Bolalarda predmetning oʻlchami va ularni o’lchash haqidagi tasavvvurlarni shakllantirish


Bolalarda shartli o‘lchov yordamida turli o‘lchamlarni o‘lchash haqidagi tasavvurlarni shakllantirish


Download 240 Kb.
bet9/10
Sana18.06.2023
Hajmi240 Kb.
#1554559
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
BOLALARDA PREDMETNING OʻLCHAMI VA ULARNI O’LCHASH HAQIDAGI TASAVVVURLARNI

Bolalarda shartli o‘lchov yordamida turli o‘lchamlarni o‘lchash haqidagi tasavvurlarni shakllantirish
B olalarga shartli o‘lchovlarni o‘rgatishdan oldin o‘lchovning aniq chiqishiga yordam beradigan quyidagi qoidalarni tushintirish lozim:


  1. Hap doim o‘lchovni eng chekkadan boshlash kerakligi haqida.

  2. O‘lchovning oxirini belgilab qo‘yish kerakligi haqida.

  3. Predmetning uzunligini o‘lchash vaqtida o‘lchov chapdan o‘nga qarab, eni bilan bo‘yini o‘lchagan vaqt o‘lchov yuqoridan pastga qapab olinishi haqida.

  4. Keyingi o‘lchovni oxirgi belgi qo‘yilgan joydan boshlash kerakligi haqida.

  5. O‘lchov olayotgan vaqtda albatta uning sonini sanash kerakligi haqida.

Bolalarni uzinlikni o‘lchashga o‘rgatish vaqtida o‘lchovni soniga qarab, tasmalarning uzunligini o‘lchash yoki chiziqchalarda ramka chizishni taklif qilinadi.
Kundalik hayotda olib borgan maxsus mashg‘ulotlar davomida bolalarni uzunlik o‘lchashni, turli usullarini o‘rganib oladilar. Enini o‘lchashga o‘rgatish vaqtida bolalarga o‘lchovni predmetning kundalangiga qarab qo‘yganligini tushintirishning o‘zi kifoya. Predmetning uzunligi va enini o‘lchash vaqtida olgan ko‘nikmalarini balandlikni o‘lchash vaqtida qo‘llaydilar, shuning uchun bu o‘lchovni olishda qiynalmadilar va birinchi mashg‘ulotdayoq o‘lchovni to‘g‘ri ola boshlaydilar.
Tajriba va kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, 6— 7 yoshli bolalar uzunlikni o‘lchashni to‘la egallash qobiliyatiga egadirlar.
Turli narsalarni o‘lchay olishga o‘rgatish bolaning aqliy taraqqiyotiga katta ta’sir qiladi. Shuning uchun bog‘chaning katta tayyorlov gruppalarida olib borgan ta’lim-tarbiyalari natijasida ularga uzunlikni o‘lchash, og‘irlikni o‘lchash, suyuqliklarning sig‘imini o‘lchash va ularning o‘lchov birliklari bilan tanishtirib borish kerak.
Ta’lim berish natijasida (bola):

  1. O‘lchash, bolaga o‘lchanayotgan obyekt haqida aniq bilim beradi.

  2. O‘lchashlarning soni uning katta-kichikligiga bog‘liq bo‘ladi.

  3. O‘lchashlarning soni va ularning o‘lchami o‘rtasida funksion bog‘liq borligini ko‘rsatadi.

Shunday qilib bolalarning shartli o‘lchov haqidagi bilimlari ularning umumiy o‘lchov haqidagi bilimlarini kengaytirishga olib keladi.


XULOSA
Bir guruhda buyumlar bir-biridan katta masofada joylashgan, boshqa guruhda esa yaqin joylashgan bo’lib, nisbatan kam o’rinni oladi, ammo ularning miqdori ikkala guruhda ham bir xil. Bolalar bunga kkala guruhdagi buyumlarni sanab chiqib ishonch hosil qiladilar. Katta va kichik buyumlarning tengligi ham, qator yoki biror geometrik figura (masalan, doyra, kvadrat, uchburchak) shaklida joylashtirilgan .buyumlar tengligi ham shunday qaraladi. Tengliklarni tekshirish uchun bolalarga bir guruh buyumlarni ikkinchi guruh bu- yumlari qarshisiga (juftlab) joylashtirish, ularni sanab chiqish va topilgan. sonlarni taqqoslashni taklif» qilish mumkin. Shuningdek tengsizliklarni taqqoslashga doyr mashq-lar o’tkazish kerak, bunda bolalarga qandaydir bu- yumlar ikkinchi taqqoslanayotgan guruhdagi buyumlardan kam joy egallashiga qaramay (ularning joylashuvi,.kattaligiga qarab), ko’p bo’lishi mumkinligini ko’rsa-tish kerak. Bu xil mashqlar bolani buyumlarning soni ularning o’lchami va joylashuvlariga bog’liq bo’lmasligini tushunishga olib keladi. Bolalar buyumlarni sanash malakasini egallab ol-ganlaridan keyin, ularni ob’ektlarni sanab ajratishga, mustaqil ravishda ma’lum sondagi buyumlarni o’z ichiga olgan guruhlar tuzishga o’rgata boshlash, bunda ularga sanash usulini ko’rsatish kerak. Tarbiyachi stol- ga bir xil ko’p o’yinchoqlarni joylashtiradi va umumiy" miqdordan 3 ta o’yinchoqni sanab ajratish kerakligin» aytadi. Guruhlardan 1 ta o’yinchoqni olib, tarbiyachi:. unistolning boshqa bir chekkasiga qo’yadi va «Bir» deydi. So’ngra indamay yana bitta o’yinchoqni oladi va unn birinchisining oldiga qo’yib, «ikki» deydi va h. k. Tarbiyachi son so’zini u o’yinchoqni ajratib qo’yilgan o’yin-choqlar yoniga qo’yganidan keyingina aytadi. Shundan keyin bolalarga kichkina o’yinchoqlar to’plami tarqatiladi. va to’plamdan ma’lum miqdorni (2—3 ta o’yinchoqni) olish taklif qilinadi. Bundan keyin ushbu xildagi mashqlarni o’tkazish maqsadga muvofiq: «Stol atrofida nechta qo’g’irchoq o’tirgan bo’lsa, shuncha piyolani ajratib sana». «4 ta quyonchani ajratib sana va keltir». «3 ta quyoncha va 4 ta sabzi keltir» va H. k. Shuningdek.. nafaqat sanoq malakasini mustahkamlaydigan, balk». shu bilan bir vaqtda shakl, o’lchov haqidagi tasavvurlarni shakllantirish imkonini beradigan, fazoda ori-entir (yo’nalish) olishni rivojlantirishga yordam beradigan mashqlarni ham o’tkazish kerak. Masalan, buyumlarni sanash va ularning o’lchamlarini taqqoslash, fazoda joylashuvlarini aniqlash (chapda, o’ngda, yuqori qa, pastda, ustida, tagida) mumkin. Ko’rish analizatorlari ishtirokida, buyumlarni sa-ash bilan bir qatorda, bolalarni tovush chiqarib, ush- lab ko’rib, shuningdek harakatlarni sanash bo’yicha mashq.. qildirish kerak. Masalan, tarbiyachi bolalarga o’zi ba-rabanga, stolga, childirmaga, metallofonga va h. k. ga necha marta urishini sanashni, necha qadam qo’yganini sanashni taklif- qiladi; kartochkaga nechta buyumning rasmi solingan .bo’lsa, shuncha harakat qilishni, bolg’acha bilan necha marta ursa, shuncha marta takillatishni taklif qiladi. Shundan keyin bolalarni aytilgan son bo’yicha harakat bajarishga o’rgatish kerak: «To’rt mar- ta o’tirib turing», «Koptokni uch marta osmonga irg’iting» va h. k. Har xil analizatorlar ishtirokida sanash bolaning yakuniy sonining ma’nosini chuqurrok. tushunishiga yordam beradi. Urta guruhda bolalar birinchi marta 5 gacha bo’lgan sanoq tartibi bilan tanishtiriladi, u yoki bu buyumning tartib bo’yicha o’rnini topish o’rgatiladi. «Qancha?», «Qaysi?», «Sanoq bo’yicha nechanchi?» savollariga.to’g’ri javob berishga o’rgatiladi. Bolalarni sanashga o’rgatish mashg’ulotlarning maz-muni quyidagidek bo’lishi mumkin: Tarbiyachi stol ustiga 3 ta har xil (qizil, sariq,yashil) rangli avtomobilni qo’yadi, bolalardan avtomo-billarning rangini aytishni, so’ngra stolda hammasibo’lib nechta mashina borligini sanab bilishni so’ray di. Bolalar «bir, ikki, uch» va h k. deb sanab, hammaavtomobillarning nechtaligini aytib beradilar. Tar-biyachi yashil avtomobil nechanchi o’rinda turganini qan-day bilish mumkinligini so’raydi. Buning uchun ham sa-nash kerak, ammo boshqacha sanash kerakligiii aytadi va avtomobillarni tartibi bilan (chapdan'ungga qar.ab) qayta sanaydi: «Birinchi, ikkinchi, uchinchi». Bolalar -bilan birga, yashil mashina uchinchi o’rinda turibdi, debxulosa chiqaradi. So’ngra tarbiyachi sariq mashinani eng oxiriga qo’yadi va bolalarga sariq mashina nechanchi o’rinda turganini aniqlashni so’raydi. Yashil mashina ne- chanchi o’rinda turganini so’raydi va h. k. Tarbiyachi o’yin choqlarning o’rinlarini almashtirib, bolalarni sanok, tartibi bo’yicha m.ashq qildiradi. U har gal buyum- larni chapdan o’ngga qarab, tartibi bilan sanash kerakligiii eslatadi.

Shundan keyin bolalarga har xil rangli, masalan, sariq, yashil, ko’k rangli uchta cho’pni stolga qator yoyish- ni taklif qilish mumkin. Bolalar birinchi, ikkinchi, uchinchi cho’pning rangini aytishlari, shundan keyin uchinchi (ikkinchi, birinchi) cho’pni kizil rangli cho’p Bilan almashtirishlari kerak. Topshiriqni bajarib, bolalar qaysi (sanoq bo’yicha qaysi) cho’pni almashtirganlarini


Download 240 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling