaydi. Bolaning bulardan foydalanishining hammasi «yonida», «yaqinida», «yonma-yon» kabi tushunchalarni yaxshi egallanishining natijasidir. Predmetlarning «birin-ketin», «ketma-ket» qo‘shilishi bolalarda bir guruh predmetlarning joylashuvini aniqlashga yordam beradi. Masalan, hamma o‘yinchoqlar ketma-ket turibdi, lekin quyon oldinda, matryoshkalar o‘rtada, qo‘g‘irchoq esa oxirgi o‘rinda turibdi. Bola tevarak-atrofda joylashgan obyektlar o‘rnini aniqlashga (oriyentirovka qilishga) o‘rganayotganida «yonma-yon» so‘zining ma’nosiga keyinroq tushunadi, yoki «o‘rtada», «orasida» kabilarni o‘rganib bo‘lgach, keyinroq «atrofida», «chetida», yoki «yonidan», yana keyinroq borib bola bu so‘zlarni atroflicha tushuna boshlaydi va chap tarafdami yoki o‘ng tarafdami, farqlay boshlaydi. Lekin bolalarga tevarak-atrofni mo‘ljal olishga o‘rgatish ishini turli yo‘llar va yo‘llanmalar bilan tushintirish kerakligini unutmaslik kerak. Tevarak-atrofni anglash psixo-fiziologik mexanizmga ham bog‘liqdir, u inson ongidagi ko‘rish, eshitish, so‘zlash, eslab qolish, xotira kabi qobiliyatlar (analizatorlar) yordamida dinamik sistemadek saqlanib qoladi. Ayniqsa, bunda harakatlanuvchi analizatorlar va ichki his-tuyg‘ularining roli ahamiyatlidir. Bolalarning tevarak-atrof haqidagi lug‘atlarining boyib borishi ularning tevarak-atrofni tushunishida ikkinchi signal sistemasining tenglashuvini ta’minlaydi. Chet ellarda bolalarni yoshligidan, maktabgacha ta`lim yoshidan boshlab, sekin-asta tevarak-atrofii o‘rgatishda, umumiy tushunchalarni ikkinchi signal sistemasiga bog‘lab olib boriladi. Bu esa bolaning tevarak-atrofni o‘zlashtirishdagi yangi bosqichning boshlanishidir.Ko‘rib idrok qilish va o‘lchash asosida fazoni idrok etish. Tevarak-atrofni idrok qilish biror bir mo‘ljal asosida foydalana bilishni talab qiladi, bola ilk yoshidan boshlab o‘zining sezgilari orqali idrok qiladi, ya’ni tanasining tomonlari bilan mo‘ljal qiladi. Maktabgacha ta`lim yoshida bola tevarak-atrof tushunchalarini so‘zlarda ifodalanishini egallaydi: oldinda – orqada, yuqoriga – pastga, chapga – o‘ngga kabi. Yosh bolada tevarak-atrofni idrok qilishda bolaning o‘z tanasi asosiy markaz bo‘lib hisoblanadi va u o‘zining tanasiga nisbatan sezgi organlari orqali mo‘ljal oladi. Keyinroq borib unga yana bir sistema qo‘shiladi. Bu nutqda ifodalashdir, ya’ni so‘zlar bilan. Bu narsa bolalarda tomonlarni o‘ziga tegishlilarni sezgi, farqlash, aniqlash xususiyatlarini mustahkamlash natijasida bo‘ladi, yuqoriga, pastga, oldinga, orqaga, o‘ngga, chapga kabi. Shunday qilib, bog‘cha yoshi tevarak-atrofning tomonlarini, nomlarini so‘z bilan belgilash sistemasi davridir. Masalan, “Bayroqchaga qarab yur” o‘yini. Maqsad: Bu o‘yin bolaning xotirasini, diqqatini rivojlantiradi. Bolalarning fazoviy tasavvurlari mustahkamlanadi. O‘yinning borishi: Tarbiyachi mashg‘ulotni boshlashdan oldin xonaning turli joylariga bayroqchalarni qo‘yib chiqadi. Tarbiyachi bir bolaga topshiriq beradi. “Shkafga borib, chapga, chapga 6 qadam yur va uchburchak shaklidagi bayroqchani ol” bola topshiriqni bajarib, bayroqchani topadi. Bolalar bunday topshiriqni osongina bajarsalar, topshiriqlar murakkablashtiriladi. Masalan “8 qadam oldinga yur, o‘ngga buril, 4 qadam yur, chapga buril. U yerda to‘rtburchak shakldagi bayroqchani topasan. O‘yin bir necha marta takrorlanadi. Yana bir o‘yin «Kunduzi kim qayerda ishlaydi?» o‘yinini boshlagach, tarbiyachi: ”Kunduz – shunday vaqtki, bunda hamma kishilar ishlaydi. Ba’zilar chiroyli buyumlar qiladilar, uy quradilar, meva va sabzavot yetishtiradilar, fabrika va zavodlarda ishlaydilar. Yaxshi mehnat kishini go`zal qiladi va xursand qiladi. Mana, biz ham shahar ko‘chalariga boramiz, kim qanday ishlayotganini ko‘ramiz. Kunduzi ko‘chalarda odamlar, mashinalar ko‘p, ko‘cha harakati qoidalariga rioya qilish kerak. Qani, eslab ko‘ringlar, ko‘chadan o‘tayogganda qanday qoidalarga rioya qilish kerak? Ko‘chada o‘zini qanday tutish kerak?”deb aytadi.


XULOSA
1. Maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarda elementar matematik tassavurlarni shakllantirish metodikasining nazariy asoslari va amaliy masalalarini o'rganish kichik, o'rta va katta yoshdagi bog'cha tarbiyalanuvchilarining ilk matematik bilim va ko'nikmalarni egallashlariga, faolligini oshirish usullarini bo'lajak maktabgacha ta‘lim tarbiyachilarining kelgusi amaliyotda muhim vosita hisoblanadi va dastlab bolalarga elementar matematik tushunchalar ustida ishlashga o'rgatishda hamda ularning qo'llanilishiga doir misol va masalalarni yecha olishga o'rgatish muhim o'rinni egallaydi. 2. Maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarda elementar matematik tassavurlarni shakllantirish usularidan foydalanishga doir mashq va topshiriqlarni bosqichma-bosqich bajarishga o'rgatish, ular yordamida tahlil qilish, tadqiqot o'tkazish, kichik, o'rta va katta yoshdagi bog'cha tarbiyalanuvchilarining mantiqiy ilk matematik faoliyat tadbiqlarini amaliy faoliyatda zarurligi va qo'llash usullriga o'rgatishda foydalanish ularning bilim saviyalarining oshishiga va fikrlashlarini o'stirishga ijobiy ta‘sir ko'rsatadi. 3. Maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish usullari yordamida bolalar bilan sonli miqdorlar, geometrik shakllar, fazo va vaqtga doir konkret mashqlar va masalalar yechish jarayonida nazariy mantiqiy savollardan foydalanish nafaqat mantiqiy tafakkur ko'nikmalarini rivojlantirishga, balki nazariy qoida va tushunchalarning tadbiqlarini go'zlashtirilishini ta‘minlaydi va ularni bosqichma-bosqich tafakkur usullari mohiyatini tushunishlariga xizmat qiladi. 4. Maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarda elementar matematik tassavurlarni shakllantirish usullaridan foydalanish ko'nikmalarni shakllantirishda yangi pedagogik texnologiyalarni qo'llash: loyihalash usuli, axborot –kommunikativ vositalaridan foydalanish, turli interfaol dars usullarini qo'llash, bunda o'qituvchining turli imkoniyatlardan foydalana olishi, tayyorlovchi savol va topshiriqlardan o'rinli foydalana olishini talab etadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda fazoviy yo'nalishni rivojlantirish xususiyatlari. "Boshlang'ich maktab yoshidagi bolalarda fazoviy yo'nalishni rivojlantirish


Eko
N.Yu.ning uslubiy tavsiyalariga muvofiq tuzatish va rivojlantiruvchi ta'lim vazifalarini bajarishda. Boryakova, o'qituvchi-defektolog quyidagi faoliyat sohalariga e'tibor beradi: tashqi dunyo bilan tanishish va nutqni rivojlantirish; savodxonlikni o'rgatishga tayyorgarlik; sensorimotor rivojlanish; fazoviy va vaqtli tasavvurlarni rivojlantirish.
Spatio-temporal tasavvurlarni ishlab chiqish-faoliyatning eng qiyin turi. Bu maktabgacha tarbiyachilarning o'ziga xos ta'lim ehtiyojlari bilan bog'liq: turli miya tuzilmalarini funktsional birlashtirish jarayonining sekinlashuvi, idrok, taqqoslash, tanib olish, xotira, nutq jarayonlarini amalga oshirishda ularning maxsus ishtiroki shakllanmaganligi. , o'ylash. Bunday bolalar "motorli ko'nikmalarning bolaligi" bilan ajralib turadi - notinchlik, ishtiyoqsizlik, harakatlarning muvofiqlashtirilmasligi.
Maxsus ta'limga muhtoj bolalar axborotni qabul qilish va qayta ishlashda, idrokning yaxlitligida, fazoviy idrokda qiyinchiliklarga duch keladilar. Ular yuqori aqliy funktsiyalarning rivojlanmaganligi bilan ajralib turadi: e'tibor, xotira, idrok, fikrlash. Ular tezda charchaydilar, beparvo, qiziqishlari beqaror. Bolalarda diqqat doirasining torayishi, ma'lum vaqt ichida kerakli ma'lumotni idrok qila olmaslik kuzatiladi, shuning uchun ularning faoliyati odatdagidek rivojlanayotgan bolalarga qaraganda sekinroq sur'atda amalga oshiriladi. vazifalar ancha past. Bolalarning xotirasi o'ziga xos xususiyatlar bilan ajralib turadi, ular e'tibor va idrokning buzilishiga, charchoqning oshishiga va bilim faolligining pasayishiga bog'liq.
Shunday qilib, bu bolalar uchun makonni idrok etish va undagi narsalarning joylashuvi eng katta qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Agar ish barcha mutaxassislar va ota -onalar bilan birgalikda olib borilsa, fazoviy yo'nalishni rivojlantirish eng muvaffaqiyatli bo'ladi.
Biz fazoviy yo'nalishni rivojlantirish bo'yicha vazifalar tizimini taklif etamiz.
Birinchidan, bolani yaqin atrofdagi narsalarni tanib olish va nomlashga o'rgatish kerak. Har bir mavzuga e'tibor qarating va uning joylashgan joyini muhokama qiling: yuqorida, pastda. Shuningdek, narsalarni qo'liga olish va ularning funktsional ma'nosini tushunish. Shunday qilib, ma'lumot to'planib, bolani kosmosga yo'naltirishga o'rgatadi.
Ob'ektning shakli va hajmini aniqlash kosmosda yo'nalishni shakllantirishning boshlanishi bo'ladi.
O'z tanasining qismlarini fazoviy yo'nalishga o'rganish maxsus atamalarni ajratish qobiliyati to'g'risida amaliy tushunchani mustahkamlashga yordam beradi: "yuqorida", "pastda", "o'ngda", "chapda", "oldda", "orqada". ”. Bunga ko'rsatmalar: "O'yinchoqni yuqori tokchaga qo'ying" (o'ng tomoningizda va boshqalar) ko'rsatmalar shaklida berilgan guruh xonasida, ofisda, binoda harakat qilish qobiliyati yordam berishi mumkin. ko'rsatma aniqroq (qutida, qutining orqasida, qutida, qutining tagida). Kelajakda predloglar murakkablashadi.
Ko'rsatmalarga muvofiq ob'ektlarning amaliy joylashuvi bilan bir qatorda, bolaning nutqi so'zlar - predloglar va tushunchalar bilan boyitiladi: yuqori, past, chap, o'ng va boshqalar.
Vazifalar ketma -ketligi ota -onalarga etkazilishi kerak. Shuning uchun, "Ota -onalar maktabi" doirasida biz murakkablikka mos ravishda bir qator o'yinlarni taklif qilamiz, ularni maktabgacha va uyda ham ishlatish mumkin.
1. D / I “Rasmlarni kesib tashlang"(" O'yinchoqlar "," Sabzavotlar "," Mevalar "," Hayvonlar "," Qushlar "leksik mavzulari bo'yicha). Ob'ekt rasmlari ma'lum qismlarga bo'linadi: 2, 3, 4 (keyin sonlar ko'payadi) Bolalar qismlarni bir butun qilib yig'ib, ob'ekt yoki narsalarga nom berishlari kerak. Keyin bir nechta narsalarning qismlari aralashtiriladi va bolalarga hamma taralgan rasmlarni yig'ishga taklif qilinadi.
2. D / I “Uchastka yarating"(Geometrik figuralardan rasmni modellashtirish) uy, arava, kardan odam, stakan, kema / qayiq. Ob'ektlarning qismlarini kesib oling: stolga turli xil rang va o'lchamdagi doiralar, tasvirlar, kvadratlar, uchburchaklar, chiziqlar qo'yiladi, mavzu rasmiga muvofiq qog'oz varag'i. Bola mustaqil ravishda yoki yordami bilan narsalarni tartibga soladi va nima qilganini aytib beradi. Siz jumlalar va hikoyalar tuzishingiz mumkin.
3. D / Va "Uyda kim yashaydi?"
Bu o'yin fazoviy munosabatlarni ham rivojlantiradi.
Bolalar ob'ekt rasmlarini uy shaklida tartibga soladilar. Ko'rsatmalarga ko'ra, bolalar rasmlarni ko'rsatmalarga muvofiq aylantiradilar: markazda joylashgan rasmni markazning o'ng tomoniga va hokazo. Oddiy versiyada 4 ta rasm ishlatiladi va ko'rsatmalar soddalashtiriladi: tepada - pastda joylashgan rasmlarni aylantiring va ularni nomlang. Keyin eslab qolish va rasmlarda chizilgan narsalarni xotiradan nomlash taklif qilinadi.
Bolalarning mahorat darajasiga qarab, rasmlar soniga qarab 4 ta topshiriq varianti ishlatiladi.
Birinchi variantda 4 ta rasm ishlatiladi.
Ikkinchi variantda 6 ta rasm ishlatiladi.
Uchinchi variantda 9 ta rasm ishlatiladi.
4... D / va gilam qoplamasi “Rasm yarating”(Geometrik shakllar to'plami - velkro) Velcrodan kesilgan har xil o'lchamdagi va rangdagi geometrik figuralarni bolalar gilamga qo'yadilar. Siz "Hikoya tuzing" o'yiniga o'xshash rasm yaratishingiz mumkin. Bunday holda, topshiriq boshqacha tarzda amalga oshiriladi, ob'ektlar faqat varaqda emas, balki "tayoq" bo'lib, bu vazifaga boshqacha yondashuvni taklif qiladi. Tugatgandan so'ng, bolalar jumlalar tuzadilar. Keyin narsalar olib tashlanadi va bolalar rasmda qanday narsalar borligini eslaydilar.
5. Devor paneli "qo'ziqorin Fazoviy yo'nalishni rivojlantirish to'g'risida (oddiy va murakkab predloglarni tushunish va nomlashni rivojlantirish). Devorda joylashgan va Velcro bo'lgan katta hajmli qo'ziqorin bolalarga "tepa", "pastda", "o'ngda", "chapda" tushunchalari va predloglar haqidagi bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi. Bolalar hasharotlar yoki gullar, barglarni turli joylarga joylashtirishlari kerak: qo'ziqorin ustida, qo'ziqorin ostida, qo'ziqorinning o'ng tomonida va hokazo. Ob'ektlar avval ko'rsatmalarga muvofiq joylashtiriladi, keyin bolalar ularni o'zlari tartibga soladilar. Shu bilan birga, ular bajarilgan harakatlarni nomlaydilar: men chumolini qo'ziqorin ostiga qo'yaman, kelebek qo'ziqorin ustida uchadi va hokazo. Siz bir nechta narsalarni tartibga solib, hikoya tuzishingiz mumkin.
6... D / Va "Barglar qaysi daraxtdan?"
Bu o'yin bolalarga daraxtlarning barglarini farqlashni va ularning joylashishini aniqlashni o'rganishga yordam beradi: yuqorida, pastda, o'ngda, chapda, daraxtda, daraxt tagida, daraxt ortida, daraxt yonida.
1 -variant. Bolalar barglarni tekshiradilar va teginish orqali har bir barg qaysi daraxtdan ekanligini aniqlaydilar. Keyin bargni ko'rsatmalarga muvofiq joylashtiring: bargni daraxtga osib qo'ying, bargini daraxt tagiga qo'ying, bargini daraxt yoniga qo'ying va hokazo.
2 -variant. Bolalar barg qaysi daraxtdan ekanligini aniqlaydilar, unga nom beradilar va o'z xohishlariga ko'ra joylashtiradilar. Bolalarga ushbu varaq qaerda joylashganligini nomlash tavsiya etiladi. Bolalar taklif qilishlari tavsiya etiladi.
3 -variant. Bolalar o'z xohishiga ko'ra varaqni daraxtning tegishli tartibiga "osib qo'yishadi". Barg osilgan daraxt nomi. Old so'zlar yordamida gap yoki hikoya tuzing.
7.D / I "Stol ustidagi shahar".
Bu o'yinda bolalar binolar, uylarning qismlari, uylar qurilgan materiallar haqidagi bilimlarini mustahkamlashlari mumkin. Shuningdek, o'yin otlar, sifatlar, fe'llarning so'z boyligini boyitishga qaratilgan; otlarni sifatlarga aylantirish qobiliyati (g'isht - g'isht), fe'llarni prefiksli fe'llarga aylantirish (ketish - ketish - aylanmoq -yurish); katta hajmli narsalarni ko'rsatmalarga muvofiq tartibga solish va bajarilgan harakatdan keyin hikoya tuzish qobiliyati.
1 -variant. Katta odamning ko'rsatmalariga binoan shahar binolarini stolga qo'ying. Binolarni nomlang, tartibini ko'rib chiqing, binolarning qismlarini aniqlang.
2 -variant. Ko'rsatmalarga yoki rasmga muvofiq shahar bo'ylab transportni tashkil qiling, harakatlarni mag'lub qiling. Misol: Men garajdan chiqib ketdim. Men mashinada bolalar bog'chasiga bordim. Men uning atrofida aylanib yurdim. Men do'konga bordim. Do'kondan chiqib ketdi.
8. D / va "Kim qaerda yashaydi?"
Bu o'yin bolalarga kosmosda sayohat qilish qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi, old qo'shimchalarning amaliy qo'llanilishini birlashtirishda, uchun, ostida, ustida; bolalar nutqini, savollarga to'liq jumla bilan javob berish qobiliyatini rivojlantirish; mantiqiy xulosa chiqarish; qisqa muddatli xotirani rivojlantirish.
Bolalarga stol ustiga teskari joylashtirilgan 9 ta rasmni taklif qiling. Bolalar ularga nima chizilganini bilishmaydi. Bolalar bu "g'isht" rasmlardan uy quradilar (har bir satrda 3 ta rasm).
O'qituvchining og'zaki ko'rsatmalariga muvofiq rasmlarni aylantirishni taklif qiling:

  1. Dastlabki bosqichda vazifalar sodda: yuqori o'ng burchakda joylashgan rasmni aylantiring; pastki o'ng burchak, yuqori chap burchak, pastki chap burchak. Rasmni markazga aylantiring.

  2. Oddiy ko'rsatmalarni tuzatgandan so'ng, biz bolalarga murakkab vazifalarni bajarishni taklif qilamiz: rasmni bu rasmning chap tomoniga, o'ng tomoniga burish;

  3. Keyingi qadam - murakkab ko'rsatmalardan foydalanish: rasmni qor parchasi ostiga, qor parchasi ustida, qor parchasining o'ng tomoniga va hokazo.

Ko'rsatmalar fazoviy pozitsiyalarni belgilaydigan predloglardan foydalanadi: yuqorida, pastda, o'rtasida, o'ngda, chapda. Bolalar predloglarni takrorlaydilar va ular bilan jumlalar tuzadilar. Keyin o'zlari boshqa bolalarga ko'rsatma berishadi.
Albatta, maxsus tayyorgarliksiz ota -onalar muayyan ijobiy natijalarga erisha olmaydi. Shuning uchun bu o'yinlarni ota -ona va bola bilan birgalikda o'tkazish maqsadga muvofiqdir. Bu ota -onalarga ham, bolalarga ham yordam beradi. Bolalar ota -onalariga yaqin bo'lishdan, ularning yordami va qo'llab -quvvatlashini his qilishdan mamnun bo'lishadi.
Ota -onalar uchun har bir seminar uchun siz jiddiy tayyorgarlik ko'rishingiz kerak. Estetik jihatdan, o'yinni malakali qiling, o'yin qoidalarini ta'riflang, o'yin faoliyati uchun joy tayyorlang. O'yin qiziqtirgan savollarga javob beradigan o'qituvchining bevosita nazorati ostida o'tkaziladi. Kuniga bitta yoki ikkita o'yinni ishlatish maqsadga muvofiqdir. Shunga o'xshash vazifalar bo'lsa, ikkitasi.
Shunday qilib, o'z ishida sizning e'tiboringizga taqdim etilgan mashqlar va topshiriqlar to'plamidan foydalanib, bolalar fazoviy yo'nalishni rivojlantirishda kerakli bilimlarga ega bo'ladilar va bilimlarni maktabda qo'shimcha ta'lim jarayonida amalda qo'llay oladilar. Va ota -onalar ularga eng to'liq yordam va ko'mak bera oladilar.

Download 141.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling