Bolalarda predmetning oʻlchami va ularni o’lchash haqidagi tasavvvurlarni shakllantirish
Download 240 Kb.
|
BOLALARDA PREDMETNING OʻLCHAMI VA ULARNI O’LCHASH HAQIDAGI TASAVVVURLARNI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining vazifasi.
Kurs ishining maqsadi. Maktabgacha ta'lim- bolaning individual, yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda uning jismoniy va psixik rivojlanishini, uzluksiz ta'limning keyingi bosqichi -maktabga o'z vaqtida va to'laqonli o'tishini ta'minlovchi har tomonlama, maqsadga yo'naltirilgan ta'lim va tarbiya jarayonidir.
Kurs ishining vazifasi. Ta'lim tizimi rivojlanishining zamonaviy davri-maktabgacha birinchi bosqichida quyidagilarda namoyon bo'luvchi o'zgarishlar yuz bermoqda: - maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatining huquqiy-me'yoriy asosi takomillashib bormoqda; - muassasalar moliyaviy-xo'jalik faoliyatining yangi shakllariga o'tmoqda; - nodavlat tashkilotlar tarmoqlari kengaymoqda; ta'limning ilg'or texnologiyalari tatbiq etilmoqda; - kadrlar malakasini oshirish tizimi takomillashmoqda; maktabgacha ta'lim muassasalarining alternativ shakllari tatbiq etilmoqda. Maktabgacha ta'lim muassasalarining innovatsion va eksperimental faoliyati kengaymoqda. O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida bolalarni intellektual taraqqiyotini rivojlantirishga to'sqinlik qiluvchi quyidagi muammolar ko'rsatib o'tildi: - maktabgacha yoshdagi bolalarning to'liq qamrab olinishini ta'minlash uchun maktabgacha ta'lim muassasalari sonining yetarli emasligi; - maktabgacha ta'lim muassasalarining malakali pedagog kadrlar bilan ta minlanmaganligi; - ota-onalarning bola shaxsining shakllanishida maktabgacha ta'limning ijobiy jihatlari va foydasi haqida yetarlicha ma'lumotga ega emasligi; - zamonaviy o'quv-metodik materiallar va ko'rgazmali qurollarning yetishmasligi . Ma'lumki, iste'dodli bolalar va iqtidorli yoshlar davlatning intellektual salohiyatini oshirib boruvchi va aniq maqsadlar yo'lida samarali foydalanishi uchun zarur bo'lgan «oltin zahirasi» dir. Bu-davlatimiz qudrati, mamlakatimiz kelajagi bilimli, dono va ma'naviy barkamol, iste'dodli, ijodkor, qobiliyatli kadrlarga bog'liq ekanini chuqur anglagan holda faoliyat yuritish demakdir. Bu esa asosan maktabgacha ta'lim muassasalari oldida turgan muhim vazifalaridan biridir. Bolalarni intellektual taraqiyotini jadallashtirishda ularning qiziqishlari, moyilligi, layoqati va qobiliyatlarini bilish katta ahamiyatga ega. Download 240 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling