Pedagogik masala. Muhokama uchun savollar.
1. Bolalarda son va natural son qatopi haqidagi tasavvurlarning rivojlanish xususiyatlari.
2. Sanash faoliyatining rivojlanish bosqichlari.
3. O`rta, katta, tayyorlov gruppalarida sanashga o`rgatishni shakllantirish vazifalari.
4. Bolalarni miqdor va tartib bilan sanashga o`rgatish. Raqamlar bilan tanishtirish.
5. Bolalarda sanash natijasining predmetlarning hajmi, shakli, joylashishiga taaluqli emasligini tushunishni shakllantirish.
6. Bolalarni sonlarni solishtirishga o`rgatish metodikasi.
7. Gruppa, o`lchovlarini sanash.
8. Son tuzilishini o`rganish.
Maktabga tayyorlov gruppa tarbiyachisi aniq materialda 8 soni atrofida qo`shni sonlarni taqqoslash bo`yicha bolalarning ko`nikmalarini mustahkamlash uchun mashg`ulotni rejalashtirib avvalgi mashg`ulotnning yakunini ko`zdan kechiradi. Quyidagi yozuv tarbiyachining diqqatini tortdi: "Vali Iroda, va Nigora yomon sanaydilar, ko`pincha xatoga yo`l qo`yadilar, savollarga noto`g`ri javob berdilar, jumladan u yoki bu son nechtaga ko`p" (kam) savoliga.
Savollar:
Keyingi mashg`ulotni rejalashtirishda bolalarning bilimini qanday hisobga olish kerak?
2. Qanday didaktik o`yinlar xatolarni tuzatishda (bartaraf etishda) yordam beradi?
Adabiyotlar:
1. Bikbaeva N.U., Ibroximova Z.I., Qosimova X.I. "Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish". T. "O`qituvchi" 1995 y.
2. Stolyar A.A. "Maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish". M.1988 y.
3. Metlina L.S. "Bolalar bog`chasida matematika". T. "O`qituvchi"- 1981 y.
4. www.arxiv.uz
5. www.edu.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |