Bolalarda qaddi-qomatning shakllanishi va rivojlanishi Reja: Bolalarda qaddi-qomatning shakllanishi


Download 19.94 Kb.
bet5/6
Sana06.11.2023
Hajmi19.94 Kb.
#1752814
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bolalarda qaddi-qomatning shakllanishi va rivojlanishi Reja Bol-hozir.org

Skolioz tayanch-harakat apparati kasalliklariga kiradi, u umurtqa pog‘onasining yon tomonga qiyshayishidir. Kasallik o‘z vaqtida davolanmasa, uzoq yilga cho‘ziladi va oqibat natijada ko‘krak qafasi bo‘shlig‘idagi hayotiy muhim organlarga zarar yetadi. Bu kasallikda ko‘pincha umurtqa pog‘onasining shakli buziladi. Skoliozning og‘ir-yengil kechishi umurtqa pog‘onasining qanchalik qiyshayganiga bog‘liq. Qobirg‘alar uchining bir oz bo‘rtganligi 10° qiyshayishi skoliozning birinchi darajali belgisi qovurg‘alarda bukirlik hosil bo‘lib qiyshayish burchagi 30° gacha bo‘lsa ikkinchi darajali, qiyshayish burchagi 30-50° bo‘lganda skoliozning uchinchi darajasi va nihoyat qiyshayish burchagi 50° dan ortsa, skoliozning to‘rtinchi darajasi rivojlangan bo‘ladi.
O‘quvchilar o‘qish jarayonida umurtqa pog‘onasining juda zo‘riqishi skoliozga sabab bo‘ladi. Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida, maktab internatlarda shifokorlar, biologiya o‘qituvchilari o‘quvchilarni vaqti-vaqti bilan tekshirib turishi, o‘quv muassasalarida o‘quvchilarning o‘qishi, mehnat qilishi uchun talab qilingan gigiyena sharoiti yaratib berilishi shart. Ayniqsa bog‘cha, kichik maktab yoshidagi bolalarni tekshirib, skolioz bor yo‘qligini aniqlash va zo‘rayib ketmasligi uchun chora-tadbirlar ko‘rish muhim ahamiyatga ega.
Noto‘g‘ri o‘tirish natijasida umurtqa pog‘onasining yon tomonga egilishi (skolioz). Bolalar va o‘smirlar tez o‘sib rivojlanadilar. Bu davrda ularning ovqatlanishiga katta ye‘tibor berish kerak. Bolalar ovqatida vitaminlar, ayniqsa vitamin D, tuzlar (ayniqsa kalsiy tuzlari) yetarli bo‘lmasligi, oyoq suyaklarini noto‘g‘ri shakllanishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Buning oqibatida oyoqlar X simon yoki O simon qiyshayadi.
Oyoqlarning X-simon shaklida oyoqning tizza qismlari bir-biriga tegib turganda tovonlar bir- biridan uzoqlashadi. Oyoqlarning O-simon shaklida, aksincha tovonlar bir-biriga tegib turganda, tizzalar bir-biridan yiroqlashgan holatda bo‘ladi.
Odam tovon-kaftining pastki qismi tayanch-harakatlanish tizimining muhim qismi hisoblanadi. U tuzilish xususiyatiga ko‘ra tananing ressori vazifasini bajarishga moslashgan.
Normal rivojlangan oyoq tovon-panja yuzasi sathining ko‘proq qismi o‘yiqroq (chuqurroq), ozroq qismi gumbaz shaklida bo‘ladi. Tovon va panjalarning bunday tuzilishi tana og‘irligining oyoqni tovon va kaft qismlariga baravar taqsimlanishini ta‘minlaydi.

Download 19.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling